“Pedagogik texnologiya” fanining qonuniyatlari, asosiy kategoriyalari, ustuvor tamoyillari
Biz yuqorida pedagogik texnologiyaning mohiyat mazmuni bilan tanishib chiqdik. Pedagogik texnologiyaga berilgan tariflarni taxlil qildik. Nega xozirgi kunda bu soʼzga “Ilgʼor”, “Yangi” soʼzlarni qoʼshib,”Ilgʼor pedagogic texnalogiylar” yohud “Yangi pedagogic texnologiyalar” fenomeni koʼp ishlatiladigan boʼlib qoldi.
Endi ushbu tushunchalarga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Maʼlumki, pedagogic texnologiya muamosi yaʼni oʼqitishga texnologik yondashish XX asrning 40-50yillaridan Gʼarb mamlakatlarida, ayniqsa, АQShda maydonga kelib, taʼlim samaradorligini oshirishdagi ahamyati ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan yedi. Аmmo sobiq ittifoq davrida bu nazaryaga burjua idealogiyasining sarqiti, bixeviorizim taʼlimotiga asoslangan gʼoya deb qaralib, uni taʼlim muassasalarinng oʼqitish jarayoniga tadbiq etish man yetilgan yedi. Bunga faqat milliy mustaqillik yoʼl ochib berdi va biz pedagogic texnologiyalrga taʼlimni harakatlantiruvchi kuchi ekanligini anglab yetdik hamda mamlakatimizdagi yetuk pedagog olimlarning (N.Saidaxmedov B.Farberman M.Ochilov, K.Zaripov va h.k) ilmiy-nazariy xulosalari tufayli Pedagogik texnologiyalarni taʼlim tarbiyaga qoʼllay boshladik. Shuning uchun bu soʼzga biz “Yangi”tushunchasini qoʼllanik. Pedagogic nazaryaning talimotiga koʼra har qanday samaraga olib boruvchi, faoliyatning sifat koʼrsatgichlarini taʼminlovchi gʼoya yoki qoida ilgʼordir. Tainki, har qanday ilgʼor gʼoya va tajribaga asoslanadi hamda sinaladi. Shunga asosan ilgʼor pedagogic texnologiyalar ham tajribada sinalib, yaxshi natija berganligi sababli uni oʼ[qitish jarayoniga tadbiq etish lozim deb topildi. Shuning uchun biz bugun taʼlim va tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish lozimligini his yetib, uni ilgʼor pedagogic texnologiyalar deb atashga haqlimiz.
Yangi pedagogic texnalogiyalar deb atashimizning birinchi sababi shundan iboratki, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida mamlakatimiz taʼlim muassasida taʼlim mazmuni yangilandi, yangilangan taʼlim mazmuni yesa uni oʼz yestemolchilarihga yetkazishni yangicha yoʼllarini izlab topishni taqozo qilsa, ikkinchidan, taʼlim malumotlarini oʼquvchilarga yetkazishda pedagogic texnologiya loyihalaridan keng foydalinadi.
Shuningdek, koʼgina xorijiy mamlakatlarda, rus va oʼzbek tillarida yozilgan pedagogik adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya” ”Taʼlim texnologiyasi” , “Oʼqitish texnologiyasi” “Taʼlimiy texnologiya ” tarzida talqin qilinadi.
Buni qanday izohlash mumkin? Maʼlumki “Pedagogik texnologiya” atamasi ingilizcha “Аneducational technology ” soʼzidan olingan boʼlib, aynan tarjimasi “Taʼlim texnologiyasi” degan maʼnoni bildiradi. Chunki, Аngliya АQSh va boshqa koʼpgina Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarning oliy taʼlim muassasalarida pedagogika fani oʼqitilmaydi. Shuning uchun “Pedagogik texnologiya” soʼzi oʼrnida “Taʼlim texnologiya”si tushunchasi ishlatiladi. Demak, “Taʼlim texnologiya”si tushunchasi ham pedagogic atama xisoblanadi degan xato boʼlmaydi. Yeʼtirof etish joizki MDXga shu jumladan bizning Respublikamiz Taʼlim tizimida shaxsni shakllantirish, uni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish buning uchun oʼqitish, tarbiyalash, ishlarini ijtimoiy talab va yehtiyoj asosida tashkillashtiruvchi fan sifatida.”Pedagogika fani oʼqitilib kelinmoqda.” Shu nuqtai nazarda atamani “Pedagogik texnologiya”deb atasak va ishlatsak maqsadga muvofiq boʼladi.
Oʼqitish va tarbiyalashda oʼqtuvchi va oʼquvchilarni hamkorlikdagi faoliyat yoʼli “Metod” atamasi tarzida qoʼllaniladi. Shu bois koʼpgina xollarda ishlatiladigan “Taʼlim texnologiyasi”, “Oʼqitish texnologiyasi”, “Taʼlimiy texnologiyalar” atamalri ham, “Pedagog texnologiya ” atamasing negizini tashkil yetadi. Аmmo u “Taʼlim metodi tushunchasi nisbatan keng mazmunga yega .” Shunga koʼpgina gʼarbiy Yevropa mamlakatlari vqa АQShda “Pedagogika”fani mavjud yemas. Shunga binoan “Taʼlim texnologiyasi- taʼlim maqsadiga yerishish jarayonini umumiy mazmuni, yaʼni avvaldan loyihalashtirilgan taʼlim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma -bosqich amalgam oshirish, aniq maqsadga yerishish yoʼlida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda taʼlim jarayonini yuqori darajada boshqarishda ifodlaydi.”
Demak taʼlim texnologiyasi taʼlimni yagona maqsadi (taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ga yerishish uchun mashgʼulov mavzusining mazmunidan kelib chiqib oʼqitish, oʼrganish uchun taʼlim modellari (Taʼlim tuzulmasi metod, usul vositalar)ni aniq ishlab chiqish va uni samarali amalgam oshirishni nazarda tutadi.
“Oʼqitish texnologiyasi- dars mobaynida maʼlumotlarni uzatish, vaqt va sharoit mezoniga monand tarzda yeng samarali usullarini qoʼllashni tartibga soluvchi oʼzaro muloqot jarayonidir ”. Bu tarifda oʼqitish jarayonida oʼqituvchi oʼquvchilar uchun taʼlimning qulay usullarini dars mavzusi va uning mazmuniga mos ravishda tanlash inobadga olinmoqda. Bunda oʼqitish va oʼrganish jarayonining samarali usullarini tanlash hamda qoʼllash mashgʼulot oldiga qoʼyilgan vazifani toʼliq hal etish amalga oshadi.
Shunday qilib “Taʼlim texnologiyasi”, “Oʼqitish texnologiyasi,” “Pedagogik texnologiya” tushunchalari. foydalanishga endi qoʼl urilmoqda. Bu esa taʼlim targʼibotchilari uchun yangi hodisadir. Shunga asosan biz «pedagogik texnologiya» tushunchasiga «yangi» soʼzini qoʼshib, uni «yangi pedagogik texnologiyalar» deb atashimiz mumkin degan xulosaga kelamiz.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya ilmiy nazariyaga asoslangan, maqsadni belgilash va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy-pedagogik, falsafiy nazariyaga suyangan, vazifa (maqsad), faoliyat, natija yaxlitligi, taʼlim-tarbiya muvaffaqiyatini taʼminlaydigan, taʼlim-tarbiyaning loyihalangan jarayoni, printsiplari, usullari, vositalarining oʼzaro hamkorlikdagi birligidir. Shu bois ham BMTi xuzuridagi nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan tan olindi va amalga keng kullanilmokda.
Shu oʼrinda pedagogika fanlari doktori, professor M. Ochilovning fikriga qoʼshilgan holda pedagogika nazariyasi va amaliyotida tan olingan va ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan pedagogik texnologiyaning mohiyat-mazmuniga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
- taʼlim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda oʼquvchilar bilan
qayta ishlab chiqish;
- tizimli yondashuv asosida talabalarning oʼqish - bilish faoliyatini tasvirlaydigan taʼlim jarayoni loyihasini tuzish;
- taʼlim maqsad real, aniq diagnostik boʼlishi va oʼquvchining bilim oʼzlashtirish sifatini obʼektiv baholashi;
- taʼlim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, oʼzaro bogʼliq va oʼzaro taʼsirda boʼlishi;
- taʼlim shakllarini optimallashtirish (qulaylashtirish);
- taʼlim jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining oʼzaro taʼsirini hisobga olish;
- taʼlim maqsadlarini koʼzlagan etalon asosida oʼquvchilarning kuzatiladigan, oʼlchanadigan harakatlari shaklida oydinlashtirish;
- talabaning faolligiga tayanib oʼqitish;
- bilim oʼzlashtirish jarayonida yoʼl qoʼyilgan xatolarni aniqlab, kuzatib borish;
- shakllantiruvchi va izohlovchi baholar;
- belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
- taʼlimning kafolatlanganligi;
taʼlim samaradorligining yuqoriligi» .
Yuqorida sanab oʼtilgan sababli shartlarning bajaralishi jihatidan iqtisodiy-siyosiy, maʼnaviy-ijtimoiy va maʼrifiy taraqqiyotni taminlay oladi hamda insonning maʼnaviy-axloqiy salohiyati intellektual va jismoniy-maʼrifiy barqarorligi uchun zamin yaratadi. Shu bois p pedagogik texnologiyalarni uzluksiz taʼlimning oʼqitish-tarbiyalash jarayoniga tadbiq etish kechiktirib boʼlmas ijtimoiy-pedagogik hodisa hisoblanadi.
Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yoʼlga qoʼyib, boʼlajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi boʼlishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon – eʼtiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, maʼnaviyati, dilkashligi, talabchanligi, qatʼiyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular oʼqituvchiga kasbiy xususiyatlarni oʼzida tarbiyalab borishga koʼmaklashadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqoridagi keltirilgan tariflar Pedagogik texnologiyaning mazmun –mohiyatini anglash va tushunish uchun imkon yarata oladi. Аmmo pedagogik texnologiyani bugungi kunda taʼlim-tarbiya jarayoniga qoʼllashning qanday zaruriyati paydo boʼldi. Taʼlim tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish XXasrning 70-80yillari, pedagogik jarayoning optimallashtirish (XXasrning 80-90 yillari) gʼoyalaridan pedagogik texnologiya qanday afzalliklari bilan farqlanadi, yosh avlodni ijtimoiy-iqtisodiy hayot, maʼnaviy-siyosiy faoliyatga tayyorlash va ularni barkamol insonlar qilib rivojlantirishga qanday uning imkonyatlar yarata oldi. Endingi fikrimiz shu toʼgʼrisida boʼladi.
Начало формы
Начало формы
Начало формы
Do'stlaringiz bilan baham: |