Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.3-rasm) korpusdan (4) tashkil topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5) o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi. Bunday tizma boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma boshchalarini prinsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir. Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.3-rasm) korpusdan (4) tashkil topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5) o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi. Bunday tizma boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma boshchalarini prinsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir. Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog’liq bo’ladi.
Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog’liq bo’ladi.
Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir: mustahkamlash tizmasini og’irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi o’zi bilan kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam suyuqligini yoki gazini tarkibidagi H2S, CO2 yoki kuchli minerallashgan suvlar tizma boshchasini korroziya ta’siriga duchor qiladi. Chuqur quduqlarga issiqlik tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma boshchalari 150-250 oC gacha qiziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |