2-mavzu: texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari



Download 277,73 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi277,73 Kb.
#523487
Bog'liq
2 MAVZU TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH TENDENSIYALARI

2-MAVZU: TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH TENDENSIYALARI.

R E J A

1.Texnik vositalar.

2.Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.

Tayanch so’z va iboralar: Klaviatura, printer, modem, sichqoncha, flesh-disk, xotira, markaziy protsessor.

1.Texnik vositalar.

Texnik vositalarga kompyuterlarning tuzilishi, kiritish va chiqarish qurilmalari, ma’lumot tashuvchu vositalar, multimedia vositalari va ularning ahamiyati, modem-telefon tarmog’i, kompyuterning tizimli bloki–ona platasi, protsessor, vinchester, tarmoqli plata, elektr ta’minlovchi blok, disk yuritguvchilar, tezkor xotira adabterlar, ma’lumotlarni saqlash va almashish qurilmalari: disklar, flesh -disklar va boshqalar kiradi.

Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.

Kompyuterning asosiy qurilmalari:

Kompyuterning asosiy qurilmalari:

    • Tizim bloki(Sistema bloki)
    • Monitor
    • Klaviatura
    • Sichqoncha

Sistema bloki
Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Monitor
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini belgilaydi. Hozirda monitorlarning HGC, CGA, EGA, VGA va SVGA turlari keng tarqalgan.
Klaviatura
Klaviatura (ingl. keyboard) Kompyuterga turli shakldagi axborot kiritish yo’llaridan biri klaviaturada joylashgan tugma (klavish)lar ko’magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugma yoki tugmalar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Bunga sabab shriftlovchi nomli mikrosxema ma’lum tugma bosilishida hosil bo’luvchi signalni ikkilik kodiga aylantirib beradi. Standart klaviaturalarda 101 yoki 110 tagacha klavish bo’ladi. Oldingi turlarida 86 ta bo’lgan. Vazifasiga ko’ra klaviaturadagi klavishlar 6 guruhga bo’linadi. Ular 1) funksional 2) alifbo-raqamli 3) yo’nalishli 4) raqamlar paneli 5) maxsuslashtirilgan 6) modifikatorlar
Sichqoncha
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab yurg’izilganda ostidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish mumkin. Birinchi sichqonchali kompyuter ― Xerox 8010 Star Information System mini-kompyuteri 1981-yilda ishlab chiqarilgan.
Download 277,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish