TELEFONDAGI SUHBAT
— Allo-allo, Hakimjon,
Sinfdoshing Ro‘ziman.
Futbol qalay, dam oldingmi?
— Endi keldim o‘zimam.
— Nima bo‘ldi, chiqardingmi
Yuzinchi masalani?
— Tashvish qilma, Nizom aytdi,
Ishlabdi Hasanali...
MAYIZ
— Oting nima, qizaloq?
— Menmi, tog‘a, Lolaman.
— Ol mayizdan bir hovuch.
— Yo‘q, odobli bolaman.
Hovuchingiz kattaroq,
Siz bersangiz olaman...
YALAYAPMAN
— Karimaxon, qayga ketding?
— Kel, sochimni tarayapman.
— Qatiqni tez olib chiq.
— Hozir, opa, qarayapman.
— Ozroq edi, ichib qo‘yma.
— Ichganim yo‘q, yalayapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |