«Pedagogikaning umumiy asoslari» bo’limi «O’qituvchilik kasbining ijtimoiy mohiyati», «Pedagogika fani va metodlari», «O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi», «SHaxsning o’sishi, shakllanishi va tarbiya-si», «Barkamol shaxs tarbiyasining maqsad va vazifalari» boblaridan iborat. Bo’lim uchun ajratilgan 40 soatning 29 soati nazariy va 11 soati amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan.
Amaliy mashg’ulot ishlari mazmuni quyidagilardan iborat:
«Mustaqil O’zbekistonga qanday o’qituvchilar kerak?» Ilg’or tajribali o’qituvchilar bilan uchrashuv. (2 soat)
«Tarbiyaning tarixiy, umuminsoniy va milliy xususiyatlari» mavzusida seminar. (2 soat)
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra ummiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining asoslanishi. (1 soat)
«O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni mohiyati» mavzusida seminar. (2 soat)
O’quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tuzish tartibi. (2 soat)
A. Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida va hadislardan axloq tarbiyasiga oid mavzularni tahlil qilish. Amaliy ish. (2 soat)
«Ta’lim nazariyasi» bo’limi «Ta’lim nazariyasining maqsad va vazifalari», «Ta’lim mohiyati», «Ta’lim jarayoni tamoyillari», «Ta’lim jarayonining mazmuni», «Ta’lim jarayonining metodlari», «Ta’limni tashkil etish shakllari», «O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish va baholash» boblarini o’zida aks ettiradi. Bo’lim uchun ajratilgan 45 soatning 27 soati nazariy va 18 soati amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan. Amaliy mashg’ulot ishlari mazmuni quyidagilardan iborat:
Boshlang’ich sinflarda ta’lim jarayonini kuzatish va tahlil qilish (2 soat).
Amaliy ish. O’quv rejasi, dasturi va darsliklar tahlili (2 soat).
Kitob va darsliklar ustida ishlash metodi (1 soat).
Didaktik o’yin ta’lim metodi sifatida (1 soat).
Yangi bilimlarni beruvchi va dastlabki mustahkamlovchi dars (1 soat).
Ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi-mustahkamlovchi dars (1 soat).
Bilimlarni umumlashtiruvchi-takrorlovchi va nazorat darslari (2 soat).
Aralash dars (1 soat).
Ekskursiya darsi (1 soat).
O’quv ustaxonasi va maktab tajriba yеr maydonida amaliy mashg’ulot (1 soat).
Hozirgi zamon darslari va ularga qo’yiladigan talablar. Umumlashtiruvchi-konferensiya darsi (2 soat).
Bilimlarni baholash shartlari va ularga qo’yiladigan talablar. Baholash tizimi, baho me’yori (1 soat).
Maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish va baholash tizimini o’rganish (2 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |