3.
Standartlashtirish va sifat.
Zamonaviy ishlab chiqarishning xususiyatlari, tarmoqlararo aloqalarning
mavjudligi, katta miqdordagi ilmiy-texnikaviy axborot oqimi, chiqariladigan
maxsulot sifatiga bo`lgan talabning doimiy o`sishi inson faoliyatining turli
soxalarida standartlashtirish bo`yicha ishlarni muxim vazifalar qatoriga qo`shib
qo`ydi.
Standartlashtirishning asosiy moxiyati standartlashtirish bo`yicha xalqaro
tashkilot (ISO) va Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) tomonidan
shakllantirilgan standartlashtirish tushunchasida muvaffaqiyatli ravishda o`z aksini
topgan.
Standartlashtirish - real mavjud yoki potentsial vazifalarga nisbatan umumiy
va ko`p marta foydalanish uchun xolatlarni belgilash vositasida maʼlum soxada
oqilona darajadagi tartiblashtirishga yo`naltirilgan faoliyat.
Standartlashtirish real mavjud yoki potentsial masalalarni xal qilishga
qaratilgan, sifat esa belgilangan yoki ko`zda tutilgan talablarni qondirishga
qaratilgan. Bunda maxsulotning (jarayon, xizmatning) uning funktsional vazifasiga
muvofiqlik darajasining oshishi yaʼni belgilangan yoki ko`zda tutilgan talablarning
qondirilishi standartlashtirish bo`yicha faoliyatning muxim natijalari xisoblanadi.
Standartlar va texnikaviy shartlarni qamrab oluvchi «meʼyoriy faoliyat» atamasi
faoliyat turiga taallukli tavsifnomalarni belgilaydi.
Standartlashtirish obyekti bo`lgan inson faoliyati soxasi juda keng: Fan va
texnika; sanoat-texnikaviy vazifadagi maxsulotlar va xalq isteʼmoli tovarlarini
ishlab chiqarish; xizmatlar - tibbiy, taʼlim, maishiy, turistik, transport va x k. barcha
xolatlarda istalgan soxada faoliyat sifatiga qo`yiladigan talablar nafaqat mavjud,
balki potentsial masalalarni xal qilishni xisobga olgan xolda meʼyoriy xujjatlar bilan
tartibga solinadi.
Standart — (Standard — frants.) taqqoslash uchun kerak bo`lgan, namuna,
obyekt, tilla yoki standartlashtirish uchun tuzilgan, standartlashtirish uchun
mo`ljallangan obyektning meʼyoriy qoidalari va talablarini o`z ichiga olgan,
standartni boshqaradigan xamda ro`yxatga olib rasmiylashtiriladigan tashkilot
tomonidan tasdiqlangan va unga qiziquvchi tomonlarni qoniqtiradigan maʼlum bir
shaxs faoliyatini tartibga soluvchi aniq meʼyoriy xujjatdir.
Standart- xujjat, nafaqat ishlab chiqarilayotgan maxsulot uchungina emas
(oziq-ovqat, andozalar, ko`rgazma maxsulotlar va b.), balki tashkiliy- uslubiy
umumtexnika obyektlariga tegishli qilib insoniyat xayot faoliyatining barcha
jabxalarini o`z ichiga oladigan qilib ishlab chiqiladi.
Standart — bu aniq maqsadga erishishning yagona yo`li bo`lib, maxsulot
sifatini va uning ishlab chiqarish samaradorligi, o`zaro almashinishi tadbik etilishini
kafolati xisoblanadi xamda toifalarga va turlarga bo`linadi.
Shu jumladan O`zbekiston Respublikasi standarti tushunchasi mavjud bo`lib
— bu, Respublikadagi standartlashtirishga oid davlat yoki nodavlat tashkiloti
tomonidan uning vakolatidan kelib chiqib tasdiqlangan standartdir.
Sifat deganda biz odatda maxsulotning tashqi ko`rinishi, chiroyi, texnik
xarakteristikasi, estetik xolati va shunga o`xshash narsalarni tushunamiz.
Xalqaro ISO standartlari bu tushunchaga aniqlik kiritish uchun quyidagicha
taʼkidlaydi: "Obyektning belgilangan va kutilayotgan talablarini qondirishga
qaratilgan xarakteristikalar majmui". Demak biz belgilangan va kutilayotgan
talablarni qondirish qobiliyatiga ega bo`ladigan maxsulot ishlab chiqarishga aloxida
eʼtibor berishimiz kerak ekan.
Isteʼmolchining talablarini to`la-to`kis qondirish, xalqaro bozor raqobotlariga
dosh bera oladigan, xalqaro standartlar tizimiga muvofiq maxsulot ishlab chiqish,
uni joriy qilish xar bir korxona uchun ayni vaqtdagi iqtisodiy qiyinchilik davrida
korxonaning asosiy rivojlanish tomonlaridan biri bo`ladi.
Maxsulot sifatini oshirish, sifat tizimini xayotga tadbik qilish va uni
umumjaxon miqiyosida tan olingan tashkilot tomonidan sertifikatlashtirish bozor
iqtisodiyoti sharoiti faoliyat ko`rsatayotgan barcha korxonalar qatori bizning
korxonalarimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri.
Sifat tizimi - bu sifatni boshqarish uchun zarur bo`lgan tashkiliy struktura,
faoliyatni amalga oshirish usullari, jarayon va resurslar majmuidir. Demak sifat
tizimi bu maʼlum bir maxsulot yoki xizmat turining sifatini taʼminlash va unga
kafolat beruvchi bir mexanizm ekan.
ISO xalqaro standartlari yuqorida aytib o`tilgan barcha talablarga javob
beruvchi sifat tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Ushbu standartlar asosida sifat
tizimini yaratish nafaqat maxsulot sifatini taʼminlash, boshqaruv faoliyatini
yengillashtirish balki kompaniyada ichki ijtimoiy iqlimni yaratish yaʼni xar bir
ishchi egallab turgan vazifasidan qaʼtiy nazar o`zini, sifat tizimini ishtirokchisi deb
bilishi, mexnat natijalarini kun sayin oshirib borish va bugun kechagidan yaxshiroq
ishlashga xarakat qilish demakdir.
To`g`riroq qilib aytganda gap bu yerda yangi, zamonaviy ishlab chiqarish
madaniyatini tashkil etish va yangi ishlab chiqarish aloqalarini o`rnatish xaqida
bormoqda. Sifat tizimi boshqa tizimlardan farqli o`laroq korxona faoliyatida ishtirok
etayotgan barcha bo`limlarni barcha ishchi-xodimlarni sifatni taʼminlash jarayonida
bevosita ishtirok etishini talab kiladi.
Sifatni taʼminlash deganda biz faqat maxsulot sifatini taʼminlash, sifatsiz
maxsulot ishlab chiqarishni bartaraf qilishgina emas, balki ishlab chiqarishgacha va
ishlab chiqarishdan keyin amalga oshiriladigan barcha jarayonlarini, faoliyatlarni
sifatini kerakli darajada taʼminlashni tushunishimiz kerak bo`ladi.
Nazorat savollari.
1.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari nima?
2.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari nima?
3.
Standartlashtirishning asosiy tamoyillarini aytib bering?
4.
Standartlashtirish obyekti bo`lgan inson faoliyati soxasiga nimalar kiradi?
5.
Sifat deganda nimani tushunasiz?
6.
Sifat tizimi deganda nimani tushunasiz?
7.
Sifatni taʼminlash deganda nimani tushunsiz?