2-modul. Pedagogika tarixi 1-mavzu: pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan IX asrgacha o`rta osiyoda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar



Download 59,2 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi59,2 Kb.
#222139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza

Tayanch so`z va iboralar

Ta’lim – tarbiya, ajdodlar merosi, o`tmish qadriyatlar, milliy meros, pedagogika tarixi fani, pedagogika tarixining maqsadi va vazifala, tarbiyaning kelib chiqishi, ibtidoiy jamiyatda tarbiya, urug`chilik jamiyatidan oldingi jamiyat yosh jihatdan bo`linish, eng qadimgi yodgorliklar, Gerodotning "Tarix" kitobi, Tumaris va Shiroq haqidagi rivoyatlar, "Urxun - Enasoy yodgorliklari", "Irq bitiklari", xalq og`zaki ijodi, "Avesto", Islom dini,Qur’oni Karim, Hadis

Ta’lim - tarbiya jarayonida ajdodlar merosidan samarali foydalanishning ahamiyati.

Uzoq va boy tarixga ega bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlari o`zining ta’lim - tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do`stlik, saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Lekin mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik. Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni o`rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi.

Mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.

Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini, bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy - pedagogik tafakkur iste’moliga kiritishni taqoza etadi.

O`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizning ahamiyatini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o`z asarlarida alohida ta’kidlab shunday degan edi: "Xalqimiz tayanchi - ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o`zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona fodalanishimiz lozim".

Islom Karimov jamiyatimiz milliy mafkurasini yaratishda ham o`tmish mutafakkirlarimiz merosini muhim deb bildi. U bu mafkurani yaratishda "milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo`shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o`rganish darkor. Men bu o`rinda Abu Nosir Frobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulug` ajdodlarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini nazarda tutayapman.

Masalan, Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini esga olaylik. Buning ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o`quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo`l - yo`riqlarni topa oladi", - deb yozgan edi.

"Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" risolasi ham o`tmish tariximiz va merosimiz ahmiyatini yorituvchi muhim asardir. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" degan fikrlari faqat ijtimoiy - siyosiy sohaga emas, balki ta’lim - tarbiyamiz va pedagogikamiz sohasiga ham taalluqlidir. Pedagogikamiz tarixini, o`tmishda ta’lim - tarbiya amaliyoti va nazariyasi qanday bo`lganligini bilmasdan turib hozirgi ta’lim - tarbiyamizda yuksak darajaga erishib bo`lmaydi.




Download 59,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish