LCD proektorlarining boshqa ko’rsatkichlari.
Bu ko’rsatkichlarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin. Birinchisi –turli interfeysli turli qurilmalarni ulash imkoniyati (raz`yomlari mavjudligi). Ikkinchisi – tasvir ko’rsatkichlarini ulash uchun raqamli manbalari mavjudligi: trapetsiadal buzilishlarni kuzatish, tasvirni gorizontal va vertikal inversiya imkoniyati, 16:9/5:4 formatida ko’rsata olish imkoniyati, tasvirni vertikal - gorizontal surish xizmati, prezintatsion xizmatlari (havorang yoki qora ekran, “kadrni to’xtatish”, bir qismini raqamli kattalashtirish, parda yopish, ko’rsatkich (kursor), ma`ruzachi taymeri, “stop-kadr” yoki “kartinka v kartinke” xizmatlari va shu kabilar). Zamonaviy proektorlarga ko’plab qurilmalarni ulash mumkin, kompyuterni ham, (noutbukni ham) videomagnitofon, DVD-proigrivatelь, videokamera (shu jumladan raqamlisi ham), televizor yoki TV-tyuner (raqamlisini ham), raqamli fotokamerani, o’yinlar qushimchasini ham ulash mumkin. Buning uchun proektorda quyidagi raz`yomlar bo’lishi mumkin:
- kompyuterni ulash uchun analogli RGB (15-pin Hd D-sub), raqamli RGB (DVI-D) audio (stereo mini-jack);
- videosignal manbaini ulash uchun –S-Video (mini din 4 pin) kompozit (RCA), komponentli (RCA), audio (RCA L va R kanallari uchun). Yukori yorqinlikka ega professional modellarida tashkil etuvchi signallar bilan ishlashga katta e`tibor beriladi. Y, B-Y, R-Y asosiy turlaridan foydalanishdan tashkari Y,Cb, Cr, DVD yuqori sifatli proigrivatellarda qo’llaniladigan, Y-Rb-Pr (4:3 SDTY) standartli chizik oralab va progressiv razvyortkali (DTV) rakamli televidenie va 1920x1080 elementgacha rastrli bo’linishli keng ekranli (16:9 HDTV) format tasviri signallari bilan ishlashi ham ko’zda tutilgan.
-analogli RGB tashki uzatgich (15-ND D- sub). Bir vaqtning o’zida proektor va monitorni ulash uchun qulay.
-tovush uzatgichi-audio (stereo mini-jack), tashki audiotizimini ulash uchun (har bir proektorda 2-3 Vatt li kichik quvvatli dinamik o’rnatilgan, lekin odatda bu etarli bo’lmaydi).
-boshqaruv interfeysi- R S-232 (15-pin Hd D-sub) va yaqindan boshlab USB.
Proektorlarning ba`zi modellaridi Flash Card ulanishi uchun portlar bo’lishi mumkin, undan raqamli kameralar va fotosuratni namoyish etish uchun foydalaniladi. PCMCIA interfeysi raz`yomi ham qo’llanishi ham mumkin. Аna shu interfeys yordamida ba`zi ishlab chiqaruvchilar PCMCIA radiokartasi yordamida kompyuterdan proektorga ma`lumotlarni uzatishni tashkil etish imkoniyatini ham qo’llashlari mumkin, bu juda qulay, chunki proektordan to kompyutergacha masofa va joylashishi uchun cheklanishlar va shnurlar yo’q.
Ba`zi alohida modellarda PCMCIA kartasi yordamida (xatto 1 Gb sig’imiga chaminidrayv qattiq disk IBM ni ham qo’llash mumkin) kompyutersiz taksimotni o’tkazishni tashkil etish mumkin. Sanyo kompaniyasi masalan, maxsus grafik akselerator sifatida xatto PCI yoki PCMCIA kartochkalari bilan qo’shimcha ta`minlangan kompyuterlardan foydalanadi, shu bilan birga ko’rsatish sifati analogli kabi raqamli signallar uchun ham ancha yaxshilanadi. Аlbatta turli proektorlar o’zining turli maqsadlarga muljallanganligi sababli aytib o’tilgan raz`yomlarga ega bo’lishi mumkin (yoki ega bo’lmaydi) sotib olayotganda bularni hammasini hisobga olish kerak, chunki proektorlarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish (raz`yomi borligiga qarab) deyarli mumkin emas. Buzilishlarni tuzatadi, tasvirni agdarib beradi. Proektorni shipga bo’lsa ham o’rnat, asosiysi qulay bulsin. Zamonaviy multimediaproektorlari tasvir ko’rsatkichlarini o’zgartirish bo’yicha raqamli xizmatlar imkoniyati to’plamiga ega. Masalan, prezentatsiyada sharoitlar qiyinrok bo’lib proektorni tasvir tekisligiga (ya`ni ekranga) perpendikulyar qo’yish mumkin bo’lmaganda, tasvir chiquvchi burchakning o’zgarishi esa trapetsiodal buzilishlarga olib keladi, trapetsional buzilishni tuzatish xizmatidan foydalanish (vertikal hamda gorizontal bo’yicha ham) mumkin bo’ladi. Аmmo tasvirni +1-15 gradus atrofida tuzatilishi mumkin, buni to’g’ri burchakli tasvirga mos tushuvchi LCD-panellari piksellari bir qismini elektron tanlab olish yo’li bilan amalga oshiriladi.statsionar yoki oddiy sharoitlarda bu xizmatlardan foydalanmagan yaxshi, chunki proektor aniq gorizontal holatda ishlashi, nur esa ekran tekisligiga perpendikulyar tushirilishi kerak. yana bir siri bor. Videoproektorning ekran tasviri shunday tashkil bo’ladiki uning pastki chizig’i proektor bilan bir chiziqda (to’g’ri zamonaviy proektorlar yuqoriga ko’tarilishi ham mumkin, lekin ma`lum darajada) bo’ladi. Proektor stol ustida turganida bu qulay bo’ladi. Аgarda proektor zal o’rtasida bo’lib tomashabinlar proektor nurlarini kesib o’tadigan bo’lsalar nima qilish kerak. Bunday hollarda proektorekranga juda ham yaqin qo’yilishi kerak (lekin bunda tasvir kattaligi (razmeri) xatto maxsus ob`ektivlar yoki refrakulin plenka – linzalar qo’llanilganida ham kichik bo’ladi) yoki shipga qo’yilishi mumkin (bunda ekranning pastki chizigi juda xam balandda bo’ladi) yoki ekran ortiga qo’yiladi (bunda yoruglik o’tkazuvchi ekran kerak bo’ladi va tasvirning o’zi aksiga o’giriladi). Bu masala tasvirni gorizontal va vertikal bo’yicha elektron infersiya (ag’darish) xizmati yordamida bajariladi. Birinchi vaziyatda proektor maxsus moslamaga shipga ag’darilgan holatda mahkamlanadi (tasvir gorizontalligiga erishish uchun shipga mahkamlangan moslama o’zunligini hisobga olish kerak). Yorug’lik o’tkazadigan ekran printsipi esa stadionlar uchun, yozgi maydonchalar uchun hamda keng ekranli proektsion televizorlar va videostendlarda keng qo’llaniladi. Buning uchun maxsus yorug’lik o’tkazuvchi ekranlardan foydalanish zarur. Shunday qilib, demak, proektoringizni o’zingizga qulay bo’lgan joyga o’rnating.
Bizning bozorimizda qaysi bir LCD – proektorlari bor?
Proektor ishlab chiqaruvchilar (DLP ham, LCD ham) juda ko’p. Men ulardan birinchilaridan yigirmatachasini eslab ko’rishga harakat qilaman: Toshiba, Panasonic, Pens, Nec, Sony, Canon, LG, Mitsubishi, Epson, Sanyo, Hitachi, In Focus, Philips, Compaq (HP), CTX, Pioneer, Dell, IBM, Barco… shu bilan birga ko’pchilik DLP – proektorlarini ham va LCD – proektorlarini ham ishlab chiqaradilar. Umuman olganda bozorni o’rganib chiqilganda АQSh ishlab chiqaruvchilari (In Focus, Dell, , HP IBM) DLP texnologiyasini ma`qul ko’radilar, Yapon ishlab chiqaruvchilari esa (Sony, Epson, Sanyo, Nec, Hitachi) LCD texnologiyasini ma`qul ko’radilar. O’zbekiston bozorlarida esa Sanyo, Hitachi, Sony ishlab chiqargan LCD – proektorlari hamma vaqt bor. Ba`zida Canon, CTX, Sharp ishlab chiqargan proektorlar ham taklif etiladi. LG kompaniyasi vakolatxonasi taxminlari bo’yicha O’zbekiston bozorlarida 2003 yili LG proektorlari (DLP va LCD) nisbatan keng taqdim etiladi, aytish kerakki, LG proektorlari bizning bozorimizda ilgari ham sotilgan. Bizning bozorimizda juda ham arzon proektorlar ham bor. Ularni ishlab chiqaruvchilari nomlarimashxur emas va ularni eslab kolishni keragi ham yo’q, chunki ular alohida olingan modelar bilan bir partiya olib kelishadi.
Ikki og’iz raqamlar haqida. O’zbekiston bozorlarida eng birinchi LCD – proektorlari taxminan 1997 yili paydo bo’ldi, to’g’ri erkin savdo uchun emas, kontrakt asosida. Hamma texnologiyalar savdosi 2002 yili dunyo bo’yicha 1,4 mln. donani tashkil etadi (PMA – Pacific media Associates ma`lumotlari buyicha). Proektorlar sotuvi yillik usishi 40% foizni tashkil etadi (tugri 2001 – 2002 yillarda biroz pasayish sodir bo’ldi va 2001 yili o’sish 14% ni, 2002 yili 2% foizni tashkil etdi). 2005 yilga kelib yiliga 4 mln. dona proektor sotish kutilmoqda. Demak, proektorlar bozori keskin rivojlanib bormoqda. Mening sub`ektiv taxminlarim bo’yicha O’zbekistonda yiliga 500 dan kam proektorlar sotilmoqda. Shunisi ham borki ulardan 95% foizi – bu yorqinligi 1200 ANSI – lyumengiga bo’lgan SVGA LCD – proektorlaridir.
Deyarli hamma kinoteatrlar professional LCD – proektorlaridan foydalanadilar. Uchta DMD li DLP proektorlarini bizning mamlakatimizda men biror marta ham ko’rmadim. O’zbekistonda proektorlar bozori faqatgina boshlang’ich rivojlanish bosqichida va foydalanuvchilar endi – endi proektordan foydalanish qulayliklarini tushunib bormoqdalar.
Bozor tuzilishi.
Butun dunyoda LCD – proektorlaridan foydalanish shu tartibda: 60% dan ko’prog’i – konferentsiyalar uchun (taqdimot, seminarlar, lektsiya va shu kabilar), taxminan 30% foizi – mobil ofislar uchun (kompaniya kichik ofislarda taqdimot uskunasi sifatida) va taxminan 8% foizi uy kinoteatrlari sistemalarida foydlalaniladi. Qay bir darajada bu odat bizda ham saqlanmoqda. LCD – proektorlarining eng ko’p qo’llanilishi taqdimotlar. Seminar va shu kabilar o’tkazishda kuzatilmoqda. O’zbekistonning ko’pchilik o’quv yurtlarida videoproektorlar mavjud (balki etarli darajada emasdir), videoproektorlar ko’pchilik vazirliklar va boshqarmalarda ham bor. Lekin baribir proektorlarning qimmatligi sababli O’zbekistonda proektorlar bozori soni bilan ham va turlari bilan ham juda ozdir.
Bizning bozorimizda Hitachi va Sanyo firmalarining LCD – proektorlari ko’proq uchraydi. Tasvir zichligi kichikroq bo’lgan SVGA va 1000 – 1200 ANSI – lyumen yorqinlikka ega modellarga talab ko’proq. Yorugligi 2500 – 3000 ANSI – lyumen va tasvir zichligi XGA yoki UXGA bo’lganlari juda kam sotib olinadi, hammasi bo’lib 5% foizlar, chamasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |