Dinamik stereotip, nutq funktsiyasi va uning fiziologik asosi.
Stereo-qaytarilish degan ma’noni anglatadi. Odatdagi hayot sharoitida odam
va hayvon organizmiga turli-tuman ta’sirlovchi ta’sir etib turadi. Miya yarim
sharlar po‘stlog‘ining shartli reflekslar analitik sintetik faoliyati tufayli organizm
shu xildagi murakkab ta’sirlovchilarga moslashadi. Organizmning murakkab
shartli reflektor faoliyatiga misol qilib kompleks shartli reflekslarni olish mumkin.
Bu miya yarim sharlari po‘stlog‘ining yanada murakkab faoliyati bo‘lib, shartli
reflektor faoliyati yoki dinamik stereotip hisoblanadi.
Dinamik stereotip deb, ma’lum bir vaqtda shartli reflekslarning uzluksiz
ravishda tartib bilan kelishi va nerv sistemasida shu ta’sirga javob qaytarilishiga
aytiladi. Boshqacha aytganda, u bir necha yillar davomida shartli reflekslarning
izchillik bilan kelib, miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari
hosil qilishidir. Dinamik stereotip har bir odam uchun o‘ziga xosdir. Dinamik
streotip qiyinchilik bilan shartli reflekslarning qaytarilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ko‘pgina faoliyatlar avtomatlashadi va uzoq vaqt saqlanadi. Masalan yurish,
yugurish, sakrash, qoshiq bilan ovqatlanish, bir vaqtda uyg‘onish, bir vaqtda dars
tayyorlash va h.k. Bularning hammasi boladagi ko‘nikmalar bo'lib uning asosida
miya po‘stlog‘idagi dinamik streotipning hosil bo‘lishi yotadi. Dinamik streotip
bola va o'smir xulqining asosini tashkil etadi.
Maktab yoshidagi bolalar bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida dinamik
stereotip hosil bolishining dinamik jarayonlarini tekshirish faqat nazariy emas,
balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, darslarni fiziologik
asoslarda tashkil etish, kun tartibini tuzish, ovqatlanish, mehnat va dam olish va
hokazolar o‘quvchilar hayotida dinamik stereotipni vujudga keltirish yo'li bilan
amalga oshiriladi. Bolaning bir maktabdan boshqa maktabga borishi, bir sinfdan
boshqa sinfga o‘tishi, o'qituvchi yoki tarbiyachilarning tez-tez o‘zgarib turishi va
boshqalar natijasida streotip o'zgaradi. Bu nerv sistemasining zararlanishiga olib
keladi.
Bolalarda nutqning rivojlanishi. Bola katta kishilar va tengdoshlari bilan
bevosita muloqatda bo’lib turar ekan, turli so‘zlarni eshitib, nutqqa o‘rgana
boshlaydi. U 6-7 oyhgidan boshlab eshitgan so‘zlaridan bo‘gin ajrata oladi. Bular
ta’sir kuchiga ega bo’ladi va tashqi ta’sirlovchilar bilan bog’lanadi. So‘zlar avval
shartsiz ta’siriovchilarning signallari, so‘ngra shartsiz reflekslarning signallari
sifatida ta’sir etadi, ular asta-sekin shartli va shartsiz ta’siriovchilarning o‘rnini
bosib ketadi.
5 oylik bola so'zlarga tushunadi. So‘z ohangi va imo-ishoralarga harakat
shartli reflekslari hosil bo’ladi. Bir yasharlik bola 5-10 ta so‘zni ayta oladi. 1,5
yoshdan boshlab bolada so‘z boyligi orta boradi. 3 yashar bola 500 dan ortiq so‘zni
biladi. Bolaning so‘z boyligi mashq qilishga, o‘ziga xos xususiyatlariga, tarbiyaga
va nerv sistemasining xususiyatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |