10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.
Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan mashinogramma ko‘rinishidagi yozuvlar yo‘li bilan, shuningdek magnit tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda aniqligi aktivlar va majburiyatlarni majburiy suratda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya obyektlari, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo‘yicha buxgalteriya hisobi standartiga muvofiq belgilanadi.
Qarang: Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) (ro‘yxat № 833, 02.11.1999-y.). 12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha — (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi.
Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq to‘langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo‘lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Erning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Qarang: Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-son BHMS) (ro‘yxat № 596, 16.01.1999-y.). Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.
Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‘yicha aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi milliy valyuta — so‘mda kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Budjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash budjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)