O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq shakli uchun xosdir.
O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.
og`zaki shakl – orfoepiyada
yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi
ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush_tushishi'>Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:
*past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi:
pasay, susay.
*ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, - ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.
*men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,- ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening.
*bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi.
Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:
*achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.
*u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (– ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.
Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:
*bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.
*yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a =
ata.
*-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k,
q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.
*oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i- bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.
Morfologik yozuv - so`z asosi va qo`shimchalarini aynan yozish demakdir. Bunga ko`ra so`z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko`ra yoziladi, ya’ni asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z tarkibida tovush o`zgarishi kuzatilmaydi. So`z va qo`shimcha aslan qanday bo`lsa, shunday yoziladi. Masalan:
*fe’lning zamon va shaxs qo`shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi.
*-dan, -da qo`shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o`zgarishsiz yoziladi: ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi.
*-iston (so`z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l nisbatlari) qo`shimchalari asos qismida –u tovushi bo`lgan so`zlarga qo`shilganda u tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko`ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston
*qo`shma va juft so`zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi: qip- qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi.
Shakliy yozuv bu tamoyilga ko`ra boshqa tillardan o`zlashgan so`zlar o`sha tildagi shaklini saqlagan holda yoziladi: tramvay, institut, teatr, drama, kongress.O`zbekcha so`zlarning boshida va oxirida ikki undosh yonma-yon kelmaydi,
ular orasida qisqa i unlisi yoziladi: qizil, bilan, sir, shimol. Ammo o`zlashgan so`zlar tarkibida ikki undosh yonma-yon keladi va shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi: stol, klub, prokuror, fikr, zikr.
Yangi o`zbek yozuvining imlo qoidalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Imlo qoidalari 7 bo`limdan iborat:
Harflar imlosi. U ikki qismdan iborat: unlilar imlosi va undoshlar imlosi.
Asos va qo`shimchalar imlosi.
Qo`shib yozish.
Chiziqcha bilan yozish.
Ajratib yozish.
Bosh harflar imlosi.
Ko`chirish qoidalari.
“Baliq skeleti ” usuli uchun ekspet varag’i:
Do'stlaringiz bilan baham: |