2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi


Sezgilar klassifikatsiyasi



Download 482,85 Kb.
bet18/37
Sana19.02.2022
Hajmi482,85 Kb.
#459899
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
2-mavzu psixalogiya-1

Sezgilar klassifikatsiyasi.
Sezgilar turli tuman bo‘ladi. Sezgilar odatda kaysi sezgi a’zosi orqali hosil kilinishiga qarab, quyidagi turlarga bulinadi. Ko‘rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, maza (ta’m) sezgilari, teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari, va organik sezgilar.
Retseptorlarning joylashish o’rniga qarab barcha analizatorlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga qulay analizatorlar kiradi (Ilmiy adabiyotda ularni eksteretseptorlar deb qabul etilgan).
Ko‘rish, eshitish, teri, hid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi gruxga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo‘zg‘atishlar ta’siri uchun qulay bo‘lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli holatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi guruhga harakat analizatorlar va muvozanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi.
Insonning hayoti va faoliyatida ko‘rish sezgilarining benihoya roli katta. Teri sezgilari narsalarning mexanik va psixik xossalarining terining sirt qismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi, bu qo‘zg‘alish terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning po’st qismiga o’tkaziladi.
Teri sezgisi og’riq sezgilariga, harorat sezgilariga va taktil sezgilarga bo’linadi. Og’riq sezgilari juda xilma-xil qo‘zg‘atgichlar (issiqlik, mexanik va ximiyaviy qo‘zg‘atgichlar) tomonidan, ular organizmning tirik to’qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo’la boshlaydi. Bu sezgilar himoyaviy ahamiyatga yega bo‘lib, shu manoda ular juda muhim rol uynaydi.
Harorat (issiqlik) sezgilari issik va sovukni sezishdan iborat. Issik yoki sovuqni sezishning alohida-alohida nerv uchlari bo‘ladi. Ular terining turli qismlarida notekis joylashgan. Masalan, kulimiz terisidan orqamizdagiga qaraganda harorat nuqtalarining soni kamroq. Orqaning issiq-sovuqqa ortiq darajadagi sezgiligi mana shu bilan izoxlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari ham terining yuza katlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular kul barmoklarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi.
Hid bilish sezgilari moddalar hidining tegishli nerv ichlari joylashgan burun shillik pardasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. Hid bilish sezgilari tam sezgilari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ovkatning hidi uning tami bilan kushilib ketadi. Ichki sezgilarga ochlik, tuklik, tashnalik, kungil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. Ular organiq sezgilar deb ataladi. Organiq sezgilarning retseptorlari ichki organlarda joylashgan bo‘lib, ular qo‘zg‘olganda nerv impulslarini bosh miya kobigining tegishli bulimlariga yetkazadi.Chunki guruhga muvozanat va harakat sezgilari kiradi.
Muvozanat sezgilari tananing fazodagi holati haqida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki quloqning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bo‘lib qo‘zg‘alish bu aparatdan bosh miya po’stining chakka qismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saqlay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ro’y beradi.
Ularning retseptorlari mushaklarning ichida hamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bushashi bu nerv uchlarida qo‘zg‘alish hosil qiladi. Bu qo‘zg‘alish olidingi markaziy burmalarning oldingi bo‘lmasida joylashgan pust kismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muhim rol’ uynaydi.

Download 482,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish