2-mavzu Pedagogikaning metodologik muammosi va tadqiqot metodlari
1.
Pedagoglik kasbining paydo bo’lishi va demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining o’ziga xosliklari.
2.
Sharq va G’arb mutafakkirlarining pedagoglik kasbiga doir fikrlari.
3.
Pedagogoning shaxsiy va kasbiy sifatlari
1-ILOVA
MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI (UY VAZIFASI UCHUN):
Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishi hamda lug‘at (Hasanboyev J. va boshqalar. pedagogika fanidan izohli
lug‘at. – T.: “Fan va texnologiyalar” Nashriyoti, 2008) Yordamida pedagoglik kasbi bilan bog‘liq
tushunchalar (Kasb, mutaxassislik, pedagogik mutaxassislik, pedagog, pedagogik malaka) va demokratik
jamiyatda pedagog rollari (fasilitator, tyutor, ingilator)ning namoyon bo‘lishini o‘rganish .
Pedagogika tarixiga doir o‘quv adabiyotlari (K.Hoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi. – T.: O‘qituvchi,
1996) bilan tanishish orqali sharq va g‘arb pedagoglarining pedagoglik kasbiga doir qarashlarini o‘rganish
va tahlil etish.
“Zamonaviy pedagog shaxsi modeli” bilan tanishish hamda har bir sifat va xususiyatga izoh yozish.
“Mening idealimdagi pedagog” mavzusida o‘n minutlik esse yozish.
esse – bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo‘lib, biror narsa-hodisa yoki
jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.
o‘n minutlik esseni yozish qoidalari:
1. Taklif etilgan mavzuga doir so‘zlar hajmi 500 tadan 1000 tagacha bo‘lishi mumkin.
2. “Pedagog deganda ko‘z oldimga ... keladi”, “mening fikrimga ko‘ra pedagog ... bo‘lishi kerak”,
“zamonaviy pedagog ... kabi sifatlarga ega bo‘lishi kerak” kabi jumlalardan foydalaning.
3. O‘zingiz
havas qilgan, siz uchun ideal bo‘lgan ustozlaringizdan biri misolida orzuingizdagi
pedagog timsolini gavdalantiring.
2-ilova
O‘ylash va juftliklarda fikr almashishga uchun qatralar (o‘ylar) dehqon
va muallim
(O‘tkir Hoshimov)
Dehqon nopob urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni bir o‘zi “o‘rib oladi”. o‘sha yili.
O‘qituvchi bolaning qalbiga nobop urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni butun jamiyat o‘rib oladi. yigirma yildan
keyin...muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamitni ichidan portlatuvchi bombadir! ustoz
(O‘tkir Hoshimov)
Ustoz otangdek ulug‘, deganlari bejiz emas. ota hayot beradi. ustoz esa yashashga o‘rgatadi.
tug‘ilishdan ko‘ra yashash qiyinroq....charxpalak
(O‘tkir Hoshimov)
Maktabimiz biqinidan ariq oqardi. ariqda charxpalak bor edi. katta tanaffusda charxpalakni
tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim... yog‘och gardishi ko‘hna, temir paqirchalari zanglab ketgan.
parraklariga ko‘kimtir suv o‘tlari yopishgan... birov yolg‘ondan
turtib yuborsa, rostdan qulab
ketadigandek... charxpalak nolali chiyqillab aylanadi. kiftida suv ko‘tarib yuqoriga olib chiqadi... tepaga
chiqib olgan suvi ortga qaytmaydi... charxpalak ham bunga ranjimaydi. yangidan-yangi suv tomchilarini
yuqoriga ko‘tarib beraveradi... nolali g‘iyqillaydi...
oradan ko‘p yillar o‘tib, o‘sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo‘ldi. nega shunday bo‘lganini
uzoq o‘yladim...
so‘ng... bir haqiqatni angladim. men
charxpalakni emas, ustozlarimni qumsar ekanman.
suv – suv emas, men ekanman! charxpalak – charxpalak emas, o‘qituvchilarim ekan!
meni – bir tomchi suvni katta hayot yo‘liga olib chiqib qo‘ygan ustozlarim – charxpalak zahmatini
oqlay oldimmikan?.. bilmadim.
...ko‘hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi...
3-ILOVA
BLITS-O‘YIN
FIKRLAR
guruh
javob
i
guruh
xatosi
kalit
indiv.
xato
indiv.
javob
Pedagog-
olimlar
Ustoz shogirdiga zug‘um
qilishga, ko‘p hollarda yon
berishga
intilmasligi kerak
Alisher
Navoiy
Ilm
beruvchining
ovozi
tinglovchilarning hammasiga
eshitilarli, meyorida bo‘lishi
kerak
Abu Nasr
Forobiy
Mudarris
ota-onasining
mansabi,
boyligiga
qarab
bolaga
muomala qilmasligi
lozim.
Imom Al-
Buxoriy
Yaxshi
o‘qituvchi
o‘quvchilarga
tayyorini
bermaydi,
tushuntirishga
o‘rgatadi
Abu Ali ibn
Sino
Bolalar
bilan muomalada
bosiq, jiddiy bo‘lish lozim
Adolf
Disterverg
O‘yinni o‘tkazish tartibi:
1) Talabalarga jadvalning chap tomonida berilgan tushunchalar bilan tanishib chiqish taklif etiladi;
2) Dastlab individual ravishda tushunchalarga mos javobni o‘ng tomondagi fikrlar orasidan tanlab,
tartiblangan raqamini “indiv. Javob” ustuniga (masalan “1” raqamli tushunchaga “10” raqamdagi javob)
yozish so‘raladi;
3) So‘ngra xuddi shunday tartibdagi ish kichik guruhlarda amalga oshiriladi. Ya’ni “guruh javobi”
ustuni to‘ldiriladi. Kichik guruh a’zolarida mazkur ustunga yozish uchun yagona javob bo‘lishi lozim;
4) O‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni o‘qiydi. Talabalar o‘zlariga berilgan qog‘ozning “kalit” ustuniga
javoblarni yozib chiqishadi.
5) Talabalar mustaqil ravishda kalitga asoslanib, “individual xato” va “guruh xatosi” ustunlarini
to‘ldiradi. Har bir talabaning va kichik guruh natijalari tahlil etiladi.