Yog’och materiallarini yo’nish stanoklari va elektr qurilmalarini tuzulishi va ularni ishga sozlash texnologiyasi.Yog’och materiallarini yo’nishda mehnat xavfsizligi qoidalari. Duradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgohlar har turli bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli xolatda maxkam tutib turish uchun xizmat qiladi.
Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda maxkamlanadigan ish stolidan iborat bo‘lib, u stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarini ishlov berish uchun kerakli xolatda maxkam o‘rnatish uchun teshiklar
ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismdan ishlatiladigan asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi.
Duradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgohlar har turli bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli xolatda maxkam tutib turish uchun xizmat qiladi. 1Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda maxkamlanadigan ish stolidan iborat bo‘lib, u stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarini ishlov berish uchun kerakli xolatda maxkam o‘rnatish uchun teshiklar
ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismdan ishlatiladigan asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi.
179-rasm. Dastgohga ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan xolda bajariladigan ishlar yaxshi sifatli bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli bo‘ladi. SHu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar etadi.
Dastgohda foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak emas. Dastgoh stolini kesish, chopish, arralash, bolg‘a bilan ortiqcha zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash
lozim.
Dastgoh stoli ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay xolatda joylashtirish lozim. Tokarlik ishi deb yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo`nib ishlov berish usulini aytiladi. Bu usulda tayyorlangan maxsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik stanoklari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog‘ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida ishlov beriladi. Maktab ustaxonasida STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogining umumiy tuzilishi 34-rasmda tasvirlangan. Bu stanok quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan. 1-asos, 2-dvigatel, 3-tasmali uzatmaning himoya to‘sig‘i, 4-stanina, 5-magnitni ishga tushirgich, b-yoritgich, 7-oldingi babka, 8-shaffof himoya oynasi. Bu stanok ishlov beriladigan materialni oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o‘rta tishli markazi orasiga maxkam o‘rnatiladi.
Bunda orqa babkaning korpusini staninaning yo`naltiruvchi bo‘ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib, kerakli joyga maxkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va qisqichlar yordamida o‘rnatish moslamasi bo‘lgan diskdan iborat.
STD-120 rusumdagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogi: 1- asos, 2- dvigatel, 3- tasmali uzatmaning ximoya to‘sig‘i,4- stanina, 5- magnitli ishga tushirgich, 6- yoritgich, 7- oldingi babka, 8- shaffof ximoya oynasi, 9- tutkich, 10- orqa babka,