Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o‘rganish predmeti va mazkur
predmet asoslangan ilmiy konsepsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini
belgilab bermoqda
. Shuning asosida sotsiologiya o‘zining
bilim darajasiga ko‘ra,
nazariy va empirik
sotsiologiya; tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga
ko‘ra, fundamental va amaliy sotsiologiya; tadqiqot ob’yekti (butun jamiyat yoki
uning ma'lum qismi)ga ko‘ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi (makrosotsiologiya
va mikrosotsiologiya); tuzilish sohasiga ko‘ra, mahsus va tarmoq yo‘nalishlar
sotsiologiyasiga bo‘linadi. Sotsiologiya fanining mazkur tarkibiy qismlari o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadi, boshqa
hollarda esa bir-birlarini inkor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |