2-mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi


O‟zbekiston hududida dastlabki metall tangalar



Download 71,56 Kb.
bet9/12
Sana18.02.2022
Hajmi71,56 Kb.
#452994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-мавзу

O‟zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, ―darik deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya‘ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya‘ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu ―darik‖lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma‘lum birinchi tangalar o‘lgan desak xato qilmaymiz.
Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor – mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. bo‘lgan kumush draxma, vazni 8,2 g. bo‘lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. bo‘lgan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‘lgani ma‘lum. Shuningdek, vazni 8,4
g. bo‘lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush dekadraxma ham zarb qilingan.
Yunon – Baqtriya davlati tomonidan zarb etilgan tangalardan 100 donaga yaqini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida topilgan. Ushbu davlat pul tizimi asosini o‘sha paytda draxma, didraxma, tetradraxma va dekadraxmalar tashkil etganligi tarixiy manbalardan ma‘lum.
O‘rta Osiyo eramizning V asrida tarixan qisqa muddat davomida sosoniylar tasarrufida bo‘lgan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston xududida turli davrlarda zarb etilgan tangalar muomalada bo‘lgan. Jumladan, sosoniylar tangalari asosan oltin, kumush va bronzadan zarb qilingan bo‘lib, ularda sosoniy shohlariing suratlari bilan birga, turli hayvonlar va qushlar aksi ham tushirilgan.
Hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi V asrning ikkinchi yarmida Sirdaryoning sharqiy sohilidan kirib kelgan deb taxmin qilinayotgan va tarixda eftaliylar nomi bilan qolgan qabilalar tomonidan bosib olinadi.
Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo asta sekin rivojlana boshlagan. Xalqaro savdo ham rivojlangan. Tashqi savdo asosan Xitoy, Xindiston, Eron va Vizantiya (Rum) bilan amalga oshirilgan.
Eftaliylar dastlabki paytlarda sasoniy hukmdorlari Bahrom va Perozning kumush tangalaridan keng foydalanishgan. Buning asosiy sababi sifatida sosoniylar tomonidan eftaliylarga o‘lpon sifatida to‘langan juda ko‘p miqdordagi kumush tangalar xazinada to‘planganligiga bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eftaliylar hukmronligi davrida juda ko‘p miqdorda, ba‘zi ma‘lumotlarga qaraganda 200 dan ko‘proq marta metall tangalar zarb qilingan. Har bir viloyat, har bir yarim qaram xudud o‘zi tanga zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Umuman, V – VI asrlarda hozirgi O‘zbekiston hududiga shimol va sharq tomonlardan turli ko‘chmanchi xalqlar tinimsiz bosqinchilik qilib kirib kela boshlaydi. VIII asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinib, o‘lkada islom dini joriy etiladi va qadimiy yurt Movarounnahr deb atala boshlaydi. Shu davrdan boshlab muomalada bo‘lgan metall tangalar ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Asta – sekin tangalardan shoh va hokimlarning suratlari o‘rnini islom oyatlari egallaydi. Natijada «kufi» nomi bilan tarixda ma‘lum bo‘lgan tangalar davri boshlanadi.
Islom imperiyasida markazlashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilgandan keyin xalifa Abdumalik 696 yilda imperiyaning butun hududida yagona pul
tizimini joriy etdi. Shu davrdan boshlab, yirik savdo bitimlarini amalga oshirish uchun vazni 4,3 gramm bo‘lgan oltin dinor zarb etilgan. Maosh va soliqlar to‘lovi uchun vazni 2,8 gramm bo‘lgan kumush drahmalar chiqariladi. Kundalik savdo – sotiq esa mis tangalar – fuluslar yordamida (yunoncha «follis» hamyon ma‘nosini anglatadi) amalga oshirila boshladi. Bu pul birliklari Movarounnahrda ham o‘sha davrda muomalada bo‘lgan.
IX asrga kelib, Movarounnahrda somoniylar davlati vujudga keladi. Somoniylar xalifa hukmronligini rasman tan olishgan bo‘lsada, ular amalda mustaqil edilar. Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro shahri bo‘lgan. Somoniylar davlati o‘z tasarrufiga hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, Turkmaniston va Tojikiston hamda Eronning Xuroson viloyatini qamrab olgan, markazlashgan davlat edi. Bu davlat taxminan 120 yildan ko‘proq muddat davomida mavjud bo‘ldi.
XII asrning o‘rtalarida, xorazmshoh Otsiz davriga kelib, Xorazm davlati kuchayib ketadii. XII asr 80 – 90 yillariga kelib Xorazm o‘ziga Movarrounnahr, Eron, Forsiy Iroqni bo‘ysundiradi. Xorazm davlati xorazmshoh Tekash (1172 – 1200 yillar) va uning o‘g‘li Muhammad (1200 – 1220 yillar) hukmronligi davrlarida ayniqsa gullab – yashnagan.
Xorazmshohlar davlatida ham an‘anaviy musulmon pul birliklari – oltin dinorlar, kumush dirhamlar va mis fuluslari muomalada bo‘lgan. Bu tangalarda ham an‘ana tarzida xalifa nomi qayd qilinib, undan so‘ng xorazmshoh nomi bitilgan.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida (1220 yil yozidan) Xorazmda va uning tobeligidagi xududlarda vazni 1,8 – 1,9 gramm bo‘lgan kumush dirhamlar muomalada bo‘lgan. Mayda savdo – sotiq uchun mis pullar chiqarilgan.
Mo‘g‘ullar zulmiga qarshi xalq bosh ko‘taradi. Bu harakat tarixda
―Sarbadorlar‖ qo‘zg‘oloni deb nom olgan.Bu qo‘zg‘olon natijasida Samarqanddan mo‘g‘ullar haydab chiqariladi. 1370 yilda Samarqand taxtiga Amir Temur o‘tiradi va―Buyuk Temur saltanatini barpo etadii. Ushbu imperiya tarkibiga hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston. Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Armaniston, Eronning barcha hududi, Iroq, Hindiston, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘istonning bir qismi kirgan. Katta miqdorda vazni 2 grammni tashkil etgan oltin dinorlar, shuningdek, vazni 1,8 gramm bo‘lgan kumush tangalar – miralar ham zarb etila boshlagan.
Amir Temurning 40 dan ortiq tanga zarbxonalari bo‘lganligi va bu erlarda zarb etilgan oltin va kumush tangalar Evropada ham mashhur bo‘lganligi haqida ko‘p ma‘lumotlar mavjud. Birgina G‘arbiy Eron va Ozarboyjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Rossiyada XIX asrda va XX asrning boshlarida naqd pul shaklida oltin tangalar keng qo‘llanilgan, xususan 1895 – 1897 yillardagi pul islohotlaridan keyin ham birinchi jahon urushiga qadar muomalada o‘n va besh so‘mlik oltin tangalar mavjud bo‘lgan. O‘zbekiston territoriyasida ham oktyabr inqilobiga qadar Chor

Rossiyasining tangalari bilan bir qatorda Buxoro va Xiva xonligining oltin tangalaridan foydalanilgan.


Jahon sivilizatsiyasining taboro rivojlanib borishi va iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi muomalada qog‘oz pullarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Natijada, qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar egalladi.

Download 71,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish