Quyosh radiasiyasining atmosfera orqali o’tganda o’zgarishi
Atmosfera orqali o’tganda quyosh nurlarining bir qismi yutilib qoladi va natijada yer yuziga tushgan radiatsiya miqdori atmosferaga kirgan radiatsiya miqdoridan kam bo’ladi. Quyosh aylanasidan to’g’ri-dan-to’g’ri parallel nurlar shaklida er yuziga kelgan radiatsiyani quyosh-ning to’g’ri radiatsiyasi deyiladi. Quyosh nurlarining yutilish miqdori ularning atmosferada o’tgan masofasiga bog’liq. Quyosh nurlari qancha qalin atmosfera qatlamidan o’tsa, shuncha ko’p qismi yutilib ketadi.
Quyosh qancha past bo’lsa, quyosh nurlari atmosferaning pastki zich qatlamida shuncha ko’p masofani o’tadi. Quyosh nurlarining yutilishini ko’p masofani o’tadi. Quyosh nurlarining yutilishini xarakterlash uchun «atmosfera massasi» degan tushuncha olinadi, Quyosh zenitda bo’lganda uning nurlari o’tgan atmosfera massasini 1 deb olsak, quyosh gorizontdan 300 balandlikda bo’lganda uning nurlari o’tgan atmosfera massasi 2 ga teng bo’ladi, quyosh gorizontda bo’lgan-da esa nurlari 35,4 ga teng bo’lgan atmosfera massasidan o’tadi.
Demak, gorizontal quyosh nurlari atmosferada tik quyosh nurlariga qaraganda 35,4 marta ko’proq masofa orqali o’tadi deb faraz qilish mumkin. Quyoshning balandligiga qarab, quyosh nurlari o’tgan atmosfera massasining o’zgarishi 3.3.-jadvalda berilgan (quyoshning balandligi graduslar bilan).
3.3-jadval
Quyoshning balandligi
|
90
|
60
|
30
|
10
|
5
|
0
|
Atmosfera massasi
|
1,0
|
1,2
|
2,0
|
5,6
|
10,4
|
35,4
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, quyoshning balandligi 200 dan pasay-gandan keyin, uning nurlari o’tgan atmosfera massasining miqdori va quyosh nurlarining yutilishi keskin orta boradi. Aniqlanishicha, quyosh nurlari har bir atmosfera massasi orqali o’tganda, uning 25% yutiladi. Masalan: quyosh zenitda bo’lganda, uning nurlari bir atmosfera massasi orqali o’tadi va 25% yutiladi, 75% er yuziga yetib keladi. Shuning uchun atmosferaning tiniqlik koeffisenti 0,75 ga teng deb olingan.
Quyosh nurlari atmosfera orqali o’tganda, quyosh spektrining hamma qismlari birday yutilmaydi. Nurlarning yutilishi ularning turiga bog’liqdir. Atmosferada ultrabinafsha nurlar eng ko’p yutiladi. Agar quyosh zenitda bo’lganda ultrabinafsha nurlar butun radiatsiyaning 7 % ini tashkil etsa, quyosh gorizontda bo’lganda bu nurlar butunlay atmosferada yutilib qoladi. Quyosh spektri ko’rinadigan qismining atmosfera orqali o’tganda o’zgarishi 3.4-jadval (% bilan) ko’rsatilgan. Yer yuziga tushgan nurlarning hammasi 100 % deb olingan.
3.4- jadval
Nurlarning turlari
|
Quyoshning baladligi (gradus)
|
90
|
30
|
5
|
Ko’k nurlar
|
18
|
15
|
0
|
Yashil nurlar
|
24
|
23
|
2
|
Sariq nurlar
|
27
|
27
|
28
|
Qizil nurlar
|
31
|
35
|
70
|
Hammasi
|
100
|
100
|
100
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, ko’k va yashil nurlar ko’proq yutiladi, sariq va qizil nurlar esa juda oz yutiladi. Shu sababli, quyosh qancha past bo’lsa, spektrda ko’k-yashil nurlar hissasi shuncha kamaya boradi. Quyosh kutarilgan sari, ko’k yashil nurlar hissasi oshadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, spektrning tarkibi quyosh balandligiga bog’liq bo’lgani uchun, yerga tushayotgan radiatsiya tarkibi kun va yil davomida o’zgarib boradi. Kunning o’rtasiga yaqin soatlarda spektr tarkibida yashil–ko’k nurlar ertalabki va kechki soatlardagi qaraganda ko’proq bo’ladi. Bu hodisa qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki radiatsiyaning o’simliklarga ta’siri faqat uning miqdoriga-gina emas, balki sifatiga, ya’ni tarkibiga ham bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |