likvidlilik bilan bog‘liq hisoblanib, aktiv oson va tezkorlik bilan ayirboshlash vositasiga aylanadi. Likvidlilik juda ham muhim hisoblanadi. Pul ayirboshlash vositasi hisoblanganligi bois eng likvidli aktiv hisoblanadi; bir narsa sotib olish uchun pul boshqa narsaga aylantirish shart emas. Boshqa aktivlar pulga aylantirilganda tranzaksion xarajatlarni talab qiladi. Masalan, siz uyingizni sotsangiz, brokerlik komissiyasini to‘lashingiz shart (odatda sotish narxining 4-6% ini tashkil qiladi). Agar siz kechiktirib bo‘lmaydigan hisobraqamlarni tezda to‘lash uchun naqd pullarga muhtoj bo‘lsangiz, pulni tezda sotish uchun uyingizni ancha past narxda sotishingizga to‘g‘ri keladi. Pul eng likvidli aktiv bo‘lmasin va yuqori darajadagi jamg‘arish vositasi hisoblanmasada odamlar bajonidil pulni saqlaydi. Jamg‘arish vositasi sifatida pulning ishonchliligi narxlar darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, barcha narxlarning ikki barobar oshishi, pulning qiymatini ikki barobarga kamayganligini anglatadi. Teskari holatda narxlarning ikki barobarga kamayishi pulning qiymatini ikki barobarga oshganligini ko‘rsatadi. Inflyasiya sharoitida narxlar darajasining tezlik bilan o‘sishi kuzatilsa, pul tezda o‘zining qiymatini yo‘qotadi. Natijada odamlar istar-istamas o‘zlarining boyliklarini pul shaklida saqlashadi. Bu holat oylik inflyasiya surati 50% dan oshishi natijasida yuzaga keladigan giperinflyasiyaga hos bo‘lgan bo‘lgan yuqori inflyasiya sharoitiga ko‘proq mos tushadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyada xuddi shunday inflyasiya sodir bo‘lib, inflyasiya surati ba‘zan oyiga
1000% dan oshib ketdi. 1923 yilda giperinflyasiya tugagungacha narxlar darajasi ikki yil oldingiga nisbatan 30 milliard marotaba o‘sishi kuzatildi. Aytishlaricha, giperinflyasiya tugash davrida buxanka non sotib olish uchun bir zambil naqd pul talab qilingan ekan. Pul o‘zining qiymatini shunchalik darajada tez yo‘qotgan ediki, ish kuni davomida ishchilarga bir necha marotaba ish haqi to‘langan va pullar o‘zining qiymatini yo‘qotib qo‘yishidan oldin ertaroq pullarni sarflashlari maqsadida tanaffuslar e‘lon qilingan. Hech kim pulni jamg‘arishni xohlamagan, chunki ularning almashuv vositasi sifatida o‘rni yo‘qolgan va barter tizimi yanada rivojlanishiga olib kelgan. Operatsion xarajatlar yuqori darajada o‘sib, kutganimizdek, yalpi ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketgan.