Mavzu bo‘yicha nazorat savolllari.
1.Qurilish shishasiga tarif bering?
2.Qrilish shishasininig kimyoviy tarkibida qanday oksidlar mavjud?
3.Qurilish shishasi qanday hususiyatga ega?
4.Qurilish shishasini tasniflanishi ?
5.Qurilish shishasi olishda ishlatiladigan hom a’shyolar?
6.Qurilish shishaga Davlat Standart talablari?
7.Qurilish shishasini ishlab chiqarish usullari?
8.Deraza oynasi olish texnologik tizimini chizib bering?
9.Vertikal tortish mashinasiga tushuncha bering?
10”Lodochka” siz tortish usulini aytib bering?
12- Mavzu: Qurilish shishasini ishlab chiqarish. Arxitektura-qurilish
shishasini ishlab chiqarish.
1. Qurilish shishasi ta’rifi va tarkibi.
2. Qurilish shishasi xususiyatlari.
3. Qurilish shishasi turlari.
72
4. Deraza oynasini ishlab chiqarish.
5. Qurilish shishasining assortimenti va ishlatilishi.
6. Qurilish shishasi ishlab chiqarish istiqbollari.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar.
Nazorat savollari.
1. Qurilish shishasi ta’rifi va tarkibi.
Tarkibiga SiO
2
, A1
2
O
3
, CaO, MgO, Na
2
O kabi oksidlar kirgan (1-jadval) va
yuqori haroratda olingan eritmani uzunligi va eniga nisbatan qalinligi kam qilib
silliq yuzali taxta (varaq yoki list) shaklida qoliplangan shaffof jinslar listli shisha
yoki qurilish shishasi nomi bilan ataladi.
13-jadval
Turli mamlakatlarda ishlab chiqariladigan deraza oynalarining tarkiblari
Cho’zish
usuli
Mamlakat
, shaxar
Oksidlar miqdori, mass.%
SiO
2
Al
2
O
3
Fe
2
O
3
CaO MgO Na
2
O K
2
O SO
3
Tik lodkali
MDX
malakatla
ri:
Gomel
Salavat
Gusev
Ashxabod
Germaniy
a
71,6
2
72,0
0
71,7
0
72,5
0
71,5
0
2,00
1,61
1,85
2,50
0,50
0,08
0,09
0,11
0,10
0,10
6,70
6,60
6,80
6,35
7,90
4,10
4,10
4,04
3,65
4,30
14,60
14,60
13,80
14,50
15,20
0,50
0,50
1,30
0,10
0,10
0,40
0,50
0,40
0,30
0,40
Tik lodkasiz MDX
mamlakat
lari
Polsha
AQSh
Belgiya
72,0
0-
72,8
0
71,9
0
72,9
0
71,4
0
1,50
-
1,70
1,50
1,30
1,30
0,10
0,90
0,10
1,10
8,00-
8,10
8,90
8,60
8,60
3,50-
3,80
2,80
3,50
3,90
13,40
-
13,70
13,70
13,20
14,10
0,50
-
0,20
0,30
0,50
0,30
0,20
0,30
Tik-gorizon-
tal
AQSh
Belgiya
Yaponiya
73,9
0
73,4
4
73,1
0
1,30
1,30
1,70
0,10
0,06
0,10
9,20
9,20
7,30
3,10
3,00
3,90
12,40
12,40
13,90
-
0,40
-
-
0,20
-
73
Hozirgi vaqtda qurilish shishasi imoratdagi deraza teshiklarining katta-
kichikligiga qarab 30 dan ko’p tipda tayyorlanadi. Bunday listlar eni ko’pincha 500
dan 925 mm gacha, uzunligi esa 950 dan 1575 mm gacha bo’ladi. Quyida
keltirilgan 2-jadvalda deraza oynalarining o’lchamlari ularning qalinligiga bog’liq
ravishda beriladi.
14-jadval.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan deraza oynalarining o’lchami
Shisha
listining
Qalinlik
bo’yicha ruxsat
Listlar eni va uzunligi, mm
Eni va uzunligi
kalinligi,
mm
etilgan chetga
chiqish, mm
eng kichigi
eng kattasi
bo’yicha chetga
chiqish, mm
2
-
0,1dan+0,2gach
a
400x400
700x1250
+0,2dan-
0,3gacha
2,5
-
0,1dan+0,2gach
a
400x500
750x1450
+0,2dan-
0,3gacha
3
+0,2gacha
400x500
1000x1800
+0,2dan-
0,3gacha
4
+0,2dan-
0,3gacha
400x500
1200x2200
+0,2dan-
0,3gacha
5
+0,2dan-
0,3gacha
400x500
1600x2200
+0,2dan-
0,3gacha
6
+0,4
400x500
1600x2000
+0,2dan-
0,3gacha
2. Qurilish shishasi xususiyatlari.
Qalinligi 2 va 2,5 mm bo’lgan qurilish shishasining nurlarga shaffof (tiniq)
ligi 87% dan kam bo’lmasligi kerak. Qalinroq oyna (3 va 4 mm) da bu raqam eng
kamida 85% va qalin oyna (5 va 6 mm) da esa 84% bo’lishi zarur.
Qurilish shishasining asosiy xususiyatlari quyidagicha: hajmiy og’irligi 2450-
2550 kg/m
3
, siqilish va egilishga chidamliligi 10000 va 450 kg/sm
2
, qattiqligi 5-7,
issiqlik o’tkazuvchanligi 0,6-1,15 kkal/m soat gradus, qaliniligi 2-6 mm.
15-jadval
Listli shishalarning ba’zibir xususiyatlari
Shisha Hajmi
y
og’irli
gi,
g/sm
3
Siqilis
hga
chida
mliligi
,
kg/sm
2
Egilishga
chidamlil
igi,
kg/sm
2
Yung
moduli,
kg/mm
2
Puasson
koeffist
ienti
Issiqlik
o’tkazu
vchanlig
i,
kkal/m
ch grad.
Issiqlik
sig’imi,
kkal/kg.
grad
Isiqli
kdan
kenga
yish
koeffi
stient
i
Tik
cho’zi
74
sh:
MDX
Konst
antino
vka
Gusev
2,50
2,48
6000-
7000
6000-
7000
700
809
6800
6755
0,221
0,217
0,76
0,77
0,205
0,204
89,0
85,0
Prokat
:
MDX
Konst
antino
vka
Gusev
2,50
2,48
6000-
7000
6000-
7000
-
-
6880
6800
0,225
0,223
0,79
-
0,200
0,201
88,0
85,0
Marbl
it
2,40-
2,50
6000
400-500 -
-
-
-
70-90
Shisha qurilish materialidir. Uning yangi, arzon, go’zal, uzoq chidaydigan,
shaffof yarim tiniq, xira turlarini deraza va eshiklarni qoplash, balkonni o’rash,
to’siq va devor o’rnida ishlatish mumkin. Shisha paketlarning kashf eti-lishi deraza
panjarali tuzilishiga yangiliklar kiritish, temir va yog’ochni ko’plab tejash, uy-joy
yig’ish jarayonini tezlatish, oynalarning muzlamasligi va ifloslanmasligiga olib
keldi. Qurilishda shisha trubalari, shisha gidro- va termoizolyastiya materiallarini
qo’llash ham kundan-kunga oshmoqda. Hukumatimiz boshqa qurilish materiallari
singari bu materiallarni ko’plab ishlab chiqarishga katta e’tibor bermoqda.
3. Qurilish shishasi turlari.
Qurilish shishasi turi ko’p bo’lgan sun’iy materiallardan biri. U quyidagi to’rt
gruppadan tashkil topgan:
1.
List shisha (30-rasm) - deraza oynasi, polirovka qilinmagan va
polirovkalangan vitrina shishalari, foto shishasi, yaxlit rangli list shishasi,
yopishtirilgan rangli list shishasi, rangli va rangsiz naqshli shisha, metalli setka
bilan armirovkalangan shisha, xom prokat shishasi, marblit, silliqlangan shisha va
boshqalar;
30-rasm. List shishasi.
2.
Qurilish-arxitektura shishasi (31-rasm)- shishadan yasalgan konstruktiv
qurilish elementlari (ichi kovak shisha bloklar, shishabeton va shisha-temir-beton
uchun shisha qismlar, shishadan yasalgan profilli qurilish qismlari, shisha paketlar,
shisha eshik va boshqalar), yorug’lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish
shishasi (ultragunafsha nurlarni o’tkazuvchi "uviolevoe" shishalari, ultragunafsha
rangli yutuvchi shishalar, issiqlik nurlarini yutuvchi qurilish shishasi va boshqalar),
rangli qurilish va vitraj list shishalari (rangli cho’zilgan list shisha, rangli
yopishtirilgan list shisha, rangli prokatkalangan vitraj list shishasi va boshqalar),
75
metallashtirilgan shisha (kumush rangli yupqa alyuminiyli qavat bilan qoliplangan
shaffof shisha, tilla rangli yupqa alyuminiyli qavat bilan qoliplangan sariq shisha,
rangli ko’zgu, tilla rangli mis qotishmasi bilan qoplangan shisha va boshqalar,
shishadan yasalgan ichki pardozlash plitkalari va arxitektura-badiiy shishasi;
31-rasm. Qurilish-arxitektura shishasi.
3.
Ko’pchitilgan shisha - issiqlik izolyastiyasini ta’minlovchi shisha paxta,
tovush yutuvchi izolyastion material, filtrlovchi g’ovak shisha, texnika
maqsadlarida ishlatiluvchi ko’pchitilgan shisha va boshqalar;
4.
Shisha trubalar (32-rasm)- devorining qalinligi 1-2 mm va diametri
0,1-40 mm bo’lgan yupqa tanali trubalar, devorining qalinligi 2-4 mm va diametri
12-40
mm bo’lgan qalin tanali trubalar, shu o’lchamdagi issiqlik
o’zgaruvchanligiga chidamli qalin tanali trubalar va devorining qalinligi 2,5-12
mm va diametri 45-200 mm bo’lgan issiqlik o’zgaruvchanligiga chidamli qalin
tanali trubalar.
32-rasm. Shisha trubalar.
Qurilish shishalari orasida qalinligi 2 dan 6 mm gacha, yuza o’lchami
250x250 dan 1600x2200 mm gacha qilib tayyorlanadigan list shishalar, shu
jumladan oddiy deraza oynasi muhimligi, ko’p tonnajli va olish usullarining turli-
tumanligi bilan ajralib turadi.
4. Deraza oynasini ishlab chiqarish.
Deraza oynasi hozir qanday usullar bilan ishlab chiqariladi? Bu savolga
quyida keltirilgan oyna taxta olish sxemasi javob beradi:
Shisha ishlab chiqarish tizimi bo’yicha kvarst va ohaktosh singari qattiq xom
ashyolar jag’li maydalagichlarda bo’lakchalarga ajratilib, temir oksidi kabi rang
beruvchi birikmalardan tozalanadi. So’ngra ular aylanma pech yoki kamerali
sushilkalarda quritiladi, konusli bolg’achali tegirmonlarda un holatiga keltiriladi.
Elangan qumtuproq, ohaktosh va soda tortilib maxsus mashinalarda aralashtiriladi.
76
33-rasm. Deraza oynalarini tik cho’zish texnologik tizimi:
1-shixta uchun bunker; 2-shixtani mexanik yuklagich; 3-vannali shisha
pishirish pechi; 4- ishlab chiqarish kanali; 5-mashina tagi kamerasi; 6- tik cho’zish
mashinasi; 7-shisha listlarini bo’laklarga ajratuvchi avtomat; 8-shisha listlarini
uzatuvchi konveyer; 9-shishani kesish stoli; 10-shishani jamlovchi piramida; 11-
upakovka; 12-upakovkalangan shishalarni vagonlarga joylash.
Manzarali rangli shisha ishlab chiqarishda esa bo’yoq sifatida mis, xrom,
temir, kobalt va boshqa ba’zi bir metallarning oksidlaridan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda deraza oynalari vertikal va gorizontal yo’nalishlarda
cho’ziladigan mashinalarda tayyorlanadi (5-va 6-rasmlar). Bu mashinalarda
uzluksiz shisha lentasi qoliplovchi moslamaning tirqishi orqali cho’ziladi. Shishani
lodochka deb atalagan bunday moslamasisiz ham erkin cho’zish mumkin. Bunday
usulda olingan shisha sifatliroq - shaffof va polosalarsiz bo’ladi.
77
34-rasm. Deraza oynasi ishlab chiqarishning soddalashtirilgan sxemasi.
Uzluksiz shisha lentasi qayiqcha usulisiz erkin holda ham cho’zib yoki float
(suzish) usulida olinishi mumkin (7-8 rasmlar). Bu usullarda shisha massasi o’zga
modda bilan aloqada bo’lishmagani sababli havo pufakchalari, qilsimon chiziq va
xira nuqta kabi nuqsonlardan xoli bo’ladi. Float jarayoni asosida qurilish shisha
olish texnologiyasi rasmda keltirilgan.
78
35-Rasm. Float usulida qurilish shishisini olish uchun float vannani tuzilishi.
36-Rasm. Qurilish listli shishani float usulida ishlab chiqarish jarayoni.
Polirovkalangan vitrina shishasi va ko’zgu olishda kuchlanishdan xoli
qilingan shisha sayqallash va yaltiratish stanoklariga yo’naltiriladi. Dekorativ
buyumlarga esa mexanik ishlovdan tashqari, kimyoviy va badiiy ishlov ham
beriladi. Natijada mahsulot yarqarab, jilva berib turadigan bo’ladi.
Oddiy deraza oynasidan tashqari shaffof va xira bezakbop oyna, zarbga
chidamli va egiluvchan toblangan oyna, oynaband devorlarga ishlatiluvchi profilli
oyna, ichiga sim to’r quyilgan parchalanmaydigan oyna, shisha varaqlari
yopishtirilgan o’q o’tmas oynalarni ham yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish
79
sxemasi bo’yicha olish mumkin. Bu holda sxemaga qisman o’zgarish kiritish kerak
bo’ladi, xolos.
5. Qurilish shishasining assortimenti va ishlatilishi.
Listli qurilish va dekorativ shishalari imorat va turar-joylarning deraza va
eshiklarni oynalash, yuqori nur tushish fonarlarini qoplash, vitrinalarni hosil
qilishda ishlatiladi. Yana ular ko’zgu va mebellar yasashda, vestibyul va zinapoyali
yo’laklarni jihozlashda qo’llaniladi. Ularning armirovkalangan va rangli turlari
tomlarni bekitish, olovga moyil xonalarni qoplash, dekorativ oynalashda qo’l
keladi.
Maxsus xossali listli shishalardan ultra gunafsha nurlarini o’tkazadigan
shishalar tayyorlanadi. Ular maktab, kasalxona, parniklarni oynalashda keng
ishlatiladi. Ultra gunafsha nurlarini yutuvchi shishalardan kitob saqlash xonalari,
arxiv va boshqa hollarda keng foydalaniladi. Issiqlik nurlarini yutuvchi shishalar
issiq iqlimli rayonlarda vitrinalarni oynalashda keng ishlatiladi.
Ichi kovak shisha bloklardan devor tanasi, ichki to’siqlar, yorug’ beruvchi
teshiklar, shisha temir betoni detallari yasaladi. Shisha cherepista engil tom
qoplash materiali sifatida keng ishlatiladi.
6. Qurilish shishasi ishlab chiqarish istiqbollari.
Hozirgi kunda respublikamizning ikki yirik korxonasida qurilish shishasi
ishlab chiqarilmoqda. 1975 yili ishga tushirilgan Quvasoy «Kvarst» zavodi ham
qalinligi 2 mm dan 10 mm gacha bo’lgan Ml, M2, M3 va M4 markali polirovka
qilingan, 4 xil rang yuritilgan, dekorativ va tonirovkalangan listli shishalarni ko’p
miqdorda ishlab chiqarmoqda.
Respublikamizda kelajakda qurilish-montaj ishlari hozirgi sharoitdagiga
nisbatan 2 baravardan oshiq bajarilsa, qurilish shishasining istiqboli porloq
ekanligini tassavur etish mumkin. Sanoat va uy-joy qurilishining bunday keskin
rivojlanishi O’zbekistonda kelgusida oyna shishalar 3,96 million kvadrat metr
o’rniga 10 million kvadrat metrga yaqin ishlab chiqarilishini taqazo etadi. Bunday
ko’rsatkichga erishish uchun Chirchiq «G’azalkentoyna» shisha zavodini
texnikaning oxirgi yutuqlari asosida qayta rekonstrukstiya qilish va kengaytirish
zarur.
37 rasm.Oyna lentasini sovutish.
Yaqinda Quvasoy «Kvarst» zavodida g’ovak shisha va avtomobil shisha
chiqarish, Chirchiq oyna zavodida gilam-mozayka plitalari, shisha tola asosida
issiqlik izolyastiya materiallari, kesilgan yuzali va yoyma shisha, rangli va rangsiz
katta o’lchamli shisha bloklar olish mo’ljallangan. O’zbekiston avtomashinalarini
trip-leks oynalari bilan ta’minlash uchun Farg’ona vodiysida yana bir yangi zavod
ishga tushirilmoqda.
80
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent kimyo-texnologiya
institutining shu sohaga taaluqli bo’lgan laboratoriya va kafedralarida xalq
xo’jaligi uchun muhim bo’lgan shishalarning yangi turlarini olish, ularning sifatini
yaxshilash, tannarxini kamaytirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishi va
ishlab chiqarishga tatbiq qilishni o’ta quvonchli holidir.
MAVZUNI MUSTAXKAMLASh UChUN VAZIFALAR:
Shisha va shishakristall materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladigan xom
ashyolar bo’yicha "Qanday" usulida diagramma tuzing.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar.
Tabiiy shisha – tabiatda ro’y beradigan tabiiy hodisalar natijasida hosil
bo’lgan, obsidian va yashin shisha nomi bilan yuritiluvchi shaffof jins.
Sun’iy shisha – qum, soda, selitra kabi xom-ashyolar aralashmasidan
qizdirish yo’li bilan olingan va tabiiy shishalarga o’xshash bo’lgan mahsulot.
Shisha – kimyoviy tarkib va qotish temperaturasiga bog’liqsiz ravishda
yuqori harorat ta’sirida hosil qilingan eritmani o’ta sovitish orqali olinadigan va
yopishqoqlikning asta-sekin oshishi natijasida qattiq jismlarning hossalarini qabul
qilinadigan barcha amorf jismlar. Bunda suyuq holatning shisha holatiga o’tish
jarayoni orqaga qaytadigan bo’lishi shart.
Shishasimon xolat xususiyatlari – ularning kristall moddalariga o’laroq
izotropligi, issiqlikdan kengayish qiymatining past bo’lishi, kam elektr
o’tkazuvchanligi, ma’lum erish temperaturasining yo’qligi, shartli beqarorligi vash
u tufayli yillar davomida barqarorlikka intilashi.
Shishasimon hosil qiluvchilar – yakka xolda eritish va sovitish yo’li bilan
amorf moda hosil qiluvchi element (oltingugurt, selen, margimush, fosfor va
ulerod), oksid (SiO
2
, GeO
2
, B
2
O
3
, P
2
O
5
va As
2
O
3
) va boshqa kimyoviy birikma
(BeF
2
va boshqalar).
Modifikatorlar – shisha xosil qiluvchilar ishtirokida osongina, shishasimon
holatni vujudga keltiruvchi oksid (TiO
2
, TeO
2
, SeO
3
va boshqalar) va boshqa
birikmalar. Ular shisha shixtalarining erish nuqtalarini pasaytiradi va kimyoviy –
mexanikaviy ko’rsatkichlarning o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Shisha pishirish - termik jarayon orqali turli komponentlar aralashmasidan bir
tarkibli eritma olish.
81
Shisha pishirish etaplari - silikatlar hosil bo’lishi, shisha hosil bo’lishi,
oqartirish, gomogenlash va sovutish.
Yopishqoqlik - turli tezlikda bir-biriga nisbatan harakatlanuvchi ikki qo’shni
parallel qatlamlarning o’zaro munosabatlarini ko’rsatuvchi kuch.
Puaz - shunday yopishqoqlik bo’lib, unda 1sm
2
yuzaga ega bo’lgan suyuqlik
qatlami 1 sm uzoqlikda turuvchi shunday boshqa qatlamga nisbatan 1 sm/sek
tezlikda harakat qilganida 1 dina o’lchamida kuch sarflanadi.
Yopishqoqlikning texnologik shkalasi - yopishqoqlikning temperaturaga oid
qadamlari - eritish, shakllash va termo ishlovlarning temperatura rejimlarini
aniqlovchi asos.
«Qisqa» shisha - yopishqoqlikning 10
4
- 4 10
8
puaz oralig’idagi temperatura
farqi (250-300
o
S)ga ega bo’lgan shisha.
«Uzun shisha» - yopishqoqlikning 10
4
– 4 10
8
puaz oralig’idagi katta
temperatura farqi (250-500
o
S)ga ega bo’lgan shisha.
Shisha pishirishdagi fizik jarayonlar - shixtani qizdirish, suvning chiqib
ketishi, komponentlarni erishi, polimorf o’tish, gazsimon komponentlarning
ajralishi va hokazo.
Shisha pishirishdagi kimyoviy jarayonlar - gidratlar, karbonatlar, sulfatlar va
nitratlar
dissostiastiyasi,
kimyoviy
bog’liq
suvning
ajralishi,
turli
komponentlarning o’zaro birikishi va parchalanishi, silikatlar hosil bo’lishi va
hokazo.
Silikat hosil bo’lishi - listli va boshqa oddiy shishalarda past temperatura
(20
o
S) dan to 950-1150
o
S oralig’ida ro’y beradigan jarayonlar (silikatlar va oraliq
birikmalar hosil bo’lishi, evtektik aralashmalar tufayli suyuq faza paydo bo’lishi va
hokazo) tufayli zich pishgan massa paydo bo’lishi.
Shisha hosil bo’lishi - harorat 1200-1250
o
S gacha ko’tarilgani tufayli birinchi
etapda paydo bo’lgan zich pishgan massaning erishi, unda oshiqcha kvarstning
sekin-asta eriy boshlashi natijasida ko’p pufakchalari bo’lgan shaffof va turli
tarkibli eritmaning hosil bo’lishi.
Oqartirish - haroratni 1500-1600
o
S gacha ko’tarilishi oqibatida ko’zga
tashlanadigan gazli qo’shilmalar - yirik va mayda puffakchalarning shixta
eritmasidan chiqarib yuborish.
Gomogenlash - 1400-1500
o
S da yuqori haroratga ega bo’lgan eritma
kimyoviy tarkibining bir xil bo’lishiga erishish.
Studka - sovutish - eritma haroratini 300-400°Cga kamaytirish yo’li bilan
kerakli yopishqoqlikni hosil qilish va shisha massasini shakllashga tayyorlash
jarayoni.
Qurilish shishasi - tarkibiga kremnezem, glinozem, kalstiy oksidi, magniy
oksidi, natriy oksidi kirgan va yuqori haroratda olingan eritmani uzunligi va eniga
nisbatan qalinligi kam qilib silliq yuzali taxta shaklida qoliplangan shaffof jins.
Qurilish shishasi xususiyatlari - hajmiy og’irligi 2450-2550 kg/m
3
, siqilish va
egilishga chidamliligi 6000- 10000 va 450-700 kg/sm
2
, qattiqligi 5-7, qalinligi 2-
10 mm.
List shisha - deraza oynasi, vitrina shishasi, foto shishasi, yaxlit rangli list,
yopishtirilgan rangli list, naqshli shisha, polirovkali shisha, xom prokat shishasi,
silliqlangan shisha.
82
Qurilish arxitektura shishasi - shishadan yasalgan konstruktiv qurilish
elementlari, yorug’lik va issiqlik nurlarini saralab yutuvchi qurilish shishasi va
boshqalar.
Ko’pchitilgan shisha - issiqlik izolyastiyasini ta’minlovchi shisha paxta,
tovush yutuvchi izolyastion material, filtrlovchi g’ovak shisha, texnika
maqsadlarda ishlatiluvchi ko’pchitilgan shisha va boshqalar.
Shisha truba - devorining qalinligi 1-2 mm va diametri 0,1-40 mm bo’lgan
yupqa tanali trubalar, qalinligi 2-4 mm va diametri 12-40 mm bo’lgan qalin tanali
trubalar, qalinligi 2,5-12 mm va diametri 45-200 mm bo’lgan issiqlik
o’zgaruvchanligiga chidamli qalin tanali trubalar.
Qurilish shishasini ishlatilishi - deraza va eshiklarni qoplash, balkonlarni
o’rash, to’siq va devor o’rnida ishlatiladi. Qurilishda shisha trubalari, shisha gidro-
va termoizolyastiya materiallarini qo’llash ham kundan-kunga oshmoqda.
Nazorat savollari.
1.
Tabiiy shishalar turkumiga qanday shishalar kiradi?
2.
Sun’iy shisha qanday yo’l bilan hosil qiladi?
3.
Shisha ta’rifini keltiring.
4.
Shishasimon holatga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarning asosiylarini
sanab Bering.
5.
Shisha hosil qiluvchi element, oksid va birikmalar haqida tushuncha Bering.
6.
Modifikatorlar deb qanday moddalarga aytiladi?
7.
Shisha pishirish etaplarini sanab bering.
8.
Shisha pishirishdagi fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarga baho
bering.
9.
Qurilish shishasiga ta’rif bering.
10.
Qurilish shishasining kimyoviy tarkibiga qanday oksidlar kiradi?
11.
Qurilish shishasining asosiy xususiyatlarini aytib bering.
12.
Deraza oynasini olishning texnologik sxemasini chizib bering.
13.
Qurilish shishasining ishlatilishiga oid ma’lumotlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |