Toshmoq so’zi qaysi so’z bilan qo’llansa faqat o’z ma’nosida keladi?
A) suv B) ichi C)quvonchi D) zavqi
ilmsiz inson - mevasiz daraxt. Ushbu birlik haqidagi to’g‘ri hukmni toping.
A) matal B) maqol C) aforizm D) frazeologizm
Ma’no ko’chishining metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari turlari mavjud. Bunday turlarga bo’linishi nimaga asoslanadi?
nima asosda ro’yobga chiqishiga ko’ra
shakl va ma’no munosabatiga ko’ra
so’zning tashqi va ma'no tomoniga ko’ra
hamma fikr to’g‘ri
lchak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
A) metafora B) metonimiya C)sinekdoxa D) kinoya
Olma guli gul emas, taqsam, chakkamda turmas. Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi sodir bo’lgan?
Qaysi qatorda oyoq so’zida ma’no vazifadoshlik asosida ko’chgan?
Salim kelib bemorning oyog‘iga o’tirdi
Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo’ldi
Stolning oyog‘i qiyshayib qolgan
Hech birida ma’no ko’chmagan
Saida o‘n yillikni bultur tugatgan edi. Ushbu gapdagi ma’no ko’chishini aniqlang.
A) metafora B) metonimiya C)sinekdoxa D) kinoya
Qaysi gapda quloq so’zi o’z ma’nosida qo’llangan?
Qozonchining erki bor, qaydan quloq chiqarsa
Otang mirob bo’lsa ham, quloq ning boshida bo’l
Ota radioning qulog‘ini buradi
Qo’chqor qo’ng‘iroqli quloqlarini erkalanib silkidi
Metonimiya asosida ma’no ko’chish qoidasi qaysi javobda berilgan?
A) shaxs yo predmetning nomi o’rnida biror bo’lak orqali o’sha tushunchaning berilishi B) shaxs-predmetni unga bog’liq bo’lgan boshqa nom bilan ifodalash C) so’zni aks ma’noda qo’llash D) biror predmet belgisining o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirish
Qaysi qatordagi gapda xursand so’zining sinonimi turg'un birikma orqali berilgan?
A) Bu xabarni eshitib Azimjonning tepa sochi tikka bo’ldi B) Abrorjon og‘zi qulog‘iga yetib uydan otilib chiqdi C)Birovning dilini siyoh qilmaydigan kuni ham bo’larmikan? D)Oyog‘idagi tuflisining ohori to’kilibroq qolgan ekan
Predmetlar o’rtasidagi shakliy o’xshashlik asosida ma'no ko’chgan qatorni aniqlang.
samolyotning dumi C) qozon qulog‘i
ko’chaning boshi D) elektr chirog‘i
Nasrulla, siz Hasanboydan «0‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini so‘rab yuribsiz, u bo’lsa «Darakchi»ni olib kelibdi. Ushbu gapda qo’llangan ma’no ko’chish turini belgilang.
A) vazifadoshlik B) metonimiya C) metafora D) sinekdoxa
1) Yurak yiglar, aytishga iymanamiz;
Seni unsiz erkalaydi nigohim;
Karnay yig‘lar, surnay yiglar, nay yiglar;
Yoqub cholga «Damas» berishmadi;
Arizalar yozib bersa, ko’rishmadi.
Berilgan gaplarning nechtasida metonimiya usulida ma’no ko’chgan? A) 2 B) 1 C) 3 D) barchasida metonimiya usulida ko’chgan
«Oalandar» muvaffaqiyat qozondi, hatto alohida yozuvchilar, tanqidchilar orasida bahs-munozaralarga sabab boldi. Gapda ostiga chizilgan so’zda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?
A)metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) ma’no ko’chishi kuzatitmagan
Qaysi gapda sinekdoxa usulida ma'no ko’chgan?
Oyim yuzimga uzoq termilib qoldi
Yurtimiz kundan kunga chiroy ochmoqda
Olov uchqun sachratib yonmoqda
Halima o’tkir pichoq bilan qo’lini kesib olibdi
1) Kirgan bolsa 19 - 20 larga kirgandir;
Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko’ngli bahorning toza havosi bilan ochila tushgan edi;
Olti so’mini yubor, uchi o’zingga qolsin;
Do’stlar, deya peshvoz chiqdi jin- galaksoch;
Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak;
Ko’rpa sirg‘alib yerga tushgan, derazadan kirgan yelvizak yelkasini ya- lab o’tmoqda edi.
Berilgan gaplardagi ma’no ko’chish turlarini aniqlang.
1,3,4 metonimiya, 2,6- metafora, 5 - sinekdoxa
1,4metonimiya, 2, 6 - metafora, 3,5 - sinekdoxa
1, 3metonimiya, 2, 6-metafora, 4, 5 - sinekdoxa
1, 3, 4, 5 - metonimiya, 2, 6 - metafora
Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko’chish turini aniqlang.
Shartmi ichmak har bir qadahni yo’q demay.
metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa
Metafora usulida ma'no ko’chishi mavjud gapni toping.
Navoiyni qo’limga oldim
Olti so’mni yubor, uchi yoningda qolsin
Ikki juft ko’z bir-biriga tikilib qoldi
Zebining qish ichi siqilib, zanglab chiqqan ko’ngli bahorning iliq hovuri bilan ochila tushgan edi
Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. Gapda qanday ma’no ko’chishi mavjud?
Metafora B) metonimiya C) ma’no ko’chishi bo’lmagan D) sinekdoxa
Musulmonlar ro’za tutadigan oy ham, shu oyda bolalar aytadigan qo’ shiq ham «ramazon» deb yuritiladi. Bu ma’no ko’chishining qaysi turiga misol bo’la oladi?
A) metafora B) metonimiya C)sinekdoxa D) vazifadoshlik
Do'stlaringiz bilan baham: |