2-mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog`i reja


Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar



Download 37,26 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi37,26 Kb.
#935430
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog`i reja

2. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar
Struktura siyosati haqida mulohaza yuritishdan oldin, strukturaning o`zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur.
Struktura lotincha, «structura» so`zidan olingan bo`lib, narsalar tarkibiy qismlarining o`zaro bog`liq ravishda joylashish, tuzilishini bildiradi.
Struktura siyosatining mohiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo`lga solib turishdan iboratdir.
Mustaqillikning o`tgan 27 yilligida va 2017-2021 yillarga mo`ljallangan iqtisodiy siyosatning yo`nalishi va xususiyatlari doirasida belgilangan milliy iqtisod strukturasida progressiv o`zgarishlarni amalga oshirish, tarmoqlararo va tarmoq ichki proportsiyalarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirishni davom ettirish vazifasi muhim ahamiyatga molikdir.
Davlat strategiyasiga muvofiq ijtimoiy ishlab chiqarish va jumladan, sanoat strukturasini rejali tarzda takomillashtirish ko`z ilg`aydigan istiqbolda:

  • xalq xo`jaligi va uning yetakchi tarmog`i bo`lgan sanoatni balanslashtirilgan tarzda va izchil rivojlantirish;

  • iqtisodiyotni, xususan, sanoatni asosan intensiv rivojlantirish yo`liga o`tkazish, uning samaradorligini oshirish, moddiy mehnat va moliyaviy resurslarni iste`mol qilishni ratsionallashtirishni, ularni har tomonlama tejash;

  • iqtisodiyotning, jumladan, sanoatning ijtimoiy yo`nalishini yanada kuchaytirish, milliy iqtisodning aholi faravonligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan xilma xil vazifalar tomon yanada chuqurroq burilishini ta`minlash lozim.

Bir butun qismlarning muayyan o`zaro aloqasi, bir biriga nisbatan joylashuvi bo`lgan strukturaning ahvolini proportsiyalar (mutanosibliklar) juda ham aniq va konkret tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini chuqur bilib olish va ularni rejalar, prognozlar va loyihalarda tatbiq etish, ijtimoiy va shaxsiy iste`molni, fan-texnika taraqqiyotining, milliy iqtisodning tegishli ishlab chiqarishlari va tarmoqlari rivoji istiqbollarini sinchkovlik bilan hisobga olish, rejalarni zarur rezervlar bilan mustahkamlash – ana shularning hammasi rejalashtirish texnologiyasining eng muhim tarkibiy, tuzilmaviy qismlari bo`lib, ularga qat`iy rioya qilish vazifalarining proportsionalligi, balanslashtirilganligi, realligi, qo`yilgan maqsadlarga erishishdagi ishonchliligi, ta`sirchanligining shartidir.
O`zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasida xalq xo`jaligi strukturasini takomillashtirish, uning tarmoqlarini rivojlantirish yuzasidan muhim topshiriqlar hamda bu tarmoqlarning marralari batafsil belgilab berilgan.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o`sish iqtisodiyot ko`lamining o`sishi bilangina emas, balki iste`molda ham, ishlab chiqarishda ham strukturaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Strukturani aniqlovchi siyosatni shakllantirish iqtisodiyotdagi strukturaviy o`zgarishlarni sifat jihatdan baholashni aniqlashning printsipial xususiyati iqtisodiyotning o`sish sur`ati ko`rsatkichlarining degragratsiya yuz berishi muammosini hal etishi zarurligidir, chunki ayni bir sur`atning o`zi bir necha tarmoqlarning turli o`sish sur`atlarida ifodalanishi mumkin, bu bir xil bo`lmagan iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Bu muammo oqibatda u yoki bu sohaga ustuvorlik (afzallik) berish sistemasini yaratishni taqozo etadi. Strukturaviy o`zgarishlarning yo`nalishi, ularning jadalligi va ko`lamini aniqlash muhim ish. Ayni vaktda iqtisodiy darajasi bir xil bo`lgan yoki iqtisodiyotidagi struktura yo`nalishlari o`zgarishi o`xshash bo`lgan mamlakatlar guruhi bo`yicha tarmoqlararo komplekslar va ayrim tarmoqlar ishlab chiqarishi va iste`molining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlash – bu barcha analitik materiallar istiqbolni rejalashtirishning muhim zamini hisoblanadi.
Shu bilan birga struktura yo`nalishlari o`zaro muvofiqlashtirilishi kerak, chunki rivojlanish strategiyasiga muvofiq tarmoqlararo komplekslar va tarmoqlarni rivojlantirish uyg`unlashtirilishi zarur.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning Oliy Majlisga Muro­jaatnomasi va keyingi chiqishlarida mamlakatimizning istiqboldagi asosiy vazifa­lari aniq belgilab berilgan. Ularda tabiiyki, yangi asrga qadam qo`ygan mamlakati­mizning «iqtisodiyotni isloh etish va jamiyatni o`zgartirish borasidagi ishlar natijasini xolis baholash» bilan birgalikda «ustuvor yo`nalishlar va bundan keyingi rivojlanish strategiyasini shakllantirish» masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
Yangi asrning dastlabki yillaridagi taraqqiyot strategiyasi, jamiyatni yangilash, barcha sohadagi isloxotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi faoliyat 6 ta ustuvor yo`nalish vositasidan iborat. Birinchi ustuvor yo`nalish – aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, ikkinchi ustuvor yo`nalish – mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada jadallashtirish, uchinchi ustuvor yo`nalish – jamiyat ma`naviyatini yanada yuksal­tirish, to`rtinchi ustuvor yo`nalish – kadrlar tayyorlash, beshinchi ustuvor yo`nalish – iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta`minlash, oltinchi ustuvor yo`nalish – jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta`minlashdan iborat.
Ana shu ustuvor yo`nalishlardan biri iqtisodiyotda, shujumladan, sanoatda ham tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish bo`lib, sanoat boshqaruvi tuzilmasini yaxshilashdan tortib, korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xomashyo salohiyatidan to`la, samarali foydalanishga, eksportga moslangan va import o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga qaratilmog`i darkor.

Download 37,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish