2-mavzu: Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash
REJA:
1.
Tarbiyasi og„ir o„quvchilar bilan ishlash
2.
Pedagoglarning tarbiyasi og„ir o„quvchilar bilan ishlashdagi mahorati
Tayanch so‘zlar:
tarbiyasi og„ir, munosabat, maktab, nazoratsizlik,
huquqbuzarlik, ehtiyoj
Xulqi og„ir bolalar hammaga ma‟lum bo„lgan va afsuski, allaqachon
ko„nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u
qo„lida rogatka ushlagan bezori, o„qituvchi uchun – sinfdoshlariga yomon ta‟sir
ko„rsatuvchi? bolalar bog‟chasi tarbiyachisi uchun esa – harxashali injiq, еngiltak
tinib-tinchimas bola. Ota onalar uchun-chi? Har qaysisi uchun u o„zgacha ma‟no
kasb etadi. Ota onalar tushunishida qiyinchiliklarga uchraydigan bolaning mumkin
bo„lgan barcha variantlarini aytib o„tish foydasiz, chunki har qanday bola ham
tabiatan “qiyin” bo„lishi mumkin. Odatda hamma bolalar tug„ilgan vaqtlaridayoq
ota onalariga ma‟lum bir qiyinchiliklar keltiradilar. Ammo ba‟zilar uchun
muammo bo„lgan narsa, boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u
ko„pgina sabablarga bog„liq. Bolaga nisbatan ota onalarning tutgan yo„li, oiladagi
qadriyatlar tizimi, oila a‟zolari o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning bor yoki
yo„qligi, shuningdek boshqa ko„pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida
muqarrar ravishda paydo bo„ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini
belgilab beradi. Barcha insonlar ham bir xilda bo„lmaydi, shuningdek, oilalar ham
turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir–biriga o„xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin
ko„pincha kattalar buni unutib qo„yadilar, o‟zlaricha qandaydir umumiy
tavsiyalardan yordam ko„rishga moyil bo„ladilar va bunda: “bola bajarishi kerak”,
“bolaga mumkin emas” kabi so„zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval
boshdanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas.
Aksincha, kattalar uning me‟yorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni
kishilar orasida yashashga o„rgatishlari, ularning xis-tuyg„ularini, xohish-
istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim.
Vaqt o„tishi bilan, payti kelganda uning o„zi nimalar qilishi kerakligini,
kimga nimalar qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni
boshqa kishilarga o„z ota onalarga, do„stlariga va nixoyat, o„z bolalariga nisbatan
mehr - muxabbat, mehribonligi bilan uzishni tushunib oladi. Buning uchun esa
bolani qanday bo„lsa shundayligicha qabul qilish uni tushunishga harakat qilish va
uning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo„ladigan o„zaro
munosabatlarning qo„shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, aksincha
oilada eng kadriyatli hisoblangan o„zaro xurmat, iliqlik va himoyalanganligini
his etishga yordam beradigan usulini topish kerak.
Bolaga tug„ilishidan oldin va hayotining birinchi xaftalarida bo„ladigan
munosabat ko„p jihatdan u bilan kelgusida qilinadigan munosabatlar xarakterini
belgilab beradi. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi
qo„llanilmaydi.
Har
holda
ota-onalarning
“qiyin” chaqaloq, haqidagi
shikoyatlarini eshitishga to„g„ri kelmaydi, garchi bu bosqichda qiyinchiliklar ko„p
bo„lsa ham. To„g„ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik harakterda bo„ladi va
ko„pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo vaqtinchalik
xodisa sifatida idroq qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o„rniga boshqalari
paydo bo„ladi. Ular ba‟zan chaqoloqlik davrida, ayrim hollarda undan ham oldin-
bolaning tug„ilishini kutish vaqtlarda yashirilgan bo„ladi. Hali bola go„daklik
paytida onasi unga qanday munosabatda bo„lish to„g„risida unchalik
qayg„urmaydi, u ana shu jajji jigargo„shasini parvarish qilishga doir hamma
ishlarga ulgursa va uxlab olsa еtarli. Kichkintoyning qorni to„q, taglari quruq,
yig„lamayapti, demak hammasi joyida. Shu narsa aniqlanganki, uyda xotirjamlik
hukm surib, janjal va nizolar bo„lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qattiq uxlaydi,
ishtahasi ham yaxshi bo„ladi. Bu bilan onasi uchun huzur – halovat baxsh etadi.
Natijada shunday “zanjir” hosil bo„ladi: onasi uchun yaxshi bo„lsa bolaga yaxshi,
bolaga yaxshi bo„lsa – onasiga ham yaxshi.
Agar onaga yomon bo„lsa, uning emotsional holati bolaga ham ta‟sir etadi.
Hatto ona yuragining urushi, uning notinchligi, tashvishli yoki bir maromida urushi
kichkintoyning kayfiyatini belgilab beradi. Shunday qilib, onada ham, bolada ham
bo„ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim
ham anglab еtmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini ob‟ektiv
baholashga bo„ladilar. Agar ba‟zilar bola biror narsadan iztirob chekanida
yig„ilashi harxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachon bu haqida o„ylab
ham ko„rmaydilar. Ular bolaning injiqligini yo e‟tiborga olmaydilar, yoki uni har
qanday usul bilan chalgitishga urinadilar. Buning sababini o„ylab ko„rish,
tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham еtmaydi. Natijada kutilmagan
vaziyat vujduga keladi: bola doimo “onaning psixologik holatiga moslashadi”,
onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi his qilayotgan
qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyning o„ziga
qo„shimcha qiyinchiliklar tug„dirayotganini tushunadi xolos. Shundan keyin bola
haqida qiyin, unga halaqit beruvchi, tashvish uyg„otuvchi, majburiyat yuklovchi,
xovotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur xosil bo‟ladi. Shu tariqa
“qiyin” bolalar paydo bo„ladi.
Pedagogning ta‟lim oluvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi bolalarni
sevishi insoniy talabchanlik asosida kо„rilmog„i lozim, insonparvarlikka
asoslangan talabchanlik ta‟lim oluvchilarni intizomga chaqiradi, о„z hulq-atvori
tо„g„risida о„ylashni, о„ziga boshqalar kо„zi bilan qarashni, salbiy xususiyatlarini
qayta tarbiyalashni, ijobiy fazilatlarini takomillashtirishni yо„lga qо„yishga da‟vat
etish muddaosiga erishadi. Buning uchun pedagog talabning me‟yorini bilishi
lozim. Talab istiqbolli bо„lib, bolaning kelajak hayoti, faoliyatini rivojlantirishga
qaratilgan, bolalarni quvonchga qiziqishlarini takomillashtiruvchi yо„naltirilgan
bо„lsagina, maqsadga muvofiq bо„ladi.
Farzand inson hayotiga tо„kislik bag„ishlaydi, oilaga baxt keltiradi. Oila
farzandlardan boshlanadi. Farzandlar esa bizning kelajagimiz. Mustaqil
О„zbekistonimizning ravnaqi, xalqning baxt-saodati farzandlarni tо„g„ri
tarbiyalashga bog„liqdir. Buyuk ma‟rifatparvar Abdulla Avloniy bola kamolotida
tarbiyaning roli juda kattaligini tushunadi va tarbiya haqida shunday deydi:
“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat
masalasidir”. Abdulla Avloniy axloqiy tarbiyaning bosh masalasi insonning
Vatanga muhabbatidir deb hisoblaydi.
Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning tо„liq yoki notо„liqligi ham bolalar
va о„smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu kо„rinishda ta‟sir qiladi.
Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq yashashligi bolalar va
о„smirlar hulqidagi og„ishlarning oldini olishda muhim xisoblanadi. Oilada nizoli
vaziyatlar kо„plab uchrab turadigan nosog„lom oilada о„sayotgan о„smir uchun
ham ota-ona mehri turli xil oilaviy urush janjallardan, muammolardan ustun turadi.
Demak bolalar xulq-atvoriga kuchli ta‟sir kо„rsatuvchi omil bu ota-ona, oila
a‟zolari va maktab jamoasi ta‟siridir.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni
ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash
qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqan hatti – harakatlaridan
(ularning harakterstikasi bosh miya patologiyasi bilan bog„langan) farqli o„laroq
asotsial axloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta‟siri,
oiladagi nonarmal o„zaro munosabatlar, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar,
xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko„rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun
mohiyati tarkibi ham, o„ziga xos sifati ham tugma mexanizmlar bilan
belgilanmaydi. “Qiyin” yani “tarbiyasi og„ir” bolalar esa pedogogik jihatdan
qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o„zgarishi -
pedogogik xatolar oqibatidir. Shaxsini kuzatish talab etiladigan keng doiradagi
bolalar “Tarbiyasi og„ir” bola atamasi bilan belgilanadi. Kattalarning talablari
maslahatlariga qarshilik ko„rsatadigan, ularning so„ziga kirmaydigan, injiq, o„jar
bolalar shu toifadagi balalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday
og„ishlarning sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko„rsatish bilan bir
vaqt da uning ehtiyojlari, qiziqishlariga e‟tibor berish va uni faoliyatning kollektiv
shakillariga jalb etish – bolaning fe‟l-atvorida paydo bo„ladigan injiqlik, o„jarlik,
itotsizlikning oldini olish va ularni bartaraf etishning asosiy yo„lidir.
Bolalarning ma‟lum bir qismi sho„xligi, intizomsizligi, qo„rsligi bilan ajralib
turadi. Bunday o„quvchilarga individual yondoshish va ularning intizomsizlik
sabablarini aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning
faoligini maqsadga muvofiq tashqil etish, qadr–qimmati, malum darajada
mustaqillikka bo‟lgan huquqlarini hurmat qilishni nazarda tutadi. Xulq-atvorida
mehnat qilish istagi va odatining yo„qligi-yalqovlik bilan harakterlanadigan bolalar
alohida guruhni tashkil etadilar. Maktab ma‟muriyati bunday bolaning mehnat
qilishga bo„lgan intilishnini payqab olishi va turli xil yo„llar bilan ragvbatlantirishi
lozim.
Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo„l qo„yiladigan qonunbuzarliklarning
oldini olishda maktabning roli juda katta. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
bilan qurollangan o„qituvchi tarbiya jarayonining bosh tashqilotchisi, o„quvchiga,
o„quvchilar
jamosiga,
oilaga
hko„rsatiladigan
pedagogik
ta‟sirlarning
muvofiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bo„lmoqda. Balog„atga yеtmagan
bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan
amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu
jarayon doirasida pedagoglarning say-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:
- o„quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta‟sir etuvchi tashqi omillar ta‟sirining
oldini olishga, bola huquqlarining buzilishga va buning oqibati sifatida o„quvchi
tarbiyasinin og„irlashishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo„qotishga;
- butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro„y
beradi;
Bu davrda umumta‟lim maktablarining alohida ichki nazoratiga olinishi va u
o„quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib boorish kerak. Mazkur o„quvchilar
bilan tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga
muvofiq. O„quvchilarning ushbu ro„yhatga olingaligini o„ziga va tengdoshlariga
oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-
pedagoglar biriktirish; Ularni bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
maktabdagi qiziqishlari bo„yicha va fan to„garaklariga jalb etish; Nazoratchi-
pedagoglar tomonidan o„quvchilarni ro„yxatga olinishiga sabab bo„lgan xatti-
harakatlarini takrorlanishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga
oshirish.
Inson tabiatiga xos bolgan sabr tushunchasi, uning orzu intilishlari, oldiga
qo„ygan maqsadi asosida rivojlanadi. Sabr tushunchasini agar to„rtta omil bilan
chegaralansa, ular quyidagicha bo„ladi, ya‟ni sabr etilganda asosan inson qaysidir
maqsadga erishish istagida bo„ladi. Ba‟zan esa bu maqsad amalga oshmay,
sabrning chegarasi salbiy tarafga o„zgarishi mumkin. Bu holat ko„pincha o„smirlik
davriga xos hisoblanadi. Ya‟ni o‟smir oldiga qo„ygan maqsadiga yetolmadi va
taslim bo„lib, uning xulqi salbiy tomonga o„zgarishi mumkin va tarbiyasi og„ir
bolalar safiga qo„shilib qolishi mumkin yoki o„smir o„sayotgan nomaqul oila
muhiti va u kutayotgan baxtli hayot haqidagi orzularining ushalmasligi natijasida
suisid sodir etishi yoki o„zi hohlagan insonlaridan mehr kutayotganligi natijasida
hayot (insonlar)ga bo‟lgan ishonchning sunishi. Yoki o„zi hohlagan kasbni
tanlashdagi muammolarni yengib o„tish va olg„intilish kabi sabrni chegaralari
mavjuddir.
О„quvchi-yoshlar о„rtasida axloqiy me‟yorlarga mos xulq-atvorni
shakllantirishda ta‟lim muassasasi, oila va mahalla о„rtasida hamkorlikni yо„lga
qо„yish lozim.
Agar yosh pedagoglar o„quvchilarning xatti-harakatidagi salbiy tomonlarni
o„z vaqtida ularga ko„rsata bilmasalar, hozirgi holatda bolalar uchun ancha
ahamiyatli bo„lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo„li bilan ulardagi o„tkazib
yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo„ladi. Ikkinchidan xatto-bolalarda ro„y
berayotgan fikrlash jarayonlarining o„ziga xos xususiyatini yеtarlicha hisobga
olmaslik, ularning bilimlarini o„zlashtirish sur‟atiga ortiqcha baho berish o„quv
jarayonida o„rtacha o„quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv
sistemasi xususiyatini e‟tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda
darxol to„g„ri yo‟l topa oladilar, vazifalarni tezda bajaradilar, boshqalari esa
sustkash, harakatlari ham erkin, bemalol emas. Uchinchilaridan bilimlarni
o„zlashtirish sur‟ati juda sekin va hokozo. Agar o„quvchiga o„z vaqtida yordam
ko„rsatilmasa uning o„qishda orqada qolishi kuchayadi u jamoada pisixalogik
muvozanatsizlik, yolgizlik ishonchsizlik, rask alam hissini boshdan kechiradi.
Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo„lishi
uning shaxsini o„zgarishiga olib kelmaydigina emas, balki yaxshi tashqil etilgan va
ijobiy yo„nalishda bo„lgan jamoaning unga ko„rsatadigan ta‟sirini kamaytirib
yuboradi. Pedagogik xatolarning keyingi tipi – tarbiyasi og„ir o„quvchiga nisbatan
salbiy fikrda bo„lishdir. Pedagogik jihatdan salbiy noto„g„ri fikrda bo„lish
o„qituvchining o„quvchi, uning qobiliyatlari va imkoniyatlari haqidagi oldindan
shakllangan, barqaror, taxminlarga asoslangan, soxta fikrlaridir. O„qituvchining
salbiy fikrda bo„lishi odatda sub‟ektiv bo„lib ishning haqiqiy ahvoliga javob
bermaydi va insoniy munosabatlarga to„g„ri kelmaydi u o„quvchining xulq-
atvoriga salbiy ta‟sir etadi, uzoq davom etadigan mojarolarga olib keladi.
Tarbiyaviy ishlarni olib borishdagi to„rtinchi xato pand-nasixatlardan iborat
bo„lib, u ba‟zi o„qtiuvchilarning darslarida tez-tez qo„llanib turiladi. Turli xil
tarbiyaviy tadbirlarning yuzaki nomigagina o„tkazilishi bolalarning passiv
tinglovchi va oddiy ijrochilarga aylanishiga majbur etadi. Agar axloq
normalarining o„zlashtirilishi kundalik faoliyatdagi barqaror ko„nikma va
malakalar sifatida mustaxkamlab borilmasa tarbiyaviy ishlar o„quv, mehnat va
boshqa faoliyat turlaridan ajralib koladi. Bu xatolarning sababi odatda tarbiyaviy
jarayonga yuzaki munosabatda bo„lish yoki uning qonuniyatlarini bilmaslikdadir.
Ko„pincha pedagog mashaqqatli tarbiyaviy ishni ommoaviylik bilan almashtiradi,
bolalar bilan individual ishlashga еtarli e‟tibor bermaydi.
Hozirda pedagoglar bolalarning o„qishdan tashqari vaqtdagi ijodiy
faoliyatini tashqil etishda katta qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Vaholanki
aynan o„quvchilarni qiziqtiradigan faoliyat sohalarida ayniqsa fan, texnika, san‟at
sport soxasida ishtiroq etish ularga o„zining ong-bilim doirasini kengaytirishga
bilimlarini chuqurlashtirishga imkon beradi. Aynan shunday faoliyat sohasida
harqanday hayotiy vazifalarni hal etishga ijodiy yondosha biladigan yorqin shaxs
tarkib topadi. Ijodiy faoliyat jarayonida bolaning badiiy didi, g„oyasizlik va
pastkashlikka chet el “Ommoviy” madaniyati hodislariga nisbatan tanqidiy
munosabat shakllanadi. Mana shuning uchun ham kichik yoshdagi o„quvchilarning
ijodiy qobiliyatlari namoyon bo„lishi va rivojlanishi uchun sharoyit yaratish
muhimdir har bir o„qituvchi qiziqishlari bo„yicha shakllanadigan bolalar jamoalari
ishiga rahbarlik qila bilishi kerak.
Insonning birinchi ustozi onasidir. Islomda “mening yaxshi muomala
qilmog„imga kim haqlidir, degan savolga uch marotoba “Onang” deyilgandan
keyingina tо„rtinchi marta “Otang” deb javob berilgan. Oiladagi tarbiya muhiti
bolaning indiviidualligi uning о„qishidan tashqaridagi faoliyatlarida kitobxonlik,
tabiatga, dinga va boshqalarda aniq kо„rinadi.
Boladagi muomalaga bо„lgan ehtiyoj rag„batga bо„lgan ehtiyoj bilan
chambarchas bog„liqdir. Agar bolaga sizning samimiy munosabatingiz yetishmasa,
u muqarar ravishda asabiylashadi, о„zini qо„yarga joy topolmaydi. Rag„bat fe‟l
atvorni yumshatadi. Har bir ota ona о„z farzandining о„ziga xos xususiyatlarini
yaxshi bilishi ya‟ni, qobiliyati, bilimi, о„z о„zini baholay olishi, о„rtoqlar va
ularga munosabati, о„qishga munosabatini bilishi lozim. Oilangizda ruhiy muhit
muhit sog„lom bо„lishini istasangiz bolangizning hozirgina qilgan noо„rin, xato,
adashilgan anglashilmovchilik yuzasidan kelib chiqqan hatti harakatlarini qoralab,
uni jazolashga tushmang.
Maktabdagi о„qituvchisi bilan doimiy muloqotda bо„ling.
Bolalarda nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olishda quyidagilar
yordamlashadi:
o
о„z yaqinlariga ruhan bog„lanish;
o
mas‟uliyat va burch hissi;
o
о„z salomatligi haqida qayg„urish;
o
imkoniyatlardan tо„la foydalanishga intilish;
o
ma‟naviy-ma‟rifiy, odob-axloq normalariga rioya qilishi;
o
diniy
-
ma‟naviy tushunchalarga ega bо„lishi;
o
Ta‟lim muassasasi pedagog xodimlari, amaliyotchi psixologlar va sinf
rahbarlar, yoshlar ittifoqi boshlang„ich tashkiloti rahbari birgalikda har bir
bolaning ruhiy holati, ichki kechinmalari, oilasida bо„layotgan voqealar va
ularning bola ruhiyatiga ta‟siri haqida bilishi lozim. Ruhiy inqiroz holatida bо„lgan
о„smirlarni aniqlashda anketa va sо„rovnomalar, ayniqsa proyektiv metodikalardan
foydalanish juda qо„l keladi. Jumladan “Stressga bardoshlikni aniqlash
metodikasi”, “Bashorat” sо„rovnomasi, Oila kinetik rasmi, “о„rmon bо„ylab
sayohat” va boshqa kо„plab metodikalar mavjudki, ular boladagi ruhiy
kechinmalarni aniqlashda yordam beradi. Bola о„zida autotreninglar о„tkazib
turishni о„rgatish lozim. О„zini о„zi tarbilashga ongi yetadigan о„smir bu
autotreninglarni bajaradi. “Men о„zimga ishonaman”, “Mening imkoniyatlarim
cheksiz”, “Men irodali shaxsman”, Men ota
-
onamni yaxshi kо„raman va ular am
meni yaxshi kо„rishadi”, “Men ollohning yaxshi kо„rgan bandasiman” degan
gaplarni kunda bir necha marotoba takrorlab turishi bolada hayotni sevishga
о„rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |