Pulga keynsian, nokeynsian va boshqa qarashlar. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi.
AQSHning CHikago Universiteti professori Xalqaro Nobel mukofoti sohibi Fridmen XX asrning 70-yillarida yaratdi. II jahon urushiudan keyin AQSHda J.M.Keynsning ``pul kredit `` konsepsiyasinining qabul qilinishi AQSH iqtisodiyotini 1960- yillarga qadar inqirozsiz rivojlantirish imkonini berdi.
60-yillarga kelib Keynsning konsepsiyasi AQSHda ishlamay qoldi. YA`ni past va barqaror foiz stavkalari sharoitida ishsizlik darajasi oshib ketdi. Inflatsiyaning yillik darajasi 10 % ga etdi.
Maydonga M.Fridmen chiqdi. U aytadiki: AQSHdagi hozirgi inqiroz holati pullar taklifining keskin ko`payganligi bilan bog’liq. SHuning uchun pul massasining o`sish sur`atlarini nazorat ostiga olishimiz kerak. U taklif qildi. Pul massasining o`sishi 3-5 % darajasida bo`lishi kerak. Agar pul massasining yillik o`sish massasi 3 % dan ortiq bo`lsa, bu pul massasining o`sish suràtini sekinlashishiga olib keldi. Agar pul massasining yillik o`sishi 5 % dan yuqori bo`lsa mamlakatda inflatsiya kuchayadi. Fridmen ushbu taklifini amaliyotda qabul qilinishi AQSHda inflatsiya yillik darajasini bir yil ichida 10 % dan 5 % ga tushirish imkonini berdi.
1978 - yillarda AQSH kongressi AQSH federal zaxira tizimiga M2 yoki M3 agregatlarini nazorat qilish vazifasini yukladi. Hozirgi kunda AQSH markaziy banki M3 ,O`zekiston M2 pul agregatini nazorat qiladi.
Fridmen Markaziy bankning pullar taklifini tartibga solish imkoniyatiga qattiq ishonadi. U aytadiki, mamlakat bank tizimidagi ortiqcha pullarni Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali olib qo`yish mumkin. Fridmen tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash kerak degan g’oyani ilgari surgan. Uning fikricha banklar iqtisodiyotni haddan tashqari ko`p miqdorda kreditlab yuborishi mumkin, shu sababli Fridmen tijorat banklarining depozitlariga 100 % li majburiy zaxira qo`llash taklifini bergan.
Zamonaviy miqdoriy nazariya qog’oz pullar muomalasiga asoslanadi. Bu nazariya A. Marshall, amerikalik I. Fisher, shvedlar G. Nassel va B. Xansen, iqtisodchi A. Pigu, monetarist M. Fridmen tadqiqotlarida o`z aksini topdi.
Amerikalik iqtisodchi, statistik va matematik I.Fisher (18671942yy) pulning miqdoriy nazariyasiga yangi sifat kiritdi. U pulning mehnat qiymatini rad etdi va pulning «sotib olish quvvati»ga asoslandi.
Miqdoriy nazariyani matematik yo`l bilan isbotlamoqchi bo`lgan I. Fisher pulning «sotib olish quvvatiga» ta`sir etuvchi olti omilni ko`rsatdi:
M–muomaladagi naqd pul massasi;
V–pulning aylanish tezligi;
R–o`rta (tortilgan) baho;
Q–tovarlar miqdori;
MI–bank depozitlari yig’indisi;
VI–depozitchek muomalasi tezligi.
Tovarlar uchun to`langan pul yig’indisi, tovarlar yig’indisining tovarlar bahosiga ko`paytmasiga teng:
MV = RQ
Bu tenglamani Fisher «almashinuv tenglamasi» deb atadi. YUqoridagi formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin.
RQ
M=
V
Endi, Fisher nazariyasining ba`zi kamchiliklarini ko`rib chiqsak. Birinchidan, u tovarlar baholari yig’indisi o`rniga, barcha tovarlar miqdorining o`rtacha tortilgan baholarini oladi. (RQ). Uning fikricha, tovarlar bozorga bahoga ega bo`lmagan holda kirib keladi. Qiymat nazariyasiga ko`ra esa, tovar bozorga baho bilan kiradi. Demak, bahoni tovardan ajratish mumkin emas. Ikkinchidan, Fisher uzoq vaqt oralig’idagi V va Q o`zgaruvchilarni o`zgarmas (bir maromli) deb oldi. Buning natijasida esa ikkita erksiz o`zgaruvchi – pul miqdori va baho qoladi.
Uchinchidan, bu ikki o`zgaruvchilarning o`zaro bog’liqligidan kelib chiqib, Fisher baholar ko`lami natija bo`lib, u boshqa omillar o`zgarishiga sabab bo`la olmaydi, degan bir tomonlama xulosa chiqaradi. Pulning miqdoriy nazariyalaridan biri Kembrij yoki kassa qoldiqlari nazariyasidir. Bu nazariyani A. Marshall, A. Pigu keyinchalik J. Keyns targ’ib qilgan. Bu g’oya bo`yicha pul harakatining boshi bo`lib jismoniy va huquqiy shaxslarning xo`jalik aylanmada bo`lgan pullar (kassa qoldiq pullari) hisoblanadi. Kassa qoldiqlaridan A. Pigu fikri bo`yicha iste`mol fondlaridan tashqari sug’urta fondi, investitsiya bo`yicha jamg’arma fondi tashkil qilinishi kerak. Pigu tenglamasi «almashuv tenglamasi»dan farq qiladi. YA`ni unda yangi ko`rsatkich «jamg’arma koeffitsienti» qo`llanilgan bo`lib quyidagi ko`rinishda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |