2-mavzu. Sotsiologiya strukturasi



Download 48,76 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi48,76 Kb.
#561587
1   2
Bog'liq
Sotsiologiya strukturasi

Umumiy sotsiologiya
Mehnat sotsiologiyasi
Ta’lim sotsiologiyasi
Maxsus sotsiologik nazariyalar
Tibbiyot' sotsiologiyasi
Iqtisodiy sotsiologiya
Siyosiy sotsiologiya
Amaliy sotsiologiya - sotsiologik tadqiqotlaring metodikalari va texnologiyalari
Madaniyat sotsiologiyasi
Harbiy sotsiologiya
Umumiy mehnat sotsiologiyasi (ijtimoiy mehnat taqsimoti masalalarini o‘rganadi)
Mehnat sotsiologiyasining maxsus nazariyalari
Amaliy mehnat sotsiologiyasi - aniq sotsiologik tadqiqotlar metodikasi va texnologiyasi (masalan, muhandislik mehnatini sotsiologik tadqiqot qilish metodikasi va texnologiyasi)
ommaviy kommunikatsiya — OAV va kino — ularing madaniyatni shakllanishiga ta’siri; aholining jug‘rofiy kengliklarda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi va ularing boshqa birlik hamda madaniyatga o‘ta boshlashi, bir sotsial qatlardan ikkinchisiga o'tish jarayonlari va boshq). Sotsiologiyaning ilmiy bilish tizimi sotsial voqeliklari tadqiq etishning turii darajalari va turlarini ifodalovchi murakkab strukturaga egadir. Sotsiologik bilimlaring uchta darajasi bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
- umumiy sotsiologik nazariyalar;
- maxsus sotsiologik nazariyalar yoki o‘rta darajadagi nazariyalar;
- aniq sotsiologik tadqiqotlar.
Shuningdek, ijtimoiy hayotni o‘iganishning nazariy va amaliy darajalari ham mavjuddir.
2.2. Makrosotsiologiya, mikrosotsiologiya va umumiy sotsiologiya
XX asr oxiri - XXI asr boshlariga kelib sotsiologiyaning turli tarkibiy qismlarini o‘z ichiga olgan faoliyati sohasi turli ichki taqsimlanishlaiga ajialdi va u o'zida murakkab jarayonlari ifoda eta boshladi. Sotsiologiyaning strukturasi, ya’ni-uning tarkibiy qismlarining birikuvi va o'zaro bog'lanishi nisbatlari o'zaro taqsimlanishning uchta shakli bilan ifodatlanadi:
l)predmet mezonlari bo'yicha (predmetga oid taqsimlanish — differentsiallashuv);
2)bilish usuli mezonlari bo'yicha (metodologik taqsimlanish);
3)maqsadlar va tadqiqotlar natijalaridan foydalanish mezonlari bo'yicha (pragmatik taqsimlanish).
Predmetga oid taqsimlanish, birinchidan, ontologik mo'ljalni aniqlashning turli-tumanligi bilan izohlanadi. Ontologiya tushunchasi, Ontologiya - [yunon. ontos turmush + logos ta'limot, so‘z] - sotsiologiyada turmush mohiyatini va hodisalarni (gnoseologiyaga qarama qarshi o'laroq) faqat dalillar orqali idrok qilish tushuniladi; falsafada turmushni uning qismlaridan mustaqil ravishda anglash; turmushni (borliqni) umumiy ravishda aniqlashning tajribaga asoslanmagan mavhum tizimi. voqelik haqiqatan va chindan ham mayjudlikka ega bo‘lgan borliqqa oidligi haqidagi falsafiy ta’limotga nisbatan.ishlatiladi. Sotsiologiyada sotsial borliqni aniqlashga doir ikkita yondashuv shakllandi: haligi, qandaydir narsa «haqiqatda» mavjud, shuning uchun ham u sotsiologiya predmeti hisoblanadi. Ulaiga yondashuvlardagi farqlanishlar «sotsiologik realizm» va «sotsiologik nominalizm» yondashuvlarida o‘z ifodasini topdi.
Birinchi yondashuv jamiyat, sotsial strukturalar, sotsial institutlar, sotsial guruhlar kabi hodisalar, jarayonlar alohida olingan odamlar xatti-harakatlari, ularing tavsiflaridan va mavhumlashgan individualliklaridanda yuqori va muhim bo'lgan voqeliklarni hosil qiladi, degan qarashlari ilgari suradi. Bu yondashuv «odamlar o‘tib ketadi, jamiyat esa qoladi», degan oddiy mulohazadan kelib chiqdi. Boshqacha aytganda, individlar avloddan avlodga o‘tib yashaydi, tug'iladi, vafot etadi, sotsial strukturalar — me’yorlar, o‘zaro ta’sirnamunalari, guruhlarga bo'linish, maqomlarga ajralish — uncha o‘zgarmagan va takrorlangan holda davom etadi. Lekin, bir avlod hayoti davomida ham sotsial strukturalar islohotlar natijasi o‘laroq yoki inqiloblar oqibatida tub o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Shu tariqa, sotsial strukturalarning yashash va rivojlanish mantig‘i individning mavjudlik mantig‘idan yuqori turadi. Ustiga-ustak «sotsiologik realizm» tarafdorlari tasawurida individlar xatti-harakati mantig‘i determinantlashadi. Boshqacha aytganda, sotsial strukturalarning yashash va rivojlanish mantig'i oldindan belgilab qo'yiladi. Shuning uchun ham sotsial hodisalari tadqiq etish — bu hodisalari o‘rganishning keng miqyosli turi va individuallikdan yuqorida bo'lgan makrosotsial tadqiqotdir. Unga jamiyatning tuzilishi, uning qismlarini o‘zaro ta’siri (masalan, siyosiy va iqtisodiy institutlar), sotsial evolyutsiya (masalan, individlaring sotsial maqomini ariiqlashda bir necha o‘n yilliklarda, hattoki, yuz yilliklarda oila rolining o‘zgarib- borishi), jamoatchilik fikri strukturasi (masalan, turli siyosiy partiyalari qo‘llab-quwatlayotgan saylovchilar u yoki bu partiyalarga nisbatan xayrixohligi hissasining o‘zaro nisbatlari) kabilari keltirish mumkin.
Makrosotsiologiya — bu individuallikdan yuqorida tuigan strukturalaiga nisbatan qaratilgan va amalda ontologik mo'ljal olishga asoslangan tadqiqotlar yig'indisidir (jamlanmasidir). Ikkinchi yondashuv — «sotsiologik nominalizm» tarafdorlari jamiyat, sotsial strukturalar, sotsial tizimlar kabi kategoriyalar faqat individlaring xatti-harakati yig'indisini o‘ng‘ay tarzda “ Determinizm - [lot. determinare aniqlaroq] - fan qonunlarida tasvirlangan tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarni sababli ravishda o'zaro bog'langanligini va ob’ektiv qonuniyatlari e’tirof etishga doir falsafiy tushuncha. ifodalaydigan nomlardan iborat bo‘lgan atamalardan boshqa narsa emas, degan iddaoni ilgari surdi. Sotsial hodisalarni «nominalizm» nuqtai nazaridan talqin qiluvchilar ochiq-oydin ko'rinib turgan dalillar — ya’ni, amalda hech qanday struktura va tizimlar ko'zga ko'rinmaydi, shuning uchun ham ulari kuzatish mumkin emas, degan da’vo bilan chiqdi. Kuzatish mumkin bo‘lgan narsalar — bu individlar va ularing xatti- - harakatlaridir. Ko'plab individlaring harakati odamlar tasawurida go‘yoki individuallikdan yuqorida turgan strukturalar bo‘lib tuyuladigan barqaror, _ takrorlanib turuvchi sxemalar (tarxlar) va namunalari yaratadi. Lekin, bu strukturalaring mavjudligi va tabiati odamlarning o‘z xatti-harakatlariga beradigan m a’no-mazmundan kelib chiqib belgilagan tasawurlaridan iboratdir. Shuning uchun ham sotsial hodisalarni tadqiq etish — odamlar kundalik hayoti shart-sharoitlarida ro‘y beradigan individlararo o‘zaro ta’sirlari (ya’ni, mikro voqealari) tadqiq etish demakdir. Shu kabi holatlarga kichik guruhlar ichidagi xulqlari keltirish mumkin. Masalan, oilada individlaring o‘z sotsial maqomini va rollarini bajarishining anglashi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar shunday vaziyatni yaratadiki, unda individlar sotsiallashadi, ya’ni ular qadriyatlari va sotsial me’yoriami o‘zlashtiradi. Mikrosotsiologiya — individlaring o‘zaro xatti-harakatilariga qaratilgan va «nominalistik» ontologik mo‘ljal olishga asoslangani tadqiqotlar jamlanmasidir. Agar sotsiologiya rivojlanishining oldingi davrlarida «realizm» va «nominalizm» o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar ularing ilmiy nuqtai nazariari o'rtasida katta chegaralari vujudga keltiigan bo‘lsa, hoziigi davrga kelib makrosotsiologiya va mikrosotsiologiyaga bo'linish tadqiqot ishlarida sotsial hodisalarni har tomonlara va chuqur o'rganishga doir ixtisoslashuvni anglata boshladi. • Sotsiologiyani makrosotsiologiya va mikrosotsiologiyalarga bo'linishidan tashqari predmetning umumiyligidan kelib chiqib, fan ichida yana bir o‘zaro taqsimlanish amalga oshirildi. Sotsiologiya fani umumiy sotsiolgiya va sotsiologik bilimlaring xususiy tarmoqlariga ajratildi. Umumiy sotsiologiya — bu sotsiologik bilimlaring konseptual o‘zagidir. Uning predmeti sifatida hodisalar o'zaro sotsial bog‘langanligining universal shakllarini ko‘rsatish mumkin. Umumiy sotsiologiya sotsial hodisalarni va har qanday sotsial jarayonlari tavsiflash va tushuntirishga imkon beradigan konseptual apparatni ishlab chiqishga qaratilgan “ Apparat - [lot. apparatus] - sotsial fanlarda boshqaruv yoki xo‘jalik sohasida xizmat ko'rsatuvchi muassasalar yig'indisi ma’nosini anglatadi (masalan, davlat apparati, sud apparati va hokazo). Mazkur sahifada konseptuallik tushunchalari va sharhlari tizimi ma’nosida berilmoqda. tadqiqotlar yig‘indisidir. Umumiy sotsiologiya predmetining mohiyati jamiyat, sotsial struktura, sotsial stratffikatsiya, sotsial harakat, sotsial institut, roUar va maqomlar, guruhlar, ixtiloflar, o'zgaoshlar, sotsiallashuv kabi sotsiologik kategoriyalari o'zida ifodalaydi. Bu kategoriyalar odamlarning hayotiy faoliyatlari jarayonlari — iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, ta’lim, diniy, oilaviy aloqalar va turli hodisalaring umumiy xususiyatlari va xossalarini qayd etadi, ularni ilmiy tadqiqotlaiga olib kiradi. Masalan, mehnat jamoasi va oila sotsial guruhlaring turli xfflariga mansubdir, kasbiy, diniy yoki etnik birliklar bo'yicha bo'linish sotsial strukturaning turli xillaridan bin hisoblanadi.
2.3. Sotsiologiyaning alohida tarmoqlari
Sotsiologiyaning alohida tarmoqlari maxsus tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyati keltirib chiqaradigan sotsial hodisalaring umumiy qatoridari alohida predmet sifatida ajralib chiqqan qandaydir hodisalar va jarayonlar asosida rivojlandi. Sotsiologiyaning alohida tarmoqlari doirasidagi tadqiqotlar mazkur tarmoqlar predmetining umumsotsiologik konseptual vositalari — «jamiyat», «sotsial harakat», «sotsial struktura», «sotsial institut», «sotsial maqom», «sotsial guruh» va boshqa tushunchalarni qo'llash va ularga moslashish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faqat sotsiologiyaning ma’lum bir tarmoq doirasida muhim ahamiyat kasb etadigan o'ziga xos alohida hodisalar va jarayonlari tavsiflash va tushuntirish vazifalarini bajarish natijasidagina umumsotsiologik yondashuvlar asosida o'rganilayotgan predmetning mohiyatini aniqlaydigan va afzalroq ravishda ochib beradigan maxsus konseptual vositalari ishlab chiqish mumkin bo'ladi. Jumladan, iqtisodiy sotsiologiya iqtisodiy hodisalar va jarayonlaiga nisbatan sotsial bog'liqlik kasb etadi. Bu bog'liqlik sotsiologlar tomonidan quyidagilari tadqiq etishi natijasi o'laroq o‘z isbotini topadi: jamiyatning rivojlanishi va tuzilishida iqtisodiyotning roli, jamiyat tuzilishining iqtisodiy sohasidagi sotsial institutlar (ya’ni, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari rioya qilayotgan sotsial me’yorlar majmualari), iqtisodiy hayotda ishtirok etish shakllari va maqomiy kategoriyaga mansublik o'rtasidagi o'zaro aloqalar, xo‘jalik faoliyatijarayonida sotsial guruhlaring shakllanishi, individlar xulqi va ularing guruhlarga mansubligining turli jarayonlarga ta’siri va hokazo. Iqtisodiy sotsiologiya doirasidagi tadqiqotlaring o'ziga xos xususiyatini sotsial-iqtisodiy tizim, norasmiy iqtisodiyot, iste’mol xulqi, bandlik. shakllari, tadbirkoriik, kasbiy guruhlar, mehnat munosabatlari, xo'jalik etikasi kabi kategoriyalar ham ifodalaydi
Sotsiologiyaning yana bir tarmog'i — siyosiy sotsiologiya predmeti siyosiy hodisalar va jarayonlaring o‘zaro bog‘liqligini tadqiq etadi. Bu bog‘liqlar jamiyat rivojlanishi va tuzilishida davlat va siyosiy tashkilotlarning roli, jamiyat tuzilishining siyosiy jarayonlarga ta’siri, siyosat sohasidagi sotsial institutlaring (ya’ni, siyosiy faoliyat ishtirokchilari rioya qiladigan sotsial me’yorlar majmualarini) amal qilishi, siyosiy hayotda ishtirok etish shakllari va maqomiy kategoriyaga mansublik o'rtasidagi o‘zaro aloqalar, siyosiy faoliyat jarayonida sotsial guruhlaring shakllanishi, individlar xulqi va ularing guruhlaiga mansubligining jarayonlarga ta’siri kabi sotsM' munosabatlari tadqiq etish natijasida aniqlanadi. Siyosiy sotsiologiya predmetining o'ziga xos xususiyatini sotsial-siyosiy tizim, elektoral xulq, siyosiy harakatchanlik, siyosiy ishtirok, siyosiy elita, turli ta’sir etish guruhlari (lobbilar) kabi kategoriyalar ifodalaydi. Sotsiologiyaning boshqa tarmoqlati — madaniyat, oila, fan, din sotsiologiyasi va etnosotsiologiya kabilar jamiyatning u yoki bu sohalarini tadqiq etishda muhim rol o‘ynaydi. Madaniyat sotsiobgiyasi madaniy hodisalar — qadriyatli yo‘nalganlik, urf-odatlar, intellektual va badiiy faoliyat, shuningdek, madaniyat bilan sotsial jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalari tadqiq etadi va o‘fganadi. Madaniyat sotsiologiyasining o'ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Ular turli xalqlaring madaniyatlaridagi umumiylik va o'ziga xosliklari o'rganadi. Madaniyat sotsiologiyasining kategoriyalari sotsiomadaniy tizimlar, qadriyatlar, madaniy pattemlar, submadaniyatlar, madaniy gibridlar63 kabilardan iboratdir. Oila sotsiologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, va oilaviy hayot shakllarining o‘zaro bir-birlariga bog‘lik aloqalaiini oila irtstitutlari, reproduktiv xulq, gender rollari, oilaning shakllari, oila hayotining sildlari kabi kategoriyalar ifodalaydi. Fan sotsiologiyasining predmeti — bu fan sohasidagi institutlar — ilmiy hamjamiyat, fan taraqqiyoti, fen muassasalari kabilardir. Din sotsiologiyasining predmeti — diniy institutlar, cherkov, masjid, ibodatxonalar, dunyoviylashish, fundamentalizm kabilar, etnosotsiologiya (etnik sotsiologiya) predmeti — jamiyatning etnik strukturasi, etnik stereotiplar, etnik aynanlashish, enosotsial ixtiloflar kabilardir.
Shuningdek, hozirgi davrga kelib yoshlar, ta ’lim, harbiy, san’at, sport, turizm sotsiologiyalari kabilar sotsiologiya fanining alohida tarmoqlari sifatida shakllandi. Nazariy sotsiologiya — bu asosiy mazmiini konseptual modellar tuzishga oid tadqiqotlar yig‘indisi, ya’ni, sotsial hodisalari tushuntiruvchi va tavsiflovchi, mantiqan o‘zaro bog‘lanib, o‘z isbotini topgan dalillar tizimidir. Nazariy tadqiqotlaring o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular tadqiqotlar jarayonida bevosita obyektlaiga murojaat qilmaydi. Empirik sotsiologiya esa asosiy mazmuni obyektga doir daliUy ma’lumotlari yig‘ish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan tadqiqotlar yig‘inidisidan iboratdir. Sotsiologiyada daliliy ma’lumotlar — bu har qanday axborot yoki xabarlardan iborat bo‘lmagan, balki faqat maxsus ilmiy izchiflik asosida o‘rnatilgan metodlari (usullari) qo‘llash natijasida olinadigan ma’lumotlardir. Bu kabi metodlarga quyidagilar kiradi:
-tadqiqot obyektini tashkil etish — eksperimental tadqiqot, tanlab olib tadqiq etish, panelli (obyektning boshqa unsurlari va ular qo‘shiladigan asosiy qismiga bo'lib o'iganish) tadqiqot, alohida holatlardagi tadqiqot (case study);
-ma’lumotlar toplash metodi — so‘rov (anketalar to'ldirish, intervyu), kuzatish, hiqjatlari tahlil etish (matnli, vizual, ovoz vositasida);
-ma’lumotlarga ishlov berish va ulari tahlil etish, — statistik (miqdoriy) tahlil, maritiqiy-ma’noli tahlil, qiyosiy-tarixiy tahlil.
Ko‘rinib turibdiki, sotsiologik dalillar — bu o‘z-o‘zidan o'iganiladigan voqelik emas, balki o‘rganiladigan voqelik haqida ilmiy ahamiyat kasb etadigan alohida taizjia yaratilgan ilmiy materiallardir. Sotsiologiya uch darajadagi daliliy ma’lumotlar asosida tadqiqot olib boradi:
1) xususiy empirik dalillar — tadqiqotning ayrim vaziyatlarini tasniflovchi ma’lumotlar yig'indisi (anketa yoki intervyu savol-javoblarining mazmuni, tadqiqotchining kundaligiyoki kuzatuv bayonnomasi mazmuni va hokazo);
2) tahliliy (yig'ma va statistik) dalillar — empirik dalillari agregatsiyalash va guruhlash natijalariga doir ma’lumotlar (jadvallar, foizli taqsimlashlar, diagrammalar va boshq.);
Keys-stadi - [ingl. case study aniq o'quv vaziyatini tahlil qilish] - quyidagi sohalarda malakani takomillashtirish va tajriba orttirish uchun mo'ljallangan metod: muammoni aniqlash, tanlash va hal etish; axborotlar bilan ishlash — tasvirlangan vaziyatda barcha tafsilotlarni (mayda-chuydalari) anglab etish; axborotlar va dalillari tahlil qilish va ulari bir-birlariga o'zaro bog1 lash; farazlar va natyalar bilan ishlash} muqobilliklari baholash; qarorlar qabul qilish; boshqa odamlarni tinglash va tushunish — guruhiy ravishda ishlash ko‘nikmalarini orttirish.
3) empirik umumlashmalar — sotsiologik tushunchalar yordamida ifodalanadigan empirik va tahliliy o‘zaro barqaror aloqalaiga (tamoyillarga,. qonuniyatlaiga va boshq.) doir xulosalar. Emirik rnnumlashmalar empirik sotsiologiyaga doir tadqiqot ishlarining oliy darajasi hisoblanishidan tashqari u bir vaqtning o‘zida nazariy sotsiologiyadagi tadqiqot ishi shakli hisoblanadi. Empirik umumlashma — bu empirik ma’lumotlari konsepsiyalashtirish demakdir. Nazariy tushunchalar (konseptlar) to‘plangan ilmiy bilimlaring umum..... ahamiyat kasb etgan ifodasi va yig‘iq shakli sifatida xizmat qiladL Ilrmy tushunehalari kiritish yo‘li bilan tizimlashtirish va ular o'rtasida mantiqiy aloqalari o‘matish nazariylashtirishning mohiyatini tashkil etadi. Sotsiologiyada nazariylashtirishning uchta asosiy shaklini bir-biridan ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) empirik umumlashmalar — sotsial hodisalar va jarayonlarda kuzatiladigan tamoyillar va doimiyliklari qayd etish;
2) tipologizatsiyalash (turkumlashtirish) — borliqda ko‘zga ko'rinmagan holda mavjud bo‘lgan, lekin a’lo darajada model bo'lib xizmat qiladigan, tadqiqotchi tomonidan kuzatilayotgan hodisa va jarayonlaring nisbatini namoyon qiladigan sotsial hodisa va jarayonlari mantiqiy imkoniyatlar darajasida turlaiga ajratish demakdir (masalan, maktablarda o'qituvchilar va ma’muriyat xatti-harakatlarini qadriyatga oid yo‘nalganlik modeii sifatida individi&lizm va jamoaehilikning namoyon bo‘lishi sifatida ko‘rsatish mumkin);
3) konseptual sxemani (tarxni) tuzish — sotsial hodisalar va jarayonlar o'rtasida o‘zgaruvchan tushunchalar qiyofasida gavdalangan kauzal va funksional bog'liqliklari o'matish. Sotsiologiyada nazariy bilimlaring umumiylik me’yori bo‘yicha uchta darajasini bir-biridan ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) tushuntirish, muayyan vaqtda va muayyan joyda kuzatilayotgan ayrim hodisaning nazariyasi sifatida yaratilgan konseptual model;
2) o‘rta darajadagi nazariya, ya’ni sotsial hodisalaring m a’lum turkumi yoki ba’zi qatorlari tushuniladigan va tavsiflanadigan xususiy (yoki maxsus) nazariya;
3) umumsotsiologik nazariya, ya’ni uning yordamida har qanday sotsial hodisalar va jarayonlari tushuntirish va tavsiflashning imkoniga ega bo'lgan universal nazariya.
Hozirgi davrda sotsiologiya fani. sohasida nazariy va empirik tadqiqotlar olib borish faoliyati o'zaro almashuv aloqalari bilan bog'lanib borayotganligini kuzatish mumkin: nazariyalar empirik ma’lumotlari to‘plash jarayoniga yo'naltirilgan tadqiqotlaiga yondashuvi va faiazining (gipotezasi) manbai sifatida xizmat qilsa, empirik umumlashmalar konseptual modellar tuzish uchun material sifatida xizmat qiladi. Sotsiologik tadqiqotlarda empirik ma’lumotlari yig‘ish va nazariyalar deduksiya vositasidagi tadqiqot ishlari yordamida umUmiy jarayon bilan bog'lanadi — «umtimiylik»dan (nazariy holatdan) «xususiy»ga (dalillari tekshirishga yo'l qo‘yadigan farazlarga) olib chiqiladi.
Induksiya vositasida olingan empirik ma’lumotlar va sotsiologik nazariyalar o‘zaro bog'lanadi — «xususiy»dan (alohida dalillardan) «umumiylik»ka (konseptual modellar tuzishga imkoniyat yamtuvchi umumlashtirishlarga) olib kelinadi.
Empirik sotsiologiyaning mazmunini hodisalaring o'zaro bir-biriga bog'langanligi tashkil etadi, shuningdek uning rivojlanish asosini belgilab beradi.
Nazariy sotsiologiyaning mazmunini hodisalaring sotsial jihatlardan o'zaro bog'langanligi, fanni yanada rivojlantirish yo'nalishi va uning erishgan darajasi belgilab beradi.
Sotsiologiya fani ichidagi o'zaro foydali natijalar berishga asoslangan taqsimJanish, ya’ni, tadqiqotlar natijalaridan foydalanish va maqsadlar mezoni bo'yicha bo'linish oqibatida akademik va amaliy sotsiologiyalar shakllandi.
Akademik sotsiologiya — bu fundamental (asosiy) ilmiy bilimlari olish maqsadida amalga oshiriladigan tadqiqotlar yig'indisidir. Akademik sotsiologiya doirasidagi tadqiqotlaring asosiy natijalari — bu sotsiologiyani fan sifatida rivojlantirish, ya’ni yangi nazariyalari yaratish, yangi empirik umumlashmalar olish, yangi metodlar va yo'llari ishlab chiqish va ulari sinovlardan o'tkazish demakdir. Fundamental tadqiqotlar asosan ilmiy-tekshirish institutlari va universitetlarda amalga oshiriladi. Bunda sotsiologiya jiddiy ilmiy bilimlar, mustaqil ilmiy va o'quv fani sifatida rivojlanadi.
Amaliy sotsiologiya — bu amaliy va foydali bilimlar olish maqsadidagi tadqiqotlar yig'indisidir. Amaliy sotsiologiyaning asosiy natijasi — bu ilmiy vositalar (nazariy modellar va empirik metodlar) yordamida aniq muammolarning yechimlarini topish demakdir. Amaliy ahamiyat kasb
Deduksiya - [ingl. deduction ayrish, chiqarib tashlash, chegirib qolish, ushlab qolish] - umumiylikdan xususiylikka, umumiy muhokamadan xususiy yoki boshqa umumiy xulosalarga o ‘tishga doir mantiqiy va muayyan bir fikrga kelish.
“ Induksiya - [ingl. inductip] - qator empirik kuzatuvlarda asoslangan ikki yoki undan ko'proq o'zgarib turadigan obyektlar o'rtasida muntazam aloqalari ko‘zlagan umumiy fikr yoki jarayon. Induktiv dalillar qator ma’lum holatlari umumlashtirishga xizmat qiladi.
etadigan tadqiqotlar asosan ixtisoslashgan, ko‘pincha tijorat asosida faoliyat yurituvchi, buyurtmalar asosida tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Hozirgi davrga kelib amaliy sotsiologik tadqiqotlar marketing, menejment, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) kabi sohalar faoliyatiga tezlik bilan kirib kelmoqda. Albatta, sotsiologiyaning hozrigi davrdagi strukturasi — bu o‘zida shartli taqsimlanishlar va bo'linishlar bo‘lishini taqozo etadi. Aslida, ularing hammasi bir butun sotsiologiya fani miqyosida umumiylik kasb'*? etadi. Sotsiologiya strukturasining hozirgi modeli fan ichida bir-biridan ajraiishga moyfflikni o'matish uchun emas, balki sotsiologiya fanining tadqiqot olib borish faoliyatini turU ko'rinishlari va jihatlaririi tizimlashtirishga imkon berishi uchun shakllandi.
2.4.Sotsiologiyaning funksiyalari
Barcha fanlar kabi sotsiologiya fanining ham o‘ziga xos funksiyalari mavjuddir. Bu funksiyalar asosan beshta guruhga bo'linadi: bilishga, qayta o'zgartiruvchilikka, prognozga (bashoratga), axborotga, dunyoqarashga va boshqaruvga oid funksiyalar. Bu bo‘linish asosida bir tomondan, sotsiologiyaning jamiyat tizimiga doir va sotsial fanlar yo'nalishlariga taqsimlanishi va xilma-xilligining obyektiv zarurat ekanligi, ikkinchi tomondan, sotsiologik mehnatning mazmuni va o‘ziga xosligiga muvofiq ravishda sotsiologik faoliyatning turli shakllarda namoyon bo'lishi yotadi.
Bilish funksiyasi. Sotsiologiya fani sotsial borliqqa nisbatan atroflicha va har tomonlara nuqtai nazar bilan qaraydi. Bir tomondan, nimani saqlash va mustahkamlash lozimligini e’tiborga oladi, ikkinchi tomondan, qanday keskin o‘zgarishlaiga talablar borligini aniqlaydi. Bu fimksiyani amalga oshirish asnosida asta-sekinlik bilan sotsiologik bilimlar to‘planadi, ular tizimlashadi, jamiyat amaliy hayotidagi haqiqiylik tekshiriladi. Bu funksiyaning unsurlaridan biri — tasniflash funksiyasi — tizimlashtirish, tahliliy materiallar ko‘rinishidagi tadqiqotlari, ilmiy hisobotlari, maqolalar va kitoblari tasniflash kabilardir. Mazkur materiallar sotsiologiyaga nafaqat sotsial borliqni bilishga, balki bu.yo‘lni davomi sifatida tuzatishlar ’ va o‘zgartishlar kiritish imkoniyatlarini beradi. Chunki, odamlarning o‘zi jamiyatning yaratuvchilari hisoblanadi, bu borada kelajak avlodlar oldidagi ma’sullikni chuqur his etadi. Zero, jamiyatni o‘zgartirish farovonlikni oshirish maqsadini ko'zlaydi. Bilish funksiyasi o'zining davomini bashorat qilish va qayta o'zgartiruvchilik funksiyasida topadi. Har qanday fanlarda bo‘lganidek sotsiologik faohyat ham bilishdan boshlanadi. Sotsiologiyaning bilish funksiyasi tavsiflash, o‘iganish, tushuntirish, tahlil, sotsial dalillaring bir yoki bir qancha guruhlari sifatida paydo bo'ladigan sotsial voqelikka tashxis qo'yish kabilar vositasida amalga oshiriladi. Bilish funksiyasini amalga oshirishning borishida sotsiologiyaning vazifasi ma’lum tamoyillar shaklida namoyon bo‘ladigan o‘zaro bog‘- liqlari aniqlashdan iboratdir. Shuning uchun bilish funksiyasi guruhlari tavsiflash, tushuntirish va tashhis qo‘yish vositasida aniqlashtirish mantiqan fanning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Sotsial dalillar va jarayonlari tavsiflash har qanday tadqiqotning boshlanish bosqichi hisoblanadi. Bu degani keyinchalik o'rganiladigan va tahlil etiladigan sotsial materiallari topish va qayd etish demakdir. Tavsiflashdan keyin belgilangan sotsial dalillari va ular o'rtasidagi aloqalari tushuntirishga zarurat paydo bo'ladi. Tashhis qo yishfunksiyasi tavsiflash va tushuntirishning tabiiy ravishda davom etishi bo‘lib, uning maqsadi tadqiq etish talab etayotgan aniq sotsial muammolari ularing amaliy ahamiyati va dolzaibligidan kelib chiqib aniqlash, ularing belgilari va xususiyatlarini ochish, shuningdek hal etishga muhtojlik sezayotgan sotsial ziddiyatlari topishdan iboratdir. Sotsiologiyaning bilish funksiyasi sotsial voqelikni ham nazariy, ham empirik tahlil etish bilan bir-biriga bog‘lanib ketadi. Bu funksiyalari amalga oshish jarayonida tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, ziddiyatlari, asosiy tushunchalari, ishchi farazi (gipotezasi), ko‘zda tutilgan natijalar, muammolari o'rganish vositalari va metodlarini aniqlash, olingan axborotlari qayta ishlab chiqish va tahlil qilish kabilari o‘z ichiga olgan dastur ishlab chiqiladi.
Qayta о‘zgartiruvchilik funksiyasi — sotsiologik tadqiqotlar xulosalari, , tavsiyalari, takliflari, sotsial subyektga doir baholashlari m a’lum qarorlar qabal qilishni taqozo etadi. Albatta, bu qarorlaring aksariyat qismi jamiyatning u yoki bu jihatlarini o‘zgartirishga qaratilgan bo'ladi. Masalan, sotsial siyosatga doir qarorlar qabul qilishda, albatta, sotsiologik tadqiqotlar natijalariga tayaniladi. Yoki, turli referendumlar va boshqa yirik o‘zgarishlari amalga oshirish bilari bog'lik qarorlar saylovchilaring irodasi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ham sotsiologik tadqiqotlar asosiy rollardan birini o'ynaydi. Prognoz (bashorat) qilish funksiyasi.
Prognoz funksiyasi sotsial loyihalash, faraziy tuzilmalashtirish (konstruksiyalash) va rejalashtirish vositasida o‘zini namoyon qiladi. Har qanday holatda ham bu uchchala funksiya mushtarak tarzda qo'llanilishi lozim. Sotsial loyihalash funksiyasi sotsial jarayonni yoki sotsial tizimni (tizim ostini) ularing o'ziga xos xususiyatlari va o‘lchovlarini e’tiborga olgan holda aniq modelini ishlab chiqishdan iboratdir. Bu sotsial prognoz qiyofasida aniq chegaralar, miqdor va sifatga ega bo‘lgan sotsial loyiha shaklidagi sotsial prognozni tasawur qilishni yo'lga qo‘yish demakdir istiqboldagi jarayonni (tizimni, tizim ostini) sifatli belgi va xususiyatlarihiag tasnifidan boshqa naisa emas. Faraziy tuzilmalash (konstruksiyalash) funksiyasi sotsial loyihalashga qaraganda keng bo‘lgan tadqiqot ishlaiini o‘ziga qamrab oladi. U ma’lum aniq-ravshan o'lchovlar va me’yorlar nisbati berilmagan yangi sotsial obyektni tafakkurlash vositasida qurishni ifodalaydi. Bunda faqat obyektning istiqboldagi qiyofasi tasawur etiladi. Loyihalashga misol tariqasida kompyuter bazasida sotsial obyektlaring turli modellarini (shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish asosida yangi xo‘jalik va sotsial rmxanizmlaring modellarini) tuzishni keltirish mumkin. Umuman olganda, sotsial loyihalash, sotsial rejalashtirish va sotsial tuzilmalashtirish (konstruksiyalash) matemiatika, iqtisodiyot, tizimli tahlil etish kabi sohalar uchun xos bo‘lgan faoliyat bo'lsada, bu jarayonda sotsiologiya fani ham ishtirok etadi. Sotsial rejalashtirish sotsiologik prognozlashning bir turi bo'lib, u o‘zida ijtimoiy hayot, tarmoqlar, mintaqalar, shaharlarning alohida sohalarini rivojlantirishniing majmuaviy dasturini ishlab chiqishni ifodalaydi.
Axborot funksiyasi ilmiy tadqiqotlar jarayonida axborotlari yig‘ish, tizimlashtirish va bir joyga axborotlar banki sifatida to'plash kabilarda o‘z ifodasini topadi. Sotsiologik axborotlar sotsial axborotlaring eng tezkor turi hisoblanadi. Ular qandaydir darajada jamiyatda muvofiqlashtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik kabi me’yorlashtirish funksiyalarini bajarishini e’tiboiga olsak, sotsiologik axborotlaring butun bir xalq boyligi ekanligiga amin bo'lariz. Sotsiologiyaning dunyoqarashga oid funksiyasi — inson sotsial voqelikni anglash jarayonida o‘zini o'rab turgan olarning bir qismini o‘z dunyoqarashiga singdiradi, shu asnoda u butun bir olar to‘g‘risida tasawur qila olishga imkon topadi. Ana shu jarayonda dunyoqarashga oid funksiya amalga oshadi. Bu dunyoqarashga oid funksiya hozirgi davr kishisini ishontirishga qobil bo‘lgan — haqiqiy sotsiologik tadqiqot jarayonida ilmiy sinovlardan o‘tgan sotsiologik bilimlar, ma’lumotlar, dalillardan foydalanishda o‘z ifodasini topadi.
Boshqaruv funksiyasi. Sotsiologiya boshqaruvni takomillashtirish vositasi sifatida rivojlanib bormoqda. Hoziigi davrga kelib sotsiologik xulosalar, tavsiyalar, taklfflar, sotsial obyektning holatiga doir baholashlar, sotsiologik texnologiyalar kabilar boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va qabul qilish uchun asos bo'lmoqda. Ayniqsa, jamiyat, mintaqa, shahar, korxona, tashkilot va muassasa miqyosida sotsiologik asoslarda qarorlar qabul qilish o'zining dalillanganligi va samaradorligi bilan ajralib tUradi. Boshqaruv ftmksiyasiga sotsiologiyaning tashkiliy-texnologik funksiyasi ham taalluqlidir. Bu funksiya asosida yoki uning yordamida sotsial texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Sotsial texnologiya deganda vaziyatni butunlay 0‘zgartirishga qaratilgan tub o‘zgarishlar faoUyati dasturini amalga oshirish tushuniladi. Shuningdek, boshqaruv ftmksiyasiga nazorat-tahliliy va maslahat berish funksiyalari ham kiradi.
Nazorat-tahliliy funksiya uchun bir tizimdan ikkinchisiga o'tish (transformatsiya jarayoni) natijasi bo'lgan u yoki bu sotsial texnologiyalari, yangi sotsial jarayonlar tahlillarini joriy qiUsh, sotsiologlar takliflari va tavsiyalarini amalga oshixishni nazorat qilish kabilar taalluqlidir. Nazorat-tahliliy funksiya natijasi tufayli sotsiologlar o‘z faoliyatlari samaradorligidan voqif bo'ladi va osz oldilariga yanada takomillashishga doir yangi vazifalar qo'yadi. ‘
Sotsiologiyaning maslahat berish (konsultatsiya) funksiyasi ham boshqaruv fiihksiyasining turlaridan biri bo‘hb, u nazariy, amaliy va m a’rifiy yo'nalishlardan iboratdir. Sotsiologlar odamlarning turli qatlarlariga maslahatlar beradi, ulari o‘z tadqiqotlari va boshqa sohalar materiallari bilan tanishtiradi. Ko'pchilik holatlarda maslahat berish faoliyati ta’lim beruvchilar ishi bilan mustahkam bOg‘lanib ketadi70. Shuningdek, hozirgi davrga kelib har bir korxonada, ta ’lim muassasalarida, nodavlat notijorattashkilotlar faoliyatida, vazirliklar, turli boshqaruv oiganlari, pariament faoliyatida sotsiologik tadqiqotlar vositasida boshqaruv qarorlari qabul qilish an’anaga aylandi. Ayniqsa, saylovlar davrida saylov kampaniyalarining borishini tahlil etish, deputatlikka nomzodlar salohiyatini o‘rganish, siyosiy partiyalaring elektorat oldidagi obro‘si va nufiizini aniqlash, saylovchilar xohish-irodasini shakllantirish kabilari sotsiologik tadqiqotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning ’ uchun ham har bir boshqaruv organi matbuot kotibi xizmati tarkibida sotsiologik tadqiqotlar olib borish guruhlari faoliyat yuritishi odatga aylandi.
Takrorlash uchun savonar:
1. Sotsiologik bilim strukturasi qanday tarkibiy qismlar va unsurlardan iborat? , ____
2. Fundamental sotsiologiya deganda nimani tushunasiz?
3.Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya o'rtasida qanday farqlanishlar mavjud? 4.Umumiy sotsiologiya qanday tavsiflanadi?
5.Nazariy va amaliy sotsiologiyalar o‘zaro aloqalari va farqlanuvchj, xususiyatlari nimalardan iborat?
6.Empirik sotsiologiya deganda nimani tushunasiz?
7.Sotsiologiyaning qanday alohida tarmoqlari mavjud?
8.Sotsiologiya qanday fimksiyalari bajaradi?
9. Sotsiologiyaning bilish funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
lO.Sotsiologiyaning qayta o'zgartiruvchilik va prognoz funksiyalari jamiyat rivojida qanday o‘rin tutadi? Adabiyotlar
1.0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:0‘zbekiston,20l6.
2.0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni .har tomonlara himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni.5.10.2016//Xalq so‘zi,2016,6-okt.
3.0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni// 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plari, 2017-y., 6-son,70-modda.
4.0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.20.04.201//http://www.lex.uz/ Pages/GetAct.aspx?lact_id=3171590.
5.Karimov I.A.Asarlar.1-24 jild.-T.:0‘zbekiston, 1996-2016.
6.Mirziyoyev Sh.M. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqi. 2016-y.,9 sentyabr//http:// parliament .gov. uz/uz/events/chamber/15789.
7.Mirziyoyev Sh.M.Demokratik islohotlari izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish — barqaror taraqqiyot kafo!atidir.//XXI asr,2016,20-oktyabr.
8.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuyor yo‘nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 15.01.2017.-T.:0‘zbekiston,2017. 55
9.Болыиой толковый словарь (ColIins).ToM 2 (П-Я):Пер.с англ.-М.: Веча, ACT, 1999.
Ю.Волков Ю.Г.Социология: Учеб.-Ростов н/Д: Феникс,2009.
П.Масионис Дж.Социология. Пер.с англ.-СПб.:Питер,2004.
12.Gold R.L.Rolesin Sociological Fieldwork/R.L.Gold//Social Forces. -1958.,Vol.36.
13.3иммель Г.Проблемы социологии //Избранное.Т.2.//Созерцание жизни.-М. :Юрист, 1996.
Н.Нурышев Г.Н., Бразевич Д.С. Социология:Учеб. пособие.-СПб.: СПбГУНиПТ,2010.
15.Парсонс Т.Система современных обществ.-М.,1998.
16.Ritzer G.Toward an Integrated Sociological Paradigm.-Boston,1981.
17.Ritzer G.Sociological Theory.-N.Y., 19S8.
18.Сорокин П. АЧеловек.Цивилизация. Общество.-М.,1992.
19. Социология: учебник для студентрв вузов/под.ред. В. К. Батурина. -4-е изд.,и доп.-М.:ЮНИТИ-ДАНА,2012.
20.Социология.Основы общей теории:Учебник для вузов.Отв. ред. Г.В.Осипов,Л.Н. Москвичев.-М.:Норма,2003.
21.Социология.Хрестоматия для вузов/Кравченко А.И.-М.: Академический Проект,2002.
22.Социология:Учеб./ Под ред. Н.Г.Скворцова.-М.:Проспект,2009.
23.Социология//Укув к^/лланма./Убайдуллаева Р.А,Бекмуродов М.Б., Ота-Мирзаев О.Б.ва бошк -Т.:А.К.одирий номидаги халХ мероси нашриёти,2002.
24.Социология.Маърузалар курси./Алик.ориев Н.С.,Бекмуродов М.Б.,Ота-Мирзаев О.Б.ва бошк,.-Т.,2001.
25.Социология//Укув кулланма./Алиев Б.,Рафиков Р.,Муллажонова М.,Районов Б.ва бош^.-Т.:ТДЮИ,2006. 26.Тернер Дж.Структура социологической теории.-М.,1985.
Download 48,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish