sharoitining birdan o‘zgarishi miya po‘stlog‘ida yangi qo‘zg‘alish o‘chog‘ini hosil
qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Binobarin, refleks hosil bo'lishi
tormozlanadi. Bunday tashqi ta’sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi
yorug'likning o‘zgarishi, shamol va boshqalar kiradi. Hosil qihngan shartli refleks
hosil qihnmasa, ko‘p o‘tmay u tormozlanadi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan
ta’sirlovchilar shartsiz ta’sirlovchi deb nomlanadi. Masalan, dars vaqtida ko'chadan
avtomobil ovozi eshitilganda bir nechta o'quvchining diqqati chalg‘ib, tovush
kelgan tomonga qaraydi. Miya po‘stlog‘ida ikkilamchi qo‘zg‘alish markazi
vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo‘lishi mumkin. Bunday tormozlanish
shartli ta’sirlovchi kuchli bo’lganda vujudga keladi
Shartli tormozlanish. Shartli, boshqacha aytganda ichki tormozlanish
markaziy nerv sistemasining yuqori bo'lim lariga xos bo‘lib, shartli ta’sirlovchi
shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkamlanganda, ikkita qo‘zg‘alish o‘chog‘i
vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Shartli tormozlanish hayot
davomida asta-sekin yuzaga keladi. Shartli tormozlanish so‘nuvchi, qiyosiy va
kechikuvchi turlarga bo'linadi So'nuvchi tormozlanish shartli ta’sirot takrorlanib
turgani bilan, shartsiz ta’sir orqali mustahkamlanmaganda hosil bo'ladi. Masalan,
bir necha marta qo ng'iroq chalinib, bolaga ovqat berihnasa, unda ovqatlanishga bo
Igan harakat refleksi so‘na boshlaydi.
So‘nuvchi tormozlanish. Shartli refleksning so'nishi shartli ta’siriovchini
takrorlash soniga, nerv sistemasining tipiga, oldin hosil qilingan shartli refleksning
mustahkamligiga va shartli ta’sir kuchiga bog'liq bo'ladi. So'nuvchi shartli refleks
qaytadan tiklanishi mum kin. Bu nerv sistemasining tipiga, so'nish darajasiga va
bolaning yoshiga bog'liqdir So'nuvchi tormozlanish muhim biologik ahamiyatga
ega.
Qiyosiy tormozlanish. Ma’lumki, organizm retseptorlar vositasida atrof
muhitdagi xilma-xil ta’sirni qabul qiladi.
Miya yarim sharlari po'stlog'ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan
hosil bo'lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog'liq
bo'ladi. Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli yoki tovush balandhgi bir oz
o'zgartirilgudek bo'lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi. Masalan, bolada
so'lak ajrahshiga shartli refleks hosil qihshda shartli ta’sir daqiqasiga 10 marta
takrorlansa-yu, shartsiz ta’sirlovchi bilan mustahkalanmasa, hosil qilingan shartli
refleks tormozlanadi. Shunday qihb, miya yarim sharlari po'stlog'i shartli
ta’sirlovchilarga yaqin bo'lgan ta’siriovchilami tabaqalashtiradi.
Shartli refleksning kechikishi. Shartli ta’sirlovchi bilan shartsiz ta’sirlovchi
orasidagi vaqtni asta-sekin uzaytirib borishi natijasida vujudga keltiriladi. Agar
shartsiz ta’siriovchi kechiktirilib ta’sir qilinsa, shartli refleks avvalgidek ta’sir
berihshi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo'ladi. Bu esa bolalar ohy nerv
faoliyatining tipiga bog'liq.
Bolalarda
shartli
reflekslarning
tormozlanishi.
Bolalarda
shartsiz
tormozlanish tevarak-atrofdagi ta’sirot va ichki organlardan keladigan nerv
impulslari ta’sirida vujudga keladi. Masalan, qovuqning to‘lishi yuzaga keltirilgan
shartli refleksni tormozlaydi. Tashqi tormozlanish chetki ta’sirlovchining kuchiga,
yuzaga keltirilgan sharth refleksning mustahkamligiga va bolaning yoshiga (bola
qancha yosh bo‘lsa, sharth refleks shuncha tez tormozlanadi) bog‘liq bo'ladi.
O‘ta tormozlanish 10-12 yashar bolalarda 7-10 yashar bolalardagiga
nisbatan sekin rivojlanadi. Shartli refleksning so'nish tezligi bolaning yoshiga,
sog'lig'iga, oliy nerv faohyatining tipi hamda hosil bo'lgan sharth refleksning turi,
hamda mustahkamhgiga bog'hq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10
yasharli bolalarda yuzaga keltirilgan shartli reflekslarga qaraganda tez so'nadi.
Ovqatlanishga nisbatan hosil bo'lgan sharth refleksni so'ndirish qorni och bolalarda
qorni to'q bolalardagiga nisbatan qiyinroq bo'ladi.
Sog'lom bolalarda shartli tormozlanish o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib,
differensiyalashgan, shartli refleks 2-6 m artalab m ustahkamlanganda vujudga
keladi. So'ngan sharth tormozlanish vaqt o'tishi bilan yana ash hohga keladi.
Shartli tormozlanishdan so'ng ketma-ket tormozlanish rivojlanadi. Ba’zi hollarda
shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so'ng, qo'zg'ahsh yana rivojlanadi.
Bolalarda befarq ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi,
uchlamchi va bundan yuqori tartibdagi sharth tormozlanishni hosil qihshi mumkin.
Ular ham uzoq saqlanishi va so'nishi, asli holiga kelishi mumkin. Shartli
tormozlanish bolalarni o'qitishda, odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda,
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: