P.Sorokinning fikricha,
fundamental sotsiologiya mavjud holat yuzasidan
insonlarning o‘zaro harakatini o‘rganadi. U sotsial borliq borasidagi bilimlarni
shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini tushunish va tushuntirish,
sotsiologiyaning konseptual apparatini ishlab chiqish kabi ilmiy-nazariy vazifalarni
hal etadi. U “nima o‘rganilayapti?” va “qanday o‘rganiladi?” savollariga javob
beradi.
Fundamental sotsiologiya o‘z ichiga sotsiologiya fanining asosini ijodiy izlash
bilan band bo‘lgan ko‘plab sotsial maktablar va yo‘nalishlarni qamrab oladi. U
sotsiologiyaning asosini tashkil etuvchi bilimlarni yaratishda uchta aspektga
tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |