2. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]


T/r Tashkilotlarning nomlanishi



Download 68,8 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2022
Hajmi68,8 Kb.
#643831
1   2
Bog'liq
PQ-3225 17.08.2017

T/r

Tashkilotlarning nomlanishi

Badal summasi

1.

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
(mln AQSh dollarida)

50,0

mlrd so‘mda

2.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

50,0

3.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

2,0

4.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi

5,0

5.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

10,0

6.

“Asaka” ATB

5,0

7.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

5,0

8.

“Ipoteka-bank” ATIB

3,0

9.

“Agrobank” ATB

2,0

10.

“Qishloqqurilish bank” ATB

2,0

11.

“Kapitalbank” ATB

1,0

12.

“Aloqabank” ATB

1,0

13.

“Ipak yo‘li” AITB

1,0

14.

“Trastbank” XAB

1,0

15.

“Turonbank” ATB

1,0

16.

“Invest Finance Bank” ATB

1,0

17.

“Orient Finans” XATB

0,5

18.

“Turkiston bank” XATB

0,5

19.

“Ravnaqbank” XATB

0,5

20.

“Davrbank” XATB

0,5

21.

“SK Kafolat” AJ

3,0

22.

“O‘zagrosug‘urta” AJ

3,0

23.

“O‘zbekinvest” MSK

2,0

Jami:

50 mln AQSh dollari
va 100,0 mlrd so‘m

LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3225-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

J.A. Qo‘chqorov



O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Kengash raisi

S.M. Xolxo‘jayev



O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

B.E. Zaxidov



O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

D.A. Mamajanov



O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha



O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri

S.A. Sattarov



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dekani

D.T. Haydarov



“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direktori

L.F. Muradova



“Smart heating systems” MChJta’sischisi

Lavozimi bo‘yicha



O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori, Kengash kotibi

Izoh:
Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi;
Kengash tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi va ularning vakolat muddati 3 yildan oshmasligi lozim.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga
ShARH
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.
Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda.
Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi.
Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar ko‘paytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi:
qishloq xo‘jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida — ushbu mahsulotlarni saqlash bo‘yicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish;
ko‘p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash;
tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlari uchun.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli bo‘lgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qarorda davlat budjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari (2017-yilda — 100 milliard so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davl�t budjetiga yo‘naltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamg‘armaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Jamg‘arma resurslarining qo‘shimcha manbalari sifatida belgilandi.
Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta’minlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 880-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 07/18/3634/0973-son, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)

Download 68,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish