Namunalardan foydalanish tamoyiliga ko'ra o'qituvchi o'quv materialining mazmunini tushuntinsh uchun har doim yaxshi namunalar tanlashga harakat qilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi yoki yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo'lishi yoki bo'lmasligini aniq ko'rsatadi.
Didaktik reduksiya tamoyilida talabaning bilimlarni yuqori darajada o'zlashtirishi uchun bu o'quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. Agar o'quv materialining hajmi juda katta bo'lsa, undan kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Majmuaviy va murakkab topshiriqlar osonlashtirilishi lozim, lekin ma'nosi o'zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat boshlang'ich bilimlar berish kerak bo'lsa. o'quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko'p va keng o'quv materiali bilan talabani qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o'qituvchi murakkab jarayonlarni oson so'zlar bilan tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |