1.Ta`lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun
ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini xamda ularning o`z oldiga ta`lim
shakllarini optimallashtirish vazifasini ko`yuvchi hamkorligini hisobga olgan xolda dars berish
va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo`llash va belgilashning tizimli
usuli » xisoblanadi (YuNeSKO).
O`qitish texnologiyasi -
•
bu ta`lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan
optimal yo`llari va vositalaridir, bu ta`lim jarayonini o`zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt
davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta`lim jarayonlarini amalga oshirishni
instrumental ta`minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti);
•
bu mavjud jarayondir, ta`lim jarayoni sub`ektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan
tartibli harakatidir (PT jarayonli xarakat aspekti).
Pedagogik texnologiya – bu ta`limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik xodisalar
va jarayonlarda qo`llaniladigan tushuncha
«Pedagogik tizim», «ta`lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning
bir-biridan farqi
Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va
oldindan belgilangan pedagogik ta`sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o`zaro bog`lik vositalar,
usullar, jarayonlar birligidan iborat ma`lum bir butunlik (V.Bespal`ko).
Ta`limning predmet metodikasi – ta`lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o`rni,
uning vazifalari va ta`lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta`lim usullari,
shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi.
Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta`lim texnologiyasi kuyidagilarni ifodalaydi:
(1)
pedagogik
tizimning
tarkibiy
qismlarini
(komponentlarini),
(2)
ta`lim
texnologiyasining tarkibiy qismlarini (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta`lim
metodikasining keyingi darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o`quv
jarayoni katnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi.
Predmet metodikasidan o`qitish texnologiyasining farki:
•
faqatgina «qanday o`rgatish?» savoliga javob bermay, balki u muhim
qo`shimchalar kiladi - «samarali natija olish uchun qanday o`rgatish va qanday optimal o`quv
jarayonini tashkillashtirish?»;
•
aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki anik vazifalarga tayangan holda
aniq pedagogik g`oya asosida loyihalashtiriladi;
•
natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;
•
bilim olishda, ta`lim beruvchiga yunaltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan
farqli o`laroq, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan xolda yutuqlarni ta`minlaydi va ta`lim
oluvchilarga yo`naltiradi.
Pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:
•
tajriba o`tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;
1
Қ
Усмонов
С
.
А
.
Педагогик
технология
асослари
.-
Т
.:
Ўқ
-27
бетлар
.
•
ma`lum muddatda va talab bo`yicha qo`yilgan maqsadni amalga oshirishda shubha
tug`dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta`lim modeliga tayanadi;
•
ta`lim maqsadi qo`yilgandan so`ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so`ng,
taxmin qilingan o`quv natijalari shakllangandan so`ng va ta`lim jarayonining ketishi buyicha
qo`yilgan talablardan so`nggina xarakatni boshlashi mumkin.
.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda jahon ta`lim maydoniga kirishga yo`naltirilgan yangi
ta`lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o`quv-tarbiya jarayonining
nazariyasi va amaliyotida sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lmoqda. Ta`limdagi yondashuvlar tarkibi
o`zgarmoqda.
Ta`lim tarkibi yangi protsessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatining
rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyoti ijodiy echimining ta`lim dasturlarini
individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.
Axborotning an`anaviy usullari og`zaki va yozma nutq, telefon va global masshtabli
telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.
Pedagogik jarayonning muhim tarkibini talaba bilan pedagogning shaxsga yo`naltirilgan
o`zaro munosabatlari tashkil etadi. Ijtimoiy bilimga teng bo`lgan pedagogik texnologiyalarning
shakllanishida fanning roli ortib bormoqda.
Pedagogik
ta`lim
texnologiyalarning
psixologik-pedagogik
nuqtai
nazardan
takomillashuvining asosiy yo`nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi:
1) yodlashdan eslab qolish funktsiyasiga o`tish, ya`ni o`zlashtirilganini ishlatish imkonini
beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o`tish;
2) bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga
o`tish;
3)
o`rtacha
talabaga
yo`naltirilganlikdan
o`qitishning
differentsiallangan
va
individuallashtirilgan dasturlariga o`tish;
4) talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma`naviy irodali tartibga solinishga o`tish.
Ta`limda zamonaviy didaktika va ta`lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi
g`oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi ishlatilmoqda. Bunda
har xil pedagogik tizim bilan o`qitish texnologiyalari o`rtasida bog`liqlik, amaliyotda davlat
ta`lim tizimining yangi shakllari (qo`shimcha va al`ternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon
sharoitida o`tmishning pedagogik tizimlarini qo`llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda
pedagog, boshqaruvchi keng ko`lamli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g`oyalar, o`quv
muassasalar, yo`nalishlarda ma`lum bo`lgan narsalarni qayta ochishga vaqtini sarflash kerak
emas.
Bugungi kunda savodli mutaxassis bo`lish uchun ta`lim texnologiyalarning hammasini
o`rganish lozim.
Hozirgi vaqtda pedagogik lug`atda pedagogik texnologiya tushunchasi mustahkam
o`rnashgan. Adabiyotlarda o`nlab ta`riflarni uchratish mumkin. Keling ularning ba`zilarini qarab
o`taylik. Jumladan, pedagogika fani va amaliyotida «pedagogik texnologiya», «ta`lim
texnologiyasi», «o`qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Qo`yida
ularning ba`zilarini ko`rib chiamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |