2-mavzu Psixologiya kasbiy faoliyat turlari


Amaliy psixologik ish psixologlar faoliyat turi sifatida



Download 32,47 Kb.
bet7/8
Sana07.03.2022
Hajmi32,47 Kb.
#485929
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

2.7. Amaliy psixologik ish psixologlar faoliyat turi sifatida.
Shaxs faoliyatiga individual yondashuv yo‘nalishi bilan bog‘liq psixologik xizmatning ma’lum metodologik tamoyillarini ilmiy-tadbiqiy jihatdan asoslab beruvchi olim N.S. Leytes ma’lumotlariga qaraganda, asab tizimi nisbatan kuchsiz bo‘lgan kishilarda ko‘pincha bir xildagi ishning bajarilishida ma’lum afzalliklar borligi aniqlangan: ularning yuqori sezgirligi ta’sirchanlik muvaffaqiyatini taminlaydi, lekin u yoki bu faoliyat jarayonidagi favqulotda va kuchli qo‘zg‘aluvchilar asosida namoyon bo‘luvchi vaziyatlarda kuchsiz tipdagi kishilar aynan o‘zlarining fiziologik xususiyatlariga ko‘ra ishni uddalay olmay qolishlari mumkin. Chunonchi, asab tizimi tipi ancha kuchli bo‘lgan kishilar bir xil, ancha sust tipdagi kishilar esa boshqa xil vazifalarni bir muncha oson hal qiladilar. Asab tizimining kuchi bo‘yicha farqlanadigan kishilar bir xildagi vazifani hal etishga ko‘pincha har xil yo‘llar bilan borishlari kerakligini N.S. Leytes o‘z asarlarida har tomonlama asoslab berdiki, bu − psixologik xizmatda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan muhim jarayondir. Zero, faoliyat unumdorligi insonning o‘z potensial imkoniyatlari ko‘lamidan oqilona foydalanishning mahsulidir. Ye.A. Klimov, V.S. Merlin, V.M. Rusalov, B.M. Teplov tadqiqotlarida ham shaxs temperamenti asosida uning mashg‘ul bo‘lgan u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishdagi individual uslubning belgilanishi zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi ma’lumotlar bor.


2.8. Psixologik bilimlarni o‘rgatish psixolog faoliyati turi sifatida.
Psixologik bilimlar haqida so‘z ketar ekan, albatta mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlar o‘rtasida tafovutlar mavjuddir. Insonlar qiziqish doirasida bir biriga yordam qo‘lini cho‘zishlari mumkin, bu esa yaxshigina samara berish imkoniyati hisoblanadi. Unda mutaxassis psixologlarning nima zarurati mavjud. Bu savol hammaga berilishi mumkin. Ko‘pincha birinchi va ikkinchi kurs talabalari o‘zini psixolog sanash mumkinligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylanib qolishadi. Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlarning orasida bir qator farqlar mavjuddir. Bular quydagilar:
a) mutaxassis psixologlarda nazariy bilimlar tizimining mavjudligi, psixika va psixologiya tushunchalarining umumlashtirilganligi. Qiziquvchi psixologda bu bilimlar ko‘p bo‘lishi mumkin. U ko‘plab adabiyotlarni o‘qigan bo‘lishi mumkin, biroq ular haqidagi bilimlari yuzaki hisoblanadi, bu ma’lum bir davralarda o‘z bilimlarini namoyon qilishlari mumkin. Lekin bunday odamlar nazariy bilimlarga ega bo‘lmaganliklari uchun olingan bilimlaridan noto‘g‘ri foydalanishlari mumkin;
b) mutaxassis psixologning eng tayanch nuqtasi albatta bu uning ilmiy bilish usullaridan xabardorligi hisoblanadi. Agar psixolog ko‘p bilimga ega bo‘lsada, biroq usullarga ega bo‘lmasa ham qiynaladi. Shuning uchun ham usullardan keng foydalana olishi talab qilinadi;
v) mutaxassis psixolog har doim nazariy asoslarga ega bo‘lgan metodikalardan foydalana oladi. Bunda nazariya va amaliyotni bir maromda amalga oshiradi. Hattoki ba’zi vaqtlarda nazariy bilimlari oqsagan mutaxassis psixologlar to‘g‘ri tanlangan metodikalar yordamida vaziyatlardan oson chiqib ketishlari mumkin. To‘g‘ri, qiziquvchilar ham turli metodikalardan foydalanishlari mumkin, biroq ular bu metodikalarning mazmun mohiyatlarini tushunmagan holda ishlatishlari mumkin, bu holatlar esa sinaluvchilarga albatta salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
g) qiziquvchi psixolog faqat yaqinlariga yordam ko‘rsatsa, mutaxassis psixolog mijozlar bilan ishlab ularga to‘g‘ri maslahat ko‘rsatishi talab qilinadi. Bundan tashqari qiziquvchi psixolog hamma mas’uliyatni o‘ziga olsa, mutaxassis psixolog esa mas’uliyatni mijozda shakllantiradi;
d) mutaxassis psixolog boshqa mutaxassislar bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi, demak mutaxassis psixologlar har doim ma’lumotlarga ega bo‘ladi, bundan qiziquvchi psixolog mustasnodir;
ye) mutaxassis psixologda psixologik bilimlarning mavjudligi haqidagi hujjatning mavjudligi, bu esa mijozlarning ularga murojaat qilishlarida muhim o‘rin tutadi, chunki mijozlar albatta mutaxassislarga murojaat qilishni ma’qul ko‘rishadi;
yo) kasbiy axloqiy qoidalarga rioya qilish bo‘yicha ham shu ikki psixologlar o‘rtasida albatta farq mavjud. Bunda axloqiy qoidalar albatta mutaxassislarga o‘qish davomida o‘qitiladi;
j) mutaxassis psixolog o‘zini rivojlantirishda mutaxassislarning xizmatlaridan foydalanadi, qiziquvchi psixolog kitoblardan foydalanishi mumkin, biroq bu tizimli bilimlar hisoblanmaydi. Mutaxassis psixolog mustaqil o‘rganishga yo‘naltiriladi;
z) psixolog mutaxassisda mehnat psixogigienasi mavjud. Bunda mutaxassis psixolog boshqalarga yordam berish asnosida o‘zining sog‘lig‘iga ham befarq emasligini bilishi kerak bo‘ladi;
i) mutaxassis psixolog ko‘pgina yangi o‘ylab topilgan usullarga tanqidiy nigoh bilan qaraydi, masalan astrologiya, xiromantiya va boshqalarga.
Mutaxassis psixologning asosiy faoliyati albatta mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Inson o‘zini mehnat orqali namoyon qilishi mumkin. Psixologning mehnati haqidagi tasavvurlarni keltirib o‘tamiz:

  1. “Engil mehnat” ideali. Bunda inson mehnat qilmasdan ko‘proq maosh olishni o‘ylaydi. Bu aynan psixologlar uchun noto‘g‘ri bo‘lgan faoliyatlardan biri hisoblanadi. Chunki ular mehnatidan zavqlanishlari zarur.

  2. Noaniqlik tushunchasini kamaytirishga qaratilgan faoliyat. (antientropizm) murakkab ob’ektlarni osonlashtirish qobiliyati hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda ijodiy faoliyat uchun o‘rin qolmaydi.

  3. Qalban ko‘rlik. Ular boshqa insonlar bilan xursand va xafa bo‘la olishmaydi.

  4. Boshqalardan ustun bo‘lish xohishi. Bu ko‘plab psixologlarning bir-birlari bilan kurashishlariga sabab bo‘ladigan holatlardan biri hisoblanadi.



Download 32,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish