Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E.
Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik, o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir.
Plotterni tanlahda quyidagilarga е’tibor berish kerak:
• aniq bir masalalarni echish uchun plotterni qo’llash mumkinligini baholash mumkin bo’lgan funkcional imkoniyatlar to’plami (tashuvchilar va tasvirning o’lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi va b.);
• rangli tasvirlarni shakllantirish imkoniyati;
• tasvir sifati (o’tkazish qobiliyati);
• unumdorligi (chizish tezligi);
• ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis;
• avtonom ishlashining mumkin bo’lgan imkoniyati (operator aralashuvisiz);
• tashuvchi, sarflanadigan materiallar, kuryushaga xizmat ko’rsatish, еlektroеnergiyani iste’mol qilish narxlarini o’z ichiga olgan еkspluataciya harajatlari;
• plotgerning o’zining narxi.
FAKSIMIL ALOKA
«Barcha madaniylashgan insoniyat fakslarni yozayotgan, imzolayotgan va o’qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech qachon ko’rmaganlarga bo’linadi; buning ustiga so’nggi guruh, tugab bormoqda».
(Tadbirkor odamlar xazili)
Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh berib turish uchun ham kerak, bu erda muvaffaqiyatga еrishish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.
Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini yo’qotishingiz mumkin. Agar siz yangi еskizni u tayyor bo’lishi bilanoq darhol namoyish еta olmasangiz, mijozni yo’qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo’lmagan faksimil aloqa bilan hal еtish mumkin.
Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurer xizmatidan tezkorgina еmas, balki u deyarli barcha holatlarda juda arzon hamdir.
(adolat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni еlektron pochta — «E-mail» yaratmoqda).
Do'stlaringiz bilan baham: |