Energetika fani. Energetika tushunchasidan energetika fani kelib chiqadi. Energetika fani deb-energetika xususiyati haqidagi bilimlar bo`lib, oqimlarning o`zaro ta'sirlarida, ularning kishilik jamiyatida; sotsial-iqtisodiy va ilmiy texnik rejada atrof muhitga ta'sir etuvchi tizimga aytiladi.
Energetka fanining bunday aniqlanishi ilmiy texnik va sotsial progressda umumiy bilish formasi haqidagi fan deb tushuniladi.
Energetika fani keng ma'noda uch asosiy yunalishda taraqqiy etadi. Energetika va elektrlashtirish qonuniyatlari taraqqiyoti optimal tomonlari hamda energetikasi taraqqiy etayotgan G`arb mamlakatlarining xususiyati va tabiatni o`rganadi.
Bu yo`nalishning maqsadi sotsial jarayonlariga mamlakatning iqtisodiyoti bilan bog`lik holda energetik tizimlarni rejalashtirish va eksplo`tatsiya qilish hamda takomillashtirish metodlarini analizidir.
Elektr energiya olish, o`zgartirish, uzatish, taqsimlash elektr energiya va boshqa turdagi energiya resurslaridan foydalanishni, takomillashtirish hamma turdagi elektr qurilmalarni va ekologiyaga ta'sirini kamaytirish.
Elektr energiya olish vositalari va har xil energiyani elektr
energiyaga aylantirilishni yangi metodlarni takomillashti rish; elektr energiya uzatish va uning statsionar hamda harakat lanuvchi qurilmalarda qo`llanilishning yangi turlarini ishlab chiqish. Bunda energetika fizika bilan chuqur bog`langan.
Birinchi rasmda katta tizim bo`lgan tizimni kichik tizimlar bilan o`zaro ta'siri ko`rsatilgan.
Muhandis roli takomillashgan jamiyatda va kelajakda bundan ham oshadi. Muxandis tushunchasi iqtisodchilik va yaratuvchanlik bilan xarakterlanadi. Muhandis (injener) so`zi frantsuz tilidan kelib chiqib-kishining yangilik yaratuvchi va ixtirochiligi qobiliyati demakdir. Texnika so`zi Qadimgi Gretsiyada ustalik ma'nosini bildiradi.
Shuning uchun ular bilimlarini yuqori ilmiy-texnik darajada keng qo`llashda oldilariga qo`yilgan masalalarni yechuvchi mutaxasislar bo`lishi kerak. Energetika demografik, sotsial va siyosiy faktor sanalib, davlatlararo va mamlakatning siyosatiga ta'sir etishida muhim rol uynaydi.
Energetikaning xarakterli tomonlaridan biri hozirgi zamon texnika progressida (injenerlik) muhandislik masalalarini yechishga yangicha yondashish keng rejada hisobga olingan faktorlarga asoslangan holda kishilik jamiyatining yangi muhandislik (injenerlik) psixologiyasini ishlab chiqishdir.
Nazorat savollari.
1.Mutaxasislikka kirish fani nimani o`rgatadi?
2.Uch aspektga nimalar kiradi?
3. Energetikaning atrofga salbiy ta'siri nimadan iborat?
4.Muhandis kim va uning roli nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |