2 - Mavzu va topshiriqlar.
Taqdimot nutqi .Internet tili .Reklama va reportaj.
Uslublar, taqdimot nutqi va axborotlar tili
Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari.Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani o’qish, til xususiyatiga ko’ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlash.Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap bo’laklari tartibi buzilish holatlari .Ularning uslubiy bo’yog’ini aniqlash.
Ommaviy axborot vositalari.Internet hayotimizda
Intervyu olish va reportaj tayyorlash qoidalari
Internet va undan foydalanish madaniyati
Internet bu – hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog’i hisoblanib , bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni ongimizga mavhum bo’lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot beruvchi axborot manbaidir.
Tabiiyki,hozirgi kunda ushbu omilga bo’lgan ehtiyojmandlar soni kundan–kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.Zero unda mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo’lsa-da , ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beihtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
Ayniqsa, bu ta’sir doirasidan o’smir yoshlar ham yo’q emas. Bu borada mutahasislarning so’zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog’idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog’liq muhim aniq dalillarga ega bo’lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma’lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin.Bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobilyati va hotiraning o’tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo’lmoqda.
Ma’lumki,Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo’lmagan va insonning o’z tafakkuridan kelib chiqqan qunun qoidalar asosida bo’lishi kerakligi hamda undagi me’yor talablari, ya’ni internet tarmog’idan axborotlarni to’g’ri tanlash har jihatdan o’rinlidir.Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o’z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko’p ekanligini gohida o’zimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug’dirmoqda. Barchamizga ma’lumki, internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o’rni beqiyos.Internet tarmog’ida :Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta’rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Darhaqiqat, hozirda nafaqat internet tarmog’I vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli – tuman axborot tehnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta’sir kuchini o’tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo’lsa-da,ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.
TOPSHIRIQ .O’zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing.
KLASTER
813 ta ommaviy axborot vositasi bor
|
O’zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari
|
Kabel telestudiyalar mavjud
|
|
75 ta teleradiostudiya mavjud
|
Intervyu olish va intervyu berish qoidalari
Intervyu - muxbirning (umuman so’zlovchining ) biror mashhur shaxs bilan ma’lum bir masala bo’yicha savol- javobidir .Muxbir intervyu olgunga qadar o’z savollarini tayyorlab qo’yadi.Intervyu savollari shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida bo’lishi lozim.Intervyu olish muxbirdan bilimdonlikni, notiqlikni , turli etik qoidalarga amal qilishlikni talab etadi. Muxbir intervyu beruvchi shaxs haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi zarur.
Reportaj tayyorlash .
Reportaj - OAV sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan olib beriladigan mahaliy mavzulardagi xabar , maqola.
Jurnalist – asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug’illanish bo’lgan , muhim faktlar, voqealar , odamlar , hodisalar haqidagi axborotni yig’ish , qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to’ldiruvchi kishi . Jurnalistlar , asosan , publisistik faoliyatga yo’nalgan bo’lib , ular o’zoldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish , shuningdek , davlat hokimyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta’sir qilish va nashr , radio yoki telekanal ta’sischilari belgilangan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o’rtasidagi vositachi bo’lishni maqsad qiladi.
Muxbir (arab.- xabar beruvchi ,xabarchi ) – 1)tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2)bevosita tahririyatda ishlamaydigan , ammo ommaviy-axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy-axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio , televideniya tahririyati xodimi.
Jurnalist- muxbir , reportyor ( axborot-yangiliklar xizmati xodimi ) va sharhlovchiga teleoperator , produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.
OAV fotografi (suratkashi ) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda o’z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin .Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.
Mashq.Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.Matnga sarlavha qo’ying.
Televideniyaning – jamiyatdagi o’rni.
Aholini iqtisodiy, siyosiy , ilmiy-madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash , uni jahon miqyosidagi xalqaro axborot almashinuviga kiritishda televideniya ayniqsa muhim o’rin tutadi. Bu madaniy va siyosiy ta’sirning eng keng tarqalgan vositasiga aylandi. Butun dunyodagi bo’lgani kabi O’zbekistonda ham televideniyani aholining aksariyat qismini qamrab oluvchi , uning fikrlash tarziga katta ta’sir ko’rsatadigan ommaviy axborot vositalari qamrab oladi. Jamoatchilik ongini shakllantirishda ,jamiyat yetakchilari va kun tartibidagi muammo , masala va muqobillarini belgilashda televidenie yaratgan obrazlar ustunlik qiladi.
Televizionning ijtimoiy taraqqiyotga iqtisodiy ta’siri bevosita emas, balki bilvosita ishlab chiqarish samaradorligiga , demokratiyani targ’ib qilish ,axborot ta’limi orqali mamlakatning iqtisodiy o’sishiga ta’sir qiladi.
Agar davlatda mustaqil radioeshittirish tizimi bo’lmasa , oddiy fuqarolarning hukumatga , uning institutlari va harakatlariga ishonchi yo’qoladi.Axborot almashish erkinligi hukumatga fuqarolari sodiq va jamiyat hayotida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadigan svilizatsiyalashgan davlatni yaratishga yordam beradi…
Ta’lim sohasida internet texnologiyalari
Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda . Internetda pochta , telefoniya , biznes (savdo , bank , auksion) ishlari ko’proq amalga oshirilmoqda .Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko’paymoqda . Yildan-yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o’taydi.Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko’rsatilmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o’sib borib ,ko’pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSHda o’tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko’ra Oliy o’quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar.Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o’rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 ta talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning 90 %i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59%i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to’rtinchisi Internetdan foydalanadilar , 10 yoshlilar guruhida bo’lsa 60%ni, 16 va undan kattalarda bu ko’rsatkichlar 80% ni tashkil etadi (bu ko’rsatkichlar ham vaqt o’tishi bilan ortib bormoqda) .
Mashq. Quyida berilgan reportaj matnini o’qib , qaysi uslubga xosligini aniqlang .Uslubning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
OAV
Olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish , uni targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni juda katta. Aynan ushbu soha vakillari sabab joylarda bo’lib o’tayotgan tadbirlar , amalga oshirilayotgan ishlar , yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo’lamiz. Ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga , uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo’lib , davlat va xalq orasidagi haqiqiy ’’ko’prik ’’ vazifasini bajarmoqda . Xususan ,sport rivoji yo’lida ham ’’to’rtinchi hokimyat ’’ vakillarining o’rni beqiyosdir. 27 iyun Ommaviy axborot vositalari kuni. Shu munosabat bilan O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tomonidan qalam ahli uchun o’ziga xos tadbir tashkil etildi. Unda jurnalistikaning turli yo’nalishlarida , jumladan TV , gazeta , internet nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.
Bu matn publisistik ommabop uslubga xos .Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llaniladi.Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun so’z va birikmalardan , maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
Topshiriq.Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to’ldiring .
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
OAV
|
Xabarlarni turli usullarda aholiga yetkazib beruvchi vosita yoki vositachi
|
Reportaj
|
OAV sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan olib beriladigan mahaliy mavzulardagi xabar,maqola
|
Intervyu
|
Muxbirning biror mashhur shaxs bilan ma’lum bir masala bo’yicha savol-javobidir
|
Muxbir
|
Xabarlarni bevosita yoki bilvosita aholiga yetkazuvchi tahririyat xodimi yoki oav bilan muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs
|
Jurnalist
|
Muhim faktlar,voqealar,odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig’ib , qayta ishlab,uni auditoriyaga yetkazuvchi kishi
|
Internet
|
Hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog’i
|
Do'stlaringiz bilan baham: |