2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi


O‟zbekistonda qog‟oz pullar



Download 71,56 Kb.
bet11/12
Sana18.02.2022
Hajmi71,56 Kb.
#452994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-мавзу

O‟zbekistonda qog‟oz pullar1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300,
500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qog‘oz pullar tanga deb atalgan.
1920 yilda Buxoro Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, Buxoro amirligi o‘rniga Buxoro Sovet Xalq Respublikasi (BSXR) tashkil etiladi. Yangi BSXR da 1920 yilda Buxoro amirligi tomonidan chiqarilgan metall va qog‘oz tangalar muomalada bo‘lib keladi, hamda ularni bir oz o‘zgartirilgan holda chiqarish, ya‘ni sovet simvolikasi qo‘yilgan holda tanga nomi bilan qog‘oz pullar muomalaga chiqarish davom etgan. 1921 yilda BSXR muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlaydi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalda muomalaga chiqarilgan.
1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past

nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan16.


Xulosa qilib aytganda, pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadii. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va sivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.
    1. Pulning funksiyalari.

Pul chig‘anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‘oz pul ko‘rinishida bo‘lishidan qa‘tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.
Ayirboshlash funksiyasi.

Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko‘rinishida tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya‘ni iqtisodiyot bo‘yicha ma‘ruza o‘qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo‘yicha ma‘ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘lgan odamlarga ma‘ruza o‘qiy olishi ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma‘ruza o‘qishni to‘xtatib, fermerlik bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib, odamlar ―xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ ni qondirishlariga to‘g‘ri kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‘zida ushbu tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir.
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‘lsa, nimalar sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Bunday holatda uning ma‘ruzalari uchun pul to‘laydigan har bir odamning hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinchalik u har qanday fermer (supermarket) ga borishi yoki ma‘ruza o‘qishi natijasida ishlab topilgan pullarga zaruriy ist‘emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‘ladi. ―Xohish va



istaklarni ikki hissa moslashtirish‖ muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi orqali, o‘zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‘ullanadi.


Ko‘rib chiqilgan misoldan ko‘rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning samaradorligini oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadiigan vaqtni tejash imkonini beradi. Odamlarning yuqori malaka to‘plash orqali ma‘lum ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning samaradorligini oshishiga olib keladi. O‘z navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zining xususiyatiga ko‘ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi. Pulga bo‘lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‘rinishidagi jamiyatdan tashqari xar qanday jamiyat pulni o‘ylab topadi. Xar qanday tovar pul sifatida samarali ishlashi uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir: birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun standartlashgan bo‘lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo‘lishi; uchinchidan, qismlarga bo‘linishi; to‘rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko‘chirilishi; beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‘plab noodatiy shakllar, ya‘ni amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan.
Pulning turli shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.
Qiymat o‘lchovi.

Pulning ikkinchi funksiyasi – iqtisodiyotda pul o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilganda xisob birligini ta‘minlashi lozim. Og‘irlikni funtda yoki masofani milda ulchaganimiz kabi biz tovarlar va xizmatlarning qiymatini pul birliklarida ifodalaymiz. Ushbu funksiyaning muhimligini anglashimiz uchun pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter iqtisodiyotni yana bir ko‘rib chiqamiz. Agarda iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar, aytaylik, shaftolilar, iqtisodiyot bo‘yicha leksiyalar va filmlar mavjud deb qarasak, unda tovarlar almashinuvini ta‘minlash uchun faqatgina uchta narxlarni bilishimiz zarurdir: iqtisodiyotdagi ma‘ruza nuqtai-nazardan shaftolining narxi (shaftoliga pul to‘lashingiz uchun iqtisodiyotdan nechta ma‘ruza o‘qishingiz lozim), film nuqtai-nazaridan shaftolining narxi, film nuqtai-nazaridan iqtisodiy ma‘ruzaning narxi. Agarda iqtisodiyotda 10 ta tovarlar bo‘lganida edi - 45 ta tovarning narxini, 100 ta tovar mavjud bo‘lsa – 4950 ta tovarning narxini, 1000 ta tovar mavjud bo‘lsa – 499 500 ta tovarlarning narxini bir tovarni boshqasiga ayirboshlashimiz uchun bilishimiz zarurdir.18 Tasavvur qilib ko‘ringki, barter iqtisodiyot sharoitida polkada minglab turli xil tovarlar joylashgan supermarketda bir funt tovuq go‘shtining narxi to‘rt funt yog‘ narxiga, bir funt baliqning narxi sakkiz funt pomidorning narxiga teng

bo‘lgan sharoitda tovuq yoki baliqdan qay birining narxi arzon ekanligini aniqlashga to‘g‘ri kelar edi. Barcha tovarlarning narxlarini solishtirishingiz uchun xar bir narsaning ustidagi yorliqda 999 ta narxlar ro‘yxati mavjud bo‘lish lozim edi. Natijada ularni o‘qishga sarflangan vaqt juda katta tranzaksion xarajatlarni keltirib chiqarar edi.


Ushbu muammoni xal etish uchun iqtisodiyotga pulni tatbiq etish va barcha tovarlarning (shaftolilar, iqtisodiyot bo‘yicha ma‘ruza, filmlar) narxlarini pul birliklarida, masalan, dollarlarda aks ettirish kerak. Iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar mavjud bo‘lgan holatda tranzaksiyalarni o‘tkazish uchun uchta narxga nisbatan ehtiyojimiz mavjudligi bois barter tizimiga nisbatan unchalik katta foyda bo‘lmaydi. Ko‘rishimiz mumkinki, puldan qiymat o‘lchovi vositasi sifatida foydalanish ko‘rib o‘tilgan xolatda narxlar sonini kamaytirib, operatsion xarajatlarni pasaytiradi. Iqtisodiyot yanada murakkablashib borishi barobarida pulning ushbu funksiyasidan olinadigan foyda yanada oshib boradi.
Jamg‘arish vositasi.

Pul shuningdek jamg‘arish vositasi sifatida xizmat qiladi; daromad olingan vaqtdan boshlab xarajat qilingungacha bo‘lgan davrda xarid qobiliyatini saqlab turish vositasi xisoblanadi. Pulning ushbu funksiyasi foydali hisoblanib, ko‘pchiligimiz saqlashni afzal ko‘rib, pullarni olishimiz bilan darhol xarajat qilishni hoxlamaymiz. Pul – yagona jamg‘arish vositasi emas; har qanday aktivlar
– pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, er, uy, san‘at asarlari yoki zargarlik mollari – jamg‘arish vositasi hisoblanadi. Ushbu aktivlardan ko‘pchiligi pulga nisbatan o‘zining egalariga katta foyda (foiz) keltirib, narxi kutariladi va qulayliklar yaratadi (masalan, boshimiz ustidagi tom). Agarda ushbu aktivlar jamg‘arish vositasi sifatida pul bilan taqqoslaganda ancha foydali bo‘lsa, unda insonlar nega pullarni jamg‘arishadi? Ushbu savolga javob muhim iqtisodiy tushuncha hisoblangan
Download 71,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish