6
“Front kundaligi” asari muallifi, mashhur rumin publisisti va yozuvchisi
Xarlamb Zinke ham urush yillarida O’zbekistonga 18 yoshida evakuasiya qilingan
edi. U Samarqandda kolxozchi Abdurasul Jo’rayev oilasida yashagan.
1944 yil noyabr oyidan Toshkentda ko’chirish markazi faoliyat yuritgan va
unda bolalar uyi rahbarlarining eng yaxshilari navbatchilik qilishgan. Bolalar
ko’chirish markazidagi ishni ham havfsiz edi, deb bo’lmasdi,
chunki bolalar
haftalab yo’lda bo’lishi va ular orasida dizenteriya, teri kasalliklari keng tarqalgan
edi.
1941 yilning 16 oktyabrida karantin bolalar uyi ochilib, unda bolalar ikki
hafta mobaynida vrachlar nazorati ostida bo’lishgan va faqat keyin stasionar
bolalar uylariga jo’natilganlar. Bu yillarda patronat-ko’chirib keltirilgan bolalarni
tarbiya qilishga olish keng tarqaldi. Masalan, leningradlik qizaloq-Fainani Usmon
Yusupov va uning xotini Yuliyey Stepanenko tomonidan olinishi birinchi
voqyealardan bo’ldi. Barchaga toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va
uning xotini Bahrialning jasorati ma’lum. Ular turli millatdagi 14 bolani o’z
oilalariga qabul qilishgan.
Viloyat va tuman bolalar uylarini tekshirish va yordam berish uchun maxsus
vakillar jo’natilgan. Ulardan biri sevimli artisti-Sora Eshonto’rayevadir.
Toshkentdagi 110 sonli maktab to’rtta ko’chirib
keltirilgan bolani qabul
qilishdi va ularga alohida xona ajratishdi. Evakuasiya qilingan bolalarni o’qitish
bo’yicha ham choralar ko’rila boshlandi.
1944-1945 yillarda ko’r va kar bolalar uchun maxsus sinflar tashkil qilindi.
1942 yil avgustda “Pravda” gazetasida A.Tolstoyning O’zbekistondagi ta’ssurotlari
haqidagi maqolasi e’lon qilindi.
Urush
davri
mobaynida
bolalar
uylari
tarmog’i
va ulardagi
tarbiyalanuvchilar soni muttasil oshib borardi. 1945 yil oxirida respublikada 267 ta
bolalar uyi mavjud bo’lib, ularda 30792 tarbiyalanuvchi bo’lgan.
Harbiy davrda davlat va jamoat tuzilmalarining katta harakatlari bolalarning
maktabda o’qishlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Maktabgacha ta’limi bo’limlari
nafaqat o’quv jarayonini boshqarishgan, balki maktablarning frontdagilar, ularning
oilalari, ko’chirib keltirilgan bolalarga kerakli yordamlarni ham tashkil qilishgan.
1942 yildan boshlab shahar va qishloq maktablari oilalar va frontchilarga yordam
ko’rsaishgan. Ularga issiq ovqat, darsliklar, daftarlar, kiyim-kechak berilgan. 76,
165 sonli maktablarning o’quvchilari kasal bo’lgan sinfdoshlar va ularning oila
7
a’zolari-onalari, buvilariga yordam berishgan va tushlik tayyorlashgan, oziq-ovqat
va yoqilgi olib kelishgan, yosh go’daklarga qarab turishgan.
Toshkentning 50 sonli maktabi yaxshi tashabbus bilan chiqdi. Ya’ni 1943
yildan boshlab 150 kishilik bolalar dam olish maskani tashkil qilindi. Bu maskanda
boshlang’ich sinf bolalari soat 19:00 gacha qolishardi.
Bolalar bu yerda gigenik
talabalarga javob beruvchi, yuqori sifatli tushlik bilan ta’minlanishgan,
o’qituvchilar nazorati ostida dars tayyorlashgan, sayr qilishgan.
Urushgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda maktabdan tashqari muassasalar,
shuningdek to’garak, ma’ruza, mavzuli kechalar keng tarqaldi. Badiiy ijod uylari
va saroylarida turli turdagi badiiy, mehnat, vatanparvarlik, estetik va jismoniy
tarbiya amalga oshirilgan. Maktabdan tashqari bolalar muassasalariga jiddiy
qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keldi. Chunki ularning aksariyati o’z
binolarini
ko’chirib keltirilgan qilingan tashkilot, korxonalarga yotoqxona qilib bergan edi.
Boshqa ba’zi maktablardan tashqari muassasalar yopilgan edi. Urush davrida
faoliyat yuritgan muassasalar ishni qayta qurishda ko’p ijodiy tashabbus
ko’rsatishgan.
Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko’proq bolalarning
badiiy tarbiyasiga bog’liq to’garaklar ochilgan bo’lsa, urush yillarida esa
aviamodelchilar, yosh tabiatshunoslar, texniklar, fizik va ximiklar to’garaklari soni
ko’paydi. Bunday to’garaklarda ishlash bolalarning va o’smirlarning texnik
qobiliyatlarini oshirdi va ularda turli mehnat sohalarida ko’nikmalar paydo qildi.
O’zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyining 1942 yil bolalar
rasmlarining ko’rgazmasini tashkil qilish bo’yicha tashabbusi.
Rasmlardan urush
dahshatlari bilan to’qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. 400 ta eng
yaxshi rasm katta muvaffaqiyat bilan Moskvada ham namoyish qilingan,
keyinchalik esa Amerika rassomlarining iltimosiga ko’ra Nyu-Yorkdagi
ko’rgazmada ishtirok etgan.
Urush yakunlanganidan so’ng ko’pgina ko’chirib keltirilgan qilingan bolalar
oilalariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining
kamayishi kuzatildi.
1956 da O’zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan birinchi
oltita internat-maktabni ochdi: 2 tasi Toshkentda, qolganlari Yangiyo’l, Farg’ona,
Qo’qon, Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga ko’paydi va
o’zida 38000 ta tarbiyalanuvchini yig’di. Maktab-internatlar yangi turdagi o’quv-
tarbiya muassasalari bo’lib, unda bolalarning o’qishi va rivojlanishi uchun juda
yaxshi sharoitlar yaratilgan. Bunaqa muassasalar faoliyatining asosiy yo’nalish
8
turlari axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya, mehnat ko’nikmalarini paydo qilish, hayot
bilan aloqani amalga oshirish bo’lgan. Keyinroq respublikada yangi maxsus
maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi, san’at maktabi, sport maktabi
ochildi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy nogiron
bolalar uchun ham maktab-
internatlar tashkil etildi. 60-yillar boshqa turdagi tarbiya muassasalari: bolalar
bog’chasi, yaslilarning rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu muassasalarning faoliyat
yuritishiga qaramay, bunday maktablarning ilg’or tajribasi matbuot va pedagogik
nashrlarda yoritilmagan. Natijada respublika ijtimoiy pedagogik fani bugungi
kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga asoslanadi.
XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o’smirlarning deviant
axloqi keskinlashdi. XX asrning 80-yillarida
alkogolizm, narkomaniya va
taksiomaniyaga qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala
ko’ndalang qo’yildi. Shunisi e’tiborliki, bunaqa muammolarning paydo bo’lishi va
tarqalishi maktabning oila bilan munosabatida bir qator muammolarni keltirib
chiqardi.
O’quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko’nikmalarini hosil qilish ta’minlash
shakllaridan biri o’quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo’ldi.
Unda bolalar turli kasblarga o’qitilgan. Bunga misol qilib Toshkentdagi 210-TTZ
ishlab chiqarish korxonasini keltirish mumkin.
Maktab faoliyati va bolalarni himoyalashning ijtimoiy- pedagogik
asoslaribilan birga, maktabgacha tarbiya yo’nalishi ham rivojlanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: