Interfaol metodlar asosida dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlar rivojlanadi:
1.O’quvchi o’qitilmaydi balki u mustaqil o’qishga va ishlashga o’rgatiladi;
2.O’quvchilarga bilimlar tayyor xolda berilmaydi. Balki ular darslik, internet va boshqa materialladdan izlaydi;
3.Sinfdagi o’quvchilarni o’z jismoniy va boshqa qobiliyatlariga qarab unga talab qo’yish kerak.
Interfaol darslar tashkil etilganda:
1. O’quvchilarning o’zaro faolligi oshadi;
2.O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikri va nuqtai-nazarini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi;
3. O’quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o’quvchi istak va xoxishi qondiriladi.
Darsni interfaol metodlar asosida tashkil etishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
1.O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;
2.O;quvchi-o’qituvchi-o’quvchilar jamoasi orasida ta’limiy aloqalar o’rnatiladi;
3.O’qitish usullari turli ko’rinishlarda kechadi(yakka, juft, kichik guruhlar);
4.O’quv jarayonida guruhda motivatsiya vujudga keladi;
5.O’quvchida o’zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashish ko’nikmasi shakllanadi;
6.Har bir o’quvchida mustaqil fikrlash, izlahishga olib keladi. Tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o’rganadi.
Shu o’rinda “novatsiya”, “innovatsiya”, “interfaol” atamalariga aniqlik kiritamiz.
Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat tushunchalari XX asrning 60-yillarida AQSH va G’arbiy Yevropada paydo bo’ldi. Ta’limda “novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalarini ajratish mumkin.
Innovatsiya atamasi (inglizcha –Innovation- yangilik kiritish, ixtiro degan ma’noni bildiradi).
Innovatsiya – muayyan tizimni ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatdir
Biror bir sohada uning biror bir elementi yoki qismlarini yangilash bu-novatsiya, O’sha sohani to’liq rivoji va yangilanish innovatsiyadir.
Pedagogik texnologiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
Bir butunlilik tamoyili (bunda ta’limda ta’lim va tarbiyaning uzviyligi tushuniladi);
Asoslilik tamoyili (Bunda aniq bir fan bo’yicha ko’proq bilimga ega bo’lish, ixtisoslashuv tushuniladi);
Madaniyatni anglash tamoyili (Jamiyat rivojidan kelib chiqib o’quvchilarga bilim berish, Madaniy taraqqiyot darajasidan kelib chiqib dars berish tushuniladi. Ushbu atamani XIX asrda Disterverg fanga kiritgan;
Ta’limni insoniylashtirish tamoyili (Humanitas). Ta’limga insoniylik nuqtai-nazardan yondashish tushuniladi. Bunadn tashqari ta’limga Tarix, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot fanlarining kiritilishi insonni insoniylashtirishga qaratilgan.Barcha narsalar insoniyat va uning taraqqiyoti uchundir g’oyasiga asoslangan;
5.O’qitib tadqiq etish- tadqiq etib o’qitish tamoyili- bunda Bunda o’qituvchi ham ta’lim beradi ham o’rganadi;
6.Ta’limning uzluksizligi tamoyili bunda ta’lim oluvchlarning bilim olishlari va uni xayotiy faoliyati davomida takomillashtirib borishlarini ifodalaydi. Shaxsga bir umrlik bilim berib bo’lmaydi. Har 5-10 yilda bilimlar bazasi o’zgarib boradi;
7.Faoliyatli yondashuv tamoyili- nazariya va amaliyotni bog’liqligiga asolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |