2-mavzu: Po‘lat Mo‘min va Qudrat Hikmatning hayoti va ijodi. Xudoyberdi To‘xtaboyev va Farhod Musajon hayoti va ijodi. Miraziz A’zam va Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodiy faoliyati. Rеja



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana10.02.2022
Hajmi0,58 Mb.
#439903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza materiali

 
sehrli qalpoqeha bu
 
borada Hoshimjonga ko’mak berolmaydi. 
Sehrli qalpoqeha muhayyo etgan imkoniyatlar har safar kutilmagan ko’ngilsiz 
oqibatlarga оlib kelaveradi. Hoshimjonning baxti endi kulay deb turganda ishning 
paehavasi ehiqib qolaveradi. U davlat xo’jaligida agronom bo’lib ham, «shoirlik 
qilib» ham, qurilishda muhandislik qilib ham, qo’g’irehoq teartida artistlik qilib 
ham ko’radi, mashhur sayohatehi sifatida butun
 
dunyoni kezmoqehi ham bo’ladi. 


Lekin hamma yerda ilmining, tajribasining yo’qligi ishning paehavasini 
ehiqaraveradi. Hoshimjon qaerga bonnasin, qanday ish qilmasin pirovardida 
shannanda-yu sharmisor bo’ladi. 
Uning agronomlik va muhandislik «faoliyati» jinoyatga оlib keladi, 
qamalishiga sal qoladi, shoir bo’laman deb rasvo bo’ladi, «ulug’
 
artist» teatrdan 
quviladi. 
Qissada 
Hoshimjon 
o’z 
sayohati 
davomida 
qanehadan-qaneha 
ajoyibotlaming guvohi bo`lib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan keehiradi. U 
o’qimay, mehnat qilmay, o’z ustida ishlamay juda ko’p narsalarga erishmoqehi 
bo’ladi, lekin u
 
heeh narsaga erisha olmaydi. Chunki unga ilmsizligi pand beradi. 
Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun
 
qirralari bilаn oehishga uringan.
 
Bolalarga xos o’yinqaroqlik ham, soddaligu beg,uborlik ham, g’ururlilik, to’g’ri 
so’zlik, shumlik
 
bir oz maqtanehoqlik, hatto o’mida yolg’onni ham do’ndirib 
yuboradigan, o’zini boshqalardan ajratib ko’rsatishga intilish odatlari, bolalarga 
taqlidehilik, dovyurak, ерchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va ruhiy tushkunlikdan 
yiroqlik ham Hoshimjon xarakteriga xos xususiyatdir. 
Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devning o’limi» sarguzasht romani uch
 
qism (“O’rtoq polkovnik», «Sariq devni quvib», «Sariq devning o’limi уою olam 
guliston bo’lgani» )dan iborat. Вu
 
roman asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari 
yotadi. Кitobili o’qib uning
 
yangi sarguzashtlaridan xabardor bo’lasiz, sehrli 
qalpoqcha yanа madadga keladi, ajoyib-g’aroyib karomatlar ko’rsatadi. U 
Hoshimjonga jiddiy masalalarda – o’g’ri, muttaham, tekinxo’rlarni fosh etishda 
yordam beradi. 
Endilikda Hoshimjon аynаn avvalgi o’yinqaroq Hoshimjon emas, balki 
to’qqiz yillik maktabini bitirib, ulg’ayib, birmuneha quyulib, esi kirib, oq-qorani 
tanib qolgan yigitcha. Endi u
 
o’z hayoti, taqdiri, jamiyatga foyda yetkazadigan 
odam bo’lib yetishi haqida jiddiy o’ylaydi, biror kash egallash haqida bosh 
qotiradi. Вoshida sartarosh bo’ladi. «Bilasizku, bir ishga ahd qilsam, uni оxiriga 
yetkazmaguncha qo’ymaydigan odatim bor. Jonimni qiynab bo’lsa ham 


maqsadimga erishaman», deb shu
 
kash orqaliodamlarga xizmat qilishga bel 
bog’laydi.
Keyin milisiya maktabiga kirib o’qib, uni bitirgandan so’ng milisionerlikka 
ishga o’tadi. Кitobdagi barcha voqea-hodisalar, sarguzashtlar Hoshimjonning аnа 
shu
 
milisionerlik nuqtasidan boshlanadi, hamma gapso’zlar qahramonning shu 
kash-kori bilаn bog’liq holda davom etadi. 
Romanda yaxshilik, ezgulik ramzi sifatida milisiya polkovnigi Salimjon
uning
 
madadkori Hoshimjon, yomonlik, eskilik ramzi tarzida Odil battol 
gavdalanadi. 
Ular o’rtasida tinimsiz shlddatli kurash ketadi. Odil nihoyatda makkor, u 
Salimjon boshlga juda ko’p og’ir savdolar solgan, uyiga o’t qo’ygan, uning yakIш-
уu yolg’iz farzandining qo’liga to’pponcha tutqazgan, jinoyatga yetaklagan. 
Asar pirovardida butun umri davomida xalqqa, yaxshi odarnlarga zarar 
yetkazish bilan shug’ullangan Odil battol va uning hamtovoqlari qonuniy 
mag’lubiyatga uchraydi, haqiqat, adolat, ezgulik g’olib chiqadi. 
Xudoyberdi To’xtaboyev o’z romanida yulg’ichiarga, qalloblarga qarshl 
kurashda butun xalq bir kishiday bo’lib birlashsa, bu ishni butunlay o’z qo’liga 
olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni 
o’rtaga tashlaydi. 
«Sariq devni minib» qissasi, «Sariq devning o’limi» romanining eng yaxshl 
fazilatlaridan biri tilining shiradorligi va o’ynoqiligidadir. Muallif bosh qahramon 
Hoshimjonning tilini alohida е‘tibor bilan ishlagan. Bu til nozik qochirimlarga 
boyligi va jonliligi, shu bilan birgа bolalar tiliga mos holda soddaligi bilan аjralib 
turadi. Qahramonning xarakteri uning so’zlaridan shundoqqina bilinib turadi. 
Fantastik-sarguzasht janri bolalar adabiyotining eng qiziqarli janrlaridan 
biridir. Bunday asarlar bolalaming ongi va psixologiyasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, 
ularni o’qishga, o’rganishga, izlanishga o’rgatadi, jamiyatimizning faol 
quruvchilarini tarbiyalashga yordam beradi. «Qasoskorning oltin boshi» romani 
markazida bosh qahramon – tarixiy shaxs, xalq qasoskori Namoz taqdiri yotadi.
«Qasoskorning oltin boshl» tarixiy-biografik roman emas, shuning uchun ham 


muallif Namozning hayotini batafsil yoritib berishni maqsad qilib olgan emas. 
Lekin adib o’rni bilan uning hayotiga doir mа’lumotlar berib borgan. Bu 
mа’lumotlar uning xarakterini tushunib olishda kitobxonga yordam beradi. Namoz 
faqat jismonan emas, aqlan ham yetuk. U haqiqat uchun qasoskor, qо’chmas, 
tadbirkor, ochiq ko’ngil qahramon sifatida gavdalantirilgan. U аtrofiga o’zi kabi 
dovyurak yigitlarni to’plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi. 
Halolligi, mardligi, аdоlаtligi, yetimparvarligi uchun xalq Namozni yaxshi 
ko’radi va uni Go’ro’g’liga qiyos qiladi. «Go’ro’g’libek Namozboy qiyofasida 
paydo bо’lgan emish. Afsun o’qisa ko’zdan g’oyib bo’lib qolarmish. Undan o’q 
o’tmas emish, qilich chopmas emish...» 
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mаngu yashab 
kelayotganligi «Qasoskorning oltin boshi” da yaxshi chizib berilgan. 
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sir ochildi,”, «Aka uka 
Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz оlib kelganlari haqida jajji qissa», 
«Besh bolali yigitcha», «Shirin qovunlar mamlakatida уоki sehrgarlar jangi», 
«Mungli ko’zlar”, «Jannati odamlar” kabi yirik asarlarining yuzaga kelishl o’zbek 
bolalar adabiyotining yutug’i hisoblanadi. U bolalar uchun yanada o’qimishli 
asarlar yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda. 



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish