Testlar
1.”Ijtimoiy madaniy hayotta tip normalari bir mash’aldirki, nutq faolyatining qirg’oqsiz okeanida til kollektivi unga qarab intiladi, tayanadi”. Ushbu jumlalar muallifini aniqlang.
A)I.I. Skvortsov B)Alisher Navoiy C)A.Rustamov D)A.Xojiyev
2. Nutq madaniyati asosan qaysi bo’limlarga qattiq bog’langan?
A)Fonetikaga B)Grafika va Orfografiyaga C)Leksikologiya va semasiologiyaga D)Grammatikaga
3. Nutq necha xil bo’ladi?
A)ikki xil B)uch xil C)to’rt xil D)besh xil
4. Kishilarning nutqiy faolyati qanday ko’rinishda amalga oshadi?
A)Diologik ko’rinishda B)monologik ko’rinishda C)Polilogik ko’rinishda D)A;B va C
5. Adabiy til uchun begona bo’lgan unsurlari bo’lmagan, ahloq normalarini tan olmaydigan so’zlardan xoli bo’lgan nutq qanday nomlanadi?
A)Jargonlar B)Vulgarizm C) O’rinsiz qo’llangan chet el so’zlari D)Sof nutq
6. Har qanday nutq nimadan iborat?
A)So’zlardan B)so’z birikmalaridan C)Matndan D)qo’shma gaplardan
7.Nutqda ifodalangan narsa yoki hodisani maxsus til vositalari orqali xarakterlash, uning xususiyatlarini, sifatlarini ko’rsatish usuliga nima deyiladi?
A)Tasvir B)hikoya qilish C)mulohaza D)muhokama
8.Alisher Navoiy qaysi asarida butun bir 24-bobni “Nasixat axli va voizlar zikri”ga bag’ishlagan?
A)Muhokamat-ul lug’atayn B)Mahbub-ul-qulub C)Xamsa D)Farhod va Shirin
9. Notiqlik san’atida qanday maqsad birinchi o’rinda turadi?
A)So’zlaovchi tinglovchini qiziqtira olishi B) Yaxshi so’zlashaga intilish C)Adabiy til normalariga qat’iy rioya qilish D)Baland gapirish
10.Adabiy tilning talaffuz normalarini belgilovchi bo’lim qanday nomlanadi?
A)Fonetika B)Orfoepiya C)Orfografika D)Uslubshunoslik
11. Nutq madaniyati deb yuritiluvchi tushunchaning dastlab ilmiy muammo sifatida asoslanishi qaysi rus tilshunosining nomi bilan bo’liq?
A)Grigoriy Osipovich B)B.N.Golovin C)D.E.Rozental D)A.I.Skvartsov
12. Qadimiy tarixga ega bo’lgan yaxshi gapirishga intilishi tasavvuri qaysi davrga to’g’ri keladi?
A)Adabiy til paydo bo’lgunga qadar B)Adabiy til paydo bo’lganidan keyingi davsr nutq madaniyati C)A va B D)She’r yozilishi davri
13.” Kishi suxandon va notiq bo’lishi lozim” degan fikr qaysi asarda ilgari surilgan?
A)Mezon –ul avzon B)Qobusnoma C)Boburnoma D)Guliston
14.Badiiy, ilmiy, uslubiy asarlarning muallifi, mavzusi, unda ko’tarilgan asosiy ma’noni ko’rsatishga qaratilgan qisqa xabar qanday nomlanadi?
A)Bayon B)Saylanma bayon C)Otziv D)Annotatsiya
15. Aristotel notiqlik san’atini egallashni necha qismga bo’lib o’rgatadi?
A)Besh B)to’rt C)Uch D)ikki
16. Notiqlik-o’tmish so’z san’atining eng barkamol ommaviy janrlaridan bo’lib, bu san’at sharqda qanday nom bilan atalgan?
A)Notiqlik B)Voizlik C)Ifodali o’qish D)Nutq
17. Yuz bergan hodisalar, shaxslar xatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda bo’luvchi nutqning nomin ayting.
A) Tanqidiy nutq B)Tabrik nutqi C)Tashviqiy nutq D) Ko’cha nutqi
18. Tog’ri nutq tuzish uchun so’zlovchi qanday normalarni egallagan bo’lishi kerak?
A) Kelishik normalarini B) Fonetik normani C)So’z yasash normalarini D)Adabiy til
19. Xususiy normalar berilgan qatorni aniqlang.
A)Dialetik norma B)So’zlashuv nutqi normasi C)Adabiy til normasi D)A;B va C
20. Adabiy til normalarini , uning tarixiyligini , taraqqiy etib borishi , undagi ba’zi unsurlarning eskirishi , ular o’rnida jamiyatning yangicha talablariga javob beradigan yangi normativ unsurlarning paydo bo’lishini kuzatib, qayd etib boruvchi fanning nomini aniqlang.
A)O’zbek tili B)Mumtoz adabiyoti C) Nutq madaniyati D) O’qitish uslubiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |