I Proza eposi:
1.Billiteristik: hikoya, novella, qissa, roman
2.Publitsistika:lavha, reportaj, ocherk, fel’yeton, hujjatli hikoya, hujjatli qissa hujjatli roman
II Poeziya (lirika): lirik she’r, lirik doston
III Drammaturgiya:drama, komediya, tragediya, balet, opera
IVTeatr va kino.
Proza eposi va poeziya (lirika)dan: Liro-epik tur: voqeaband she’r, masal, ballada, epic doston, she’riy ertak.
So‘z va harakatning nisbatiga ko‘ra bularni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 1.Bolalarning maishiy qo‘shiqlari. 2. Bolalarning o‘yin folklori.
Qo’shiqlar 3 ga bo’linadi: 1.Beshik qo’shiqlari; 2. Mavsuimiy (taqvimiy) qo’shiqlar; 3. Maishiy qo’shiqlar.
O‘zbek allalarini kompozitsion tarkibiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin: ALLALAR (VOQEABAND (SUJETLI) va PAROKANDA ALLALAR).
VOQEABAND (SUJETLI) - allalarda kompozitsiya puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim singari uzvlar mavjud
PAROKANDA ALLALARda - vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy-tasviriy hamda kompozitsion-struktural uzvlar kuchayadi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog‘i, sarguzashtlari, hayotiy tashvishlaridagi omad va omadsizliklari, o‘kinchlari, armonlari girdobiga nechog‘lik chuqur kira borishi, mutaasirligi asosiy rol o‘ynaydi.
Xalq og'zaki ijodida maqollarning o'ziga xos o'rni bor. U xalqning, bir necha avlodlaming aqlu-farosati hamda turmush tajribasining yakimi, ular donishmandligining mahsulidir. Bola ta’lim-taibiyasida maqollaming o'mi katga. Maqollar ona-vatanni sevishga, uning har bir qarich yen uchun kurashga («Yurt qo'risang o'zarsan, qo'rimasang to'zarsan»); kasb-hunar egasi bo'lishga («Yigit kishiga yetmish hunar ham oz»); ahil bo'lib mehnat qilishga («Ko'pchilik qo'lda unum ko'p»); to'g'ri so'z va halol kishilar bo'lib kamol topishga («Egri ozadi, to'g'ri o'zadi»); yaxshi odob va olijanob xulqli bo'lishga («Odob bozorda sotilmas», «Yalqovlikning oxiri xo'rlik») chaqiradi.
Masalan:
Ona yurting omon bo'lsa,
Rangu rowing somon bo'lmas.
Mehnatsiz what yo ‘q.
Egri ozadi, to‘g ‘ri o ‘zadi.
Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir.
Ko‘zing og'risa, qo ‘lingni tiy,
Iching og'risa, nafsingni tiy.
Odamning yuziga boqma, so ‘ziga boq.
Birliksiz kuch bo'lmas.
Yuzim oq bo'lsin desang, ishingni to'g'ri qil.
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining bolalami o'ylashga, topqirlikka o'rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Harbirtopishmoq zamirida «kim?», «nima?» so‘roqlariga yashirin javob yotadi. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o'ziga xos rasm-rusmlari bilan bog'liq holda bo'lib, bolalar o'rtasida keng tarqalgan. Masalan: Tunda ko 'rib, cho 'g‘ deysan, Tongda turib, yo 'q deysan. (Yulduz) Keragida suvga otasan, Qimirlashin poylab yotasan. (Qarmoq) Qo'shaloq tovoq, Ichi to'la yog'. (Yong'oq) TEZ AYTISHLAR Tez aytishlar og'zaki nutq mashqi bo'lib, kichik yoshdagi bolalarda ma’lum tovushlarni to'g'ri va ohangdor talaffuz qilish ko'nikmalarini orttiradi. Bu janiga mansub asarlar bolalami biyron so'zlashga o'rgatish bilan biiga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o'stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi. Masalan: Olti juft oq chinni choynakka to'rt juft ko'k qopqoq, to'rt juft ko'k chinni choynakka olti juft oq qopqoq yopsa bo'ladimi? Qurilishga terak kerak, Demak, ekmoq kerak terak. Tolib turupni tarozida tortib topshirdi. Oq choynakka oq qopqoq, ko'k choynakka ko'k qopqoq. Oltin о 'tloq — oq о 'tloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |