Modernizatsiyalash – jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulk ob’ektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari – mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |