Dasturda katta guruhlar uchun vaqt haqidagi tasavvurni shakllantirish vazifasi quyidagicha belgilangan:
Sutka qismlari – ertalab, kunduzi, kechqurun, tun kabi tushunchalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.
Kecha, bugun, ertaga kabi tasavvurlarni mustahkamlash.
Hafta kunlari bilan tanishtirish
Hafta kunlarining nomlarini bilish va ketma – ket kelishi haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Yil fasllari haqida: ularning nomini to`g`ri aytishga o`rgatish.
Yil fasllari haqida: “Bu qachon sodir bo`ladi?” kabi o`yin orqali bilimlarini mustahkamlash.
Kecha, bugun, ertaga, bo`lgan edi – bo`ladi kabi o`yinlar orqali vaqt haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
O`quv yilining boshida katta guruh bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustaxkamlanib faqat bolalar faoliyatining aniq mazmuni va ular atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning ob`ektivroq ko`rsatkichlari tabiat xodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog`laydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan ular va ular atrofidagi kattalar kun davomida nima qiladilar, ularni qanday izchillikda qachon bajaradilar, erta tong kundo`z kechqurun haqidagi taasurotlari to`g`risida suxbatlashadi. U bolalarga tegishli she`r va xikoyalarni o`qib beradi. Ko`rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o`rin ko`rpalarni yig`ish, ertalabki badantarbiya, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, Bizning kun o`yini yordam beradi.
«Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o`zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarining ularni o`zlashtirishlarida qiyinchilik tug`diradi. Besh yoshli bolalar bu so`zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so`zlarning mazmun axamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qaerda bo`ldik?», «Parkka qachon borgan edik?».
Bolalarni vaqt terminlari ustida mashq qildirish uchun katta guruhda so`zli didaktik o`yinlar hamda o`yin mashqlaridan, masalan, «Davom ettir!» o`yinidan foydalaniladi. Bu mashqni koptok bilan o`ynaladigan o`yin shaklsida o`tkazish mumkin. Bolalar doira bo`lib turadilar Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o`sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan: tarbiyachi koptokni tashlab: «biz pochtaga bordik», deydi. Bola esa koptokni ushlab olib «kecha» deb jumlani tugatadi.
Bolalar xafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan bog`laydilar.
Endilikda bolalar har kuni ertalab xafta kunlarining nomini shuningdek, kecha xaftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar.
Matematika mashg`ulotlarida vaqti vaqti bilan bolalarga xafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish. Pedagog: «Qaysi kunlari rasm chizij mashg`uloti? Mo`zika mashg`ulotichi deb savollarni almashtirib turadi:
Bolalar tartib bilan sanashni, xafta kunlarini tartib bilan aytishni o`rganib olganlaridan keyin kunni tartib nomeri bilan bog`laydilar.
Xafta kunlarining izchilligi xaqidagi bilimlarni mustaxkamlash uchun» Xafta kunlari» so`zli didaktik o`yindan foydalanish mumkin.
Xafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o`zgaruvchanligi haqida tushuncha xosil bo`lishiga uning ketidan xafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |