2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana24.03.2023
Hajmi0,64 Mb.
#921417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
\'19.11.2020 ma’ruza matni

moviy rang –
mangu osmon va musaffo suv ramzidir. 
Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang 
Sharqda azaldan qadrlanadi, o‗z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‗z bayrog‗iga bu 
rangni tanlagan. 
Oq rang
– tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‗z yo‗lida 
baland dovonlardan oshib o‗tishi kerak. Bayrog‗imizdagi oq rang yo‗limizning 
musaffo va charog‗on bo‗lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. 
Qizil yo„llar
– bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, 
tiriklik ramzidir. 
Yashil rang
– serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun 
dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi 
ham yashil rangdir. 
Yarim oy
– O‘zbekiston xalqining ko‗p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. 
Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. 
Bayrog‗imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‗lkamizda qadimdan buyon 
barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. 
Darhaqiqat, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi 
Qonunning 2-moddasida kо‗rsatilganidek, ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog‗i О‗zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir‖. 
Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‗imiz xalqaro munosabatlarda 
О‗zbekiston Respublikasining timsoli bо‗ladi. Binobarin, bayrog‗imiz xalqaro 
maydonda О‗zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga 
safari chog‗ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon kо‗rgazmalarida, 
sport 
musobaqalarida 
kо‗tarilib, 
yurtimizni 
ulug‗laydi. 
―О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risida‖gi qonunida bayroq kо‗tariladigan 



joylar va uning kо‗tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qо‗yilgan. О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy 
ravishda kо‗tarilgan holda turadi.О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i 
unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar 
va tantanali tadbirlar vaqtida kо‗tarilishi mumkin.
Qonun bо‗yicha О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri 
tushirilgan belgilar: О‗zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri 
yoki О‗zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo 
kemalariga, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida 
turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda 
avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat rо‗yxatidan о‗tkazish 
raqam belgilariga; О‗zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga 
qо‗yiladi. 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan 
О‗zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, о‗quv-
tarbiya jarayonida, shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining 
elementi sifatida foydalanilishi mumkin. 
Shuni yodda tutish kerakki, О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining 
elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama 
materiallariga 
kiritilishiga 
yо‗l qо‗yilmaydi. Shuningdek, О‗zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‗ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab 
chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
о‗tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, 
nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‗iga 
о‗xshash bо‗lishi mumkin emas. 
Qonunda bayrog‗imizning qanday shakl va kо‗rinishda bо‗lishi ham aniq 
kо‗rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i - bayroqning butun uzunligi bо‗ylab о‗tgan tо‗q 
moviy rang, oq rang va tо‗q yashil rangli uchta endan tarkib topgan tо‗g‗ri 
tо‗rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 
smga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir 
en 40 smga teng. Bayroqning о‗rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 
smga teng qizil hoshiyalar о‗tgan. 
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa 
tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida о‗n ikkita oq 
rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy 
rangli yuqori enning о‗rtasidan 70x30 smga teng tо‗g‗ri tо‗rtburchakka sig‗adigan 
qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda dо‗ng tomoni dastaga qaratilgan, 
dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bо‗lib, diametri 30 smli doiraga sig‗adi. 
Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig‗adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. 
Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda 
uchta, о‗rta qatorda tо‗rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar 
yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi. 



Qonunda Davlat bayrog‗ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay 
vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda kо‗tarilishi aniq kо‗rsatib 
qо‗yilgan. Bunga kо‗ra, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bayram 
kunlarida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, 
tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy 
kо‗chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da 
kо‗tariladi va soat 22 da tushirib qо‗yiladi. Bayroq О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi 
yoki referendum kunlarida – ovoz berish о‗tkazilayotgan binolar va xonalarda 
ovoz berish yoki referendum о‗tkazish davrida kо‗tarib qо‗yiladi. U xorijiy 
davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning 
xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, 
О‗zbekiston Respublikasida bо‗lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport 
vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yо‗nalishi bо‗yicha va boshqa 
tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa 
rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin kо‗tariladi va ular 
jо‗nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qо‗yiladi. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda boshqa 
davlatning bayrog‗i kо‗tarilsa, qonunga muvofiq, О‗zbekiston Respublikasining 
Davlat bayrog‗i (binoning old tomoniga qarab turganda) о‗ng tomondan, boshqa 
davlatning bayrog‗i chap tomondan kо‗tarilmog‗i kerak. О‗zbekiston Respub-
likasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‗iston Respublikasining 
Davlat bayrog‗i kо‗tarilganda, О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i 
(binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan kо‗tarilishi kerak. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda bir qancha 
davlatlarning bayroqlari kо‗tarilganida, О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog‗i alohida, qolganlari esa о‗zbek alfaviti bо‗yicha kо‗tariladi. О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil 
balandlikda joylashtirilishi kerak.
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining 
Davlat 
bayrog‗i 
kо‗tarilganda, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchami О‗zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‗ining о‗lchamidan katta bо‗lmasligi kerak, 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligi esa 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat bayrog‗ining kо‗tarilish balandligidan past 
bо‗lmasligi kerak. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i bilan bir vaqtda xorijiy 
davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari kо‗tarilganda О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i xalqaro huquq normalariga va diplomatik 
protokol qoidalariga muvofiq kо‗tariladi. О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog‗i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil 
balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil о‗lchamga ega bо‗lishi kerak. 



О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i binolarning asosiy kirish 
joyida yoki buning uchun maqbul bо‗lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi 
bо‗lgan dastada, yo bо‗lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni 
bilan kо‗pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda kо‗tariladi. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini tayyorlash, saqlash va yо‗q qilish 
tartibi О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Kо‗tarib qо‗yilgan О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗ining matosi yer 
sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bо‗lishi kerak. Motam munosabati bilan, 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, О‗zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‗i motamga moslab kо‗tariladi. Bunday hollarda 
О‗zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‗i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga 
bayroq enining 1/20 qismiga teng bо‗lgan kenglikdagi qora tasma bog‗lanadi, 
tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam 
munosabati bilan flagshtokda kо‗tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 
bо‗lagicha tushirib qо‗yiladi. 
О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, О‗zbekistonda turgan 
boshqa shaxslar О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini hurmat qilishlari 
shart. О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i tо‗g‗risidagi qonun hujjat-
larini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bо‗ladi. 
О‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗ini behurmat qilganlik О‗zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi. 
Mamlakatimizda Konstitusiya va qonun bilan о‗rnatilgan hamda tasdiqlangan 
davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining 
ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» sо‗zi nemischa «erbo» sо‗zidan 
olingan bо‗lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-
naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. 
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar chо‗zilgan sarhadlarda 
hukm surgan qadimgi turk hoqoni О‗g‗izxon davrida ham turkcha «tamg‗a» sо‗zi 
aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin 
Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, О‗g‗izxon 
о‗z mol-mulkini о‗g‗illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bо‗lib berib, in‘om 
etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham о‗zlarining xonlik tamg‗alariga ega edi. 
Kо‗rinib turibdiki, «tamg‗a» sо‗zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» 
sо‗zining ma‘nosiga tо‗la mos keladi.
Gerb – tamg‗a, emblema. Meros bо‗lib qolgan, bir davlatni boshqalardan 
ajratib turadigan belgi, tamg‗asi, nishoni, timsoli. Gerb – qaysi davlatga tegishli 
bо‗lsa, о‗sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega 
bо‗lgan tasvirlar va narsalar yig‗indisi. «О‗zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbi tо‗g‗risida»gi qonun 1992 yil 2 iyulda О‗zbekiston Respublikasining Oliy 
Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 
aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga 
muvofiq qо‗shimchalar kiritilgan.
О‗zbekiston Respublikasining 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish