Empirik tadqiqotlar
. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq
o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi.
Empirik
tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi
. Empirik
sotsiologik tadqiqotlarning ob’yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari,
insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy
maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial
muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat.
Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm
konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida
nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi empirizm
konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |