2 Mavzu: Transport vositalari va atrof-muhit



Download 355,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.03.2022
Hajmi355,92 Kb.
#502950
  1   2
Bog'liq
Ekologiya referat




 



 
Mavzu:Transport vositalari va atrof-muhit.
Kirish 
1. Avtotransport vositalarining havo muhitiga ta’siri. 
2. Suv transportining suv muhitiga ta’siri. 
3. Xavo transportining atmosfera xavosiga ta’siri. 
4. Atmosfera havosini avtotransport chiqindilaridan muhofaza qilish. 
5.Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1. Xozirgi davrda inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan yana biri 
avtotransport vositalaridan chiqadigan zaxarli gazlardir. Ma’lumotlar shuni 
ko’rsatadiki, AQSH va Yaponiyada atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy 
manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar 
atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar, 
shuningdek, azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70 % ini tashkil qilsa, 
bizda 14 % ini tashkil qiladi. Umuman, ichki yonuv vositalari atmosfera xavosini 
ifloslantirish borasida salmoqli o’rinni egallaydi. 
MDXda avtotransport vositalari 1988-yilning o’zida 35,8 mln.tonna zararli 
moddalarni havoga chiqarib tashlagan. Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, 
Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan mikdoridan 3-10 
barobar ziyod ekanligi qayd etilgan.
Qizig’i shundaki, sulfat angidridi atmosfera xavosida turli reaksiyalarga 
kirishib, atmosfera xavosi namligida erib, qataliz hamda fotokimyoviy jarayonlar 
vositasida oqsidlanadi va pirovardida, sulfat kislotasini hosil qiladi. Bunday 
kimyoviy birikmalar 750-1500 metr balandlikka ko’tarilib, hatto 3000-4000 metr 
masofaga yetadi. Shuning uchun sanoat korxonalari joylashgan markazlar 
atrofidagi turar joylarda sulfat kislotasi yomg’ir bo’lib yog’adi va tabiatga shu 
jumladan, tirik organizmlarga katta zarar etkazadi.



Agar 1950-yili atmosferaga 70 mln.tonna, 1975-yili 120 mln.tonna, 1980-
yili 181 mln.tonna zaxarli moddalar chiqarib tashlangan bo’lsa, 2000-yilda 280 
mln.tonna tajavvuzkor moddalar atmosferani bulg’ashi taxmin qilinmoqda. 
Atmosfera havosining kundan-kunga, yildan-yilga bunchalik ifloslanib borishiga 
avtotransportning “aybi” borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni ham qayd qilish 
kerakki, avtomabillar purkagan gazlar tarkibidagi is gazlari (SO), azot kush 
oksidi(NO
2
), uglevodorodlar bilan bir qatorda juda zaxarli modda qurg’oshin ham 
mavjud.
Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi 
dudbo’ronlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va mikdoriga, transport xarakati 
tezligiga, mashinalar soniga, ko’chalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga, 
relefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga 
va meteorologik omillariga bog’lik bo’ladi. Avtotransportlarning atmosfera 
havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, 
aldegidlar, ketonlar, akrolein, qo’rg’oshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik 
nuktai nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan xolda 
bo’ladi. 
Avtotransport vositasidan atmosfera havosiga tashlanadigan ba’zi zaxarli 
gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Azot qo’sh 
oksidi parchalanib, azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi 
oksigen(kislorod) xosil bo’ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi. 
Mazkur ko’rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib 
chiqishiga yordam beradi, oqibatda o’ta zaxarli tarkibga ega bo’lgan smog xosil 
bo’ladi. Biz yuqorida tashqi muxitga nixoyatda tasirchan ko’rg’oshin bilan 
ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko’rsatib o’tgan edik. 
Manbalarda keltirilishicha, 1928-yildan avtotransport yonilg’ilari tarkibiga 
tetroetilko’rg’oshin birikmasi ko’shiladigan bo’ldi va bu usul 1959-yildan boshlab 
tadbiq etila boshlandi. 
Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo’rg’oshin birikmalari 1 m
3
atmosfera h avosida 1-2 mg.dan 4-5 mg.gacha yetadi, bunda albatta, motorlarning 



ish rejimiga qarab, xavoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi. Manbalarda 
keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, qishloqlardagi turar joylardagi 1m
3
havo 
tarkibida qo’rgoshin miqdori 0,1 dan 0,5 m ga teng bo’lsa, shaharlar havosida 1 
dan 5 mkg atrofida bo’ladi. Katta magistral yo’llar atrofidagi 1 m
3
havo tarkibida 
14-38 mkg qo’rgoshin borligi aniqlangan. 
Avtotransport vositalari sonining ortib borishi tashqi muhitga ajralib 
chiqayotgan qonserogen moddalarning salmog’ini ortishiga olib keladi. Ko’rinib 
turibdiki, tajovuzkor va zaxarli hisoblangan qo’rg’oshin va qonserogen moddalar 
orasida qandaydir uzviy bog’lanish bo’lib, ulardan biri salmog’ining ortishi 
ikkinchisining ham ortishiga ham bog’liq bo’ladi. Ularning tabiatda aylanishini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
——> inson
Xavo —>tuproq—>o’simliklar dunyosi
—>odamlar. 
——> hayvon
Ko’rsatilgan tarix asosida xavfli, tajovuzkor moddalar tashqi muhitda 
aylanib yurib, pirovardida odam organizmiga salbiy tasirini ko’rsatmasdan 
qolmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. 
Avtotransport vositalari atmosfera xavosini azot oksidi bilan 40,5%, 
uglerodlar bilan 42% zararlantiradi. Xavoga chiqarib tashlanadigan 100 
mln.tonnaga yakin is gazining 73,5 mln.tonnasi yoki 78% i avtotransport 
vositalariga to’g’ri keladi. Shaxarlar havosining 60% ini zaxarli gazlar bilan 
ifloslanishi avtotransport hisobiga to’g’ri keladi. 
2. Tabiat boyliklari shunday taqsimlanganki, bir region neftga boy bo’lsa, 
boshkasi metallarga boy, qaysi bir mamlakat qurilish materiallariga juda boy 
bo’lsa, ikkinchi mamlakat undan maxrum. Bunday tabiiy boyliklarni bir regiondan 
ikkinchi regionga tashishni avtotransportlar orqali amalga oshirish mumkin emas. 
Bunga bir tomondan, kit’alar katta okean va dengizlar bilan ajratilganligi bo’lsa, 
ikkinchidan, katta hajmdagi yuklarni avtotransportlarda tashish iqtisodiy jixatdan 
samara bermaydi. Shu sababli transport vositalari orqali tashilayotgan yukning 



umumiy miqdori bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak, birinchi o’rinda dengiz va okean 
taransportlari turadi. 1980 yillar atrofida neft maxsulotlari qazib olish dunyo 
bo’yicha o’zining eng baland nuqtasiga chiqqan edi. O’sha yillarda 3 mlrd.tonna 
atrofida neft qazib olingan bo’lsa, uning taxminan 60% i Fors ko’ltig’i 
mamlakatlariga to’g’ri keldi. Shu bilan birga jaxonda ayrim mamlakatlar borki, 
ularda umuman neft qazib olinmaydi. Masalan: Yaponiyaga o’xshagan sanoati 
juda rivojlangan mamlakat yiliga 300-400 mln.tonna neftni qayta ishlab undan 
energiya, avtotransport yoqilg’ilari, kimyoviy maxsulotlar va boshqa dori-
darmonlar ishlab chiqaradi. Shu neftni taxminan 90 % dan ko’prog’i tankerlarda 
O’rta Shark mamlakatlaridan va uzoq indoneziyadan olib kelinadi. Yevropadagi 
juda ko’pchilik mamlakatlar Fors qo’ltig’i mamlakatlaridan, bir qismini sobik 
ittifoqdan olar edi. Mana shunday katta xajmdagi neft va neft mahsulotlarini 
tankerlar va super tankerlarda tashilishi natijasida yiliga 10-12 mln.tonna neft va 
neft maxsulotlari dengizlarga to’kilmoqda. Tankerlarni qanday yuk bilan avariya 
bo’lishi va cho’kishidan qat’iy nazar, dengiz suvlar u yomon darajada ifloslanadi.
1960-yili AQSH ning Liberiya bayrog’i bilan yurgan “Tori kanvon” nomli 
super tankeri Angliyaning janubiy Yevropa qismida dengizning sayoz joyida 
toshga urilishi natijasida 12000 tonna xom neft bilan halokatga yuz tutdi. Juda 
katta urinishlarga qaramay qutqarish mumkin bo’lmadi, natijada tanker cho’kib 
ketdi. Undan to’kilgan katta miqdordagi neft Angliya va Fransiya qirg’oqlarigacha 
yetib keldi. Bir necha oy davomida cho’milish xavzalaridan foydalanish mumkin 
bo’lmadi. Eng achinarlisi shundaki, biosferaga, ayniqsa gidrosferaga juda katta 
zarar etdi. Bir necha ming tur dengiz hayvonlari va shuningdek dengiz kirg’og’ida 
yashaydigan hayvonlar va qushlar xalok bo’ldi. Dengiz ekologiyasi buzildi. 1976 
yili Tinch okeanida 10000 tonnali tanker, shu yili Ispaniyaning uncha uzok 
bo’lmagan rayonida 40000 tonnali tanker, shu yili Amerikaning shimoliy sharqida 
27000 tonnali tanker, Los-Anjeles yakinida 40 ming tonnali tanker avariyaga 
uchradi. Amerikada chiqadigan “Taym” jurnalida ta’kidlanishicha, fakat 1976 
yilning o’zidagina 19 ta tanker xalokatga uchradi. 1964-1976 yillar orasida 198 ta 
tanker xalokatga uchradi va uning oqibatida 108 kishi xalok bo’lgan. 1917 yili 2 ta 



AQSHning super tankeri har biri 330 ming tonnadan neft bilan o’zaro to’qnashib 
xalokatga uchradi va okeanga 26 ming tonna neft to’kildi. Tarixda eng katta 
xalokat 1978 yili Amerikaning Liberiya bayrog’i bilan yuradigan “Amakades” 
super tankerida O’rta yer dengizida yuz berdi. Tankerda 220 ming tonna neft 
maxsulotlari bo’lib, ularning to’kilishi natijasida dengizning 3,5 ming kv.m qismi 
neft maxsulotlari bilan qoplangan. Bir necha yuz ming dengiz hayvonlarining 
xalokatiga sabab bo’ldi.
3. Atmosfera xavosining ifloslanishiga juda tez rivojlanayotgan aviatsiya 
ham o’z xissasini qo’shmoqda. Bitta o’rtacha xavo layneri 8 soat uchishi davomida 
25 tonna aviakerosin sarflab, 200 tonna kislorodni boshqa gazlarga aylantirib 
yuboradi. TU-144 tipidagi samolyotlar yuqoridagiga nisbatan 3-4 barobar ko’proq 
yoqilg’i va kislorod sarflaydi. Samolyotlarda ham yonish maxsulotlari asosan 
avtomabillarnikiga o’xshash. Ammo bu yerda azot oksidlarining miqdori ancha 
ortiq. Samolyotlar uchishi natijasida atmosferada sun’iy bulut xosil bo’ladi va o’z 
navbatida mikroiqlim yomonlashuviga olib keladi. Eng yomoni shundaki, 
samolyotlardan xosil bo’layotgan azot oksidlari xisobiga ozon kavati yemirilib 
bormoqda.
4. Yuqorida aytib o’tilganidek, shaharlar xavosini ifloslantiradigan asosiy 
omillardan biri avtotransport vositalaridir. Bular ifloslantirgan havoning 
zaxarliligini kamaytirish maqsadida yoki xavoga chikarib tashlanadigan 
chikindilarning umumiy miqdorini kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni 
qo’llash yo’li bilan istalgan maqsadga erishish mumkin. Masalan, motor 
silindrlarida paydo bo’ladigan zaxarlar kuchini neytralizatorlar yordamida kesish 
mumkin. Bundan tashqari har qanday yo’qilgi to’la yonishini ta’minlaydigan 
motorlar 
ishlab 
chiqarilishi 
kerak. 
Atmosfera 
xavosini 
avtotransport 
chikindilaridan saklash uchun shaxar asosiy erlari, yo’laklar soz bo’lishini 
ta’minlash, chorraxalarda tartib o’rnatish, transprot xarakatini tog’ri yo’lga qo’yish 
maqsadida shaxar qurilish loyixalarini lozim darajada o’zgartirish, ko’cha 
chetlariga daraxtlar o’tkazish, yer osti yo’llarini ko’paytirish, ayniqsa, 
chorraxalarda avtotransport to’planib qolishiga yo’l ko’ymaslik kerak.



Yo’lga yaqin uy-joylardan kam qavatlilari oldingi qatorda bo’lishi lozim, 
undan keyin yuqori kavatli uylar, uylarning o’rtida esa bolalar bog’chalari, maktab 
binolari joylashtirilishi kerak.
Davlat avtomabil inspeksiyasi shahar va tuman xududidagi avtomabil 
transportlarini hisobga oladi, uning texnik xolatini tekshiradi, avtomabil 
dudburonidan chiqadigan chiqindilar tarkibini tekshiradi. Is gazi Davlat 
tasdiqlangan ko’rsatkich me’yoridan oshib ketsa, qarbyurator tuzatilib, 
sozlanmaguncha mazkur mashinani ishlatish man etiladi. Masalan, is gazi 1,5 % 
dan, ikkinchi rejimda ishlasa 1 % dan oshmasligi kerak.

Download 355,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish