2-mavzu. Sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish


Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish



Download 23,29 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2022
Hajmi23,29 Kb.
#491002
1   2   3
Bog'liq
2-ma`ruza-2

Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish
“Raqobat” xo’jalik yuritishning manfaatli sharoitlari va maksimal foyda olish uchun Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch bo’lib hisoblanadi. Raqobat bozor xo’jaligining eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Aynan raqobat shaxsning ijod sohasidagi erkinligini ta’minlaydi. Iqtisodiyot sohasida esa yangi raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan o’z salohiyati
va imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi.
Sanoat ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish va kelajakda ham uni yuqori darajada saqlab qolish uchun bir qator chora-tadbirlar, jumladan investitsiyalarni anhanaviy va texnologik infratuzilmaga yo’naltirishi, xususiy jamg’arma va ichki investitsiyalarni rag’batlantirishi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo’li bilan eksportga yo’naltirilgan siyosat olib
borishi, boshqaruv sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rishi, ish haqi, mehnat unumdorligi va soliqlarning o’zaro bog’liqligini ta’minlashi, minimal va maksimal ish haqi o’rtasidagi farqlarni kamaytirishi, tahlim sohasiga yirik investitsiyalarni yo’naltirishi zarur bo’ladi.
SHuni alohida tahkidlash kerakki, ishlab chiqarishni rivojlantirish taraqqiyot omili ekanligidan kelib chiqib, respublikada sanoat siyosati amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda nisbiy ustunlikka esa bo’lgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan tarmoqlarni rag’batlantirish ushbu siyosatning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan sanoat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- davlat ulushini mamlakat va xorij investorlariga sotish yo’li bilan samarasiz sanoat
korxonalarini tarkibiy qayta qurish;
- monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish tizimini
takomillashtirish hamda raqobat muhitini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Qishloq xo’jalik mashinasozligi elektrotexnika, elektronika, avtomobilsozlik, samoliyotsozlik kabi ilm talab qiladigan ilg’or tarmoqlarni yangi texnika va texnologiya asosida rivojlantirish xalq xo’jaligi majmuasini tarmoq tarkibini takomillashtirishning muhim yo’nalishi bo’ldi.
Kimyo ishlab chiqarish sohasidagi o’zgarishlar ham tarkibiy qayta qurishning muhim yo’nalishi sifatida amalga oshirildi. Uning rivoji, eng avvalo, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatishga, ya’ni bu sohani mineral o’g’itlar ekinlarni himoyalash vositalari bilan ta’minlashga qaratildi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini rivojlantirish yana bir ustivor yo’nalishi sifatida belgilandi. SHuni tahkidlash kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan qayta ishlash tarmoqlari korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish jarayonlari, yengil va oziq-ovqat sanoatning barpo etilayotganligi qishloq xo’jaligi xom ashyosini muhim turlari: paxta, ipak, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash hamda sifatli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan.
O’zbekistonda arzon ishchi kuchini mavjudligini hisobga olgan holda ko’p mehnat talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirda paxta tolasining 30- 50 foizi1 respublikada qayta ishlanmoqda.
Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendentsiyalardan, shuningdek, mamlakatimizni kelajakda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda, 2012-yilda va undan keyingi yillarda quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchi darajali ehtibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bo’yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratilishi zarur.
Bu maqsadning dolzarbligi va ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida o’z oldimizga qo’yganmiz.
O’z-o’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xomashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog’liq, albatta.
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va raqobatdosh mahsulotlarning yangi turlarini o’zlashtirish bo’yicha qabul qilingan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2012- 2016-yillarda hisob-kitoblar bo’yicha qiymati 6 milliard 200 million dollar bo’lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini, shuningdek, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Joriy 2017-yilda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilishni davom ettirishda o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshirish mo’ljallanmoqda. Jumladan, Surg’il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Dehqonobod kaliyli o’g’itlar va O’o’ng’irot soda zavodlarining ikkinchi navbatini, sintetik suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish zavodini qurish ishlari boshlanadi.
SHuningdek, Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasida ikkita bug’-gaz qurilmasi, Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi energoblok qurish, avtomobil shinalari va transportyor tasmasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, to’qimachilik korxonalari quvvatlarini yanada kengaytirish va butun texnologik jarayonni takomillashtirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Bozor sharoitida korxona strategiyasini o’rni qanday bo’lishi kerak?
2. Korxona resurslariga nimalar kiradi?
3. Ichki va tashqi omillarining mazmuni nimalardan iborat?
4. Korxona taraqqiyot strategiyalarining qanday turlari bor?
5. Strategiya shakllanishining qanday bosqichlari mavjud?
6. Asosiy raqobat strategiyasi turlarini bayon eting.
Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish