Ms = f (Y x X)
Bu erda:
Mc – rejalashtirilayotgan kassa qoldig’i,
f – Y, X larning o`zgaruvchan funktsiyasi,
Y – milliy daromad,
X – yuqorida keltirilgan jami omillar
h, p, y, u – boshqa ta`sir etuvchi omillar.
Faqat monetarizm emas, balki boshqa nazariyalar ham pul massasi bilan ishlab chiqarish o`rtasida bog’lanish mavjudligini tan oladi. Farqi shundaki, monetarizm bu bog’lanishni bosh masala deb qaraydi. Uning namoyandalari pul massasiga ta`sir etuvchi choratadbirlar davlat investitsiyasidan farqliroq darhol iqtisodiy vaziyatiga ta`sir etadi, deb qaraydilar.
Monetaristlar iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga o`rtacha 3% oshirishni tavsiya etishadi.
Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan o`zgarishlarni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda va bir me`yorda olib borishni ma`qul deb bildilar. Bu me`yor shundayki, pul miqdorining o`sishi mehnat unumdorligining o`sishi sur`atiga nisbatan 12% yuqori bo`lishi kerak. Buning bir me`yorda o`sib borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va davriy tebranishlarni cheklashga imkon beradi. Monetaristlar tavsiyalariga binoan bir qator mamlakatlarda qonun yo`li bilan pul massasi aniq belgilanadi yoki yuqori, quyi chegarasi ko`rsatiladi. Monetarizm uchun bosh masala antiinflyatsion siyosatni asoslashdir. Monetarizm tavsiyasiga asoslangan ba`zi mamlakatlarda pul miqdori ustidan qattiq nazorat o`rnatish, inflyatsiyaning oldini olish iqtisodiy o`sishga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.
3-mavzu: Pul aylanmasi va uning tarkibi.
REJA:
1. Pul aylanmasi tushunchasi
2. Pul aylanmasining tarkibi
3. Naqd pul aylanmasi
4. Naqdsiz pul aylanmasi
1. Pul aylanmasi tushunchasi.
Pul aylanmasi – bu pullarning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlarning yig’indisidir. I. SHakerning ta`rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo`lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo`lib, bunda pullar muomala vositasi va to`lov funksiyasini bajaradi. Pulning bir qo`ldan ikkinchi qo`lga o`tishini SHaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga o`tishi. Pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Pul aylanmasidan tashqari to`lov aylanmasi degan tushuncha mavjud.To`lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To`lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag’larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to`lovlarning yig’indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |