TURGOR VA PLAZMOLIZ
O'simlik hujayrasi qobig'ining asosiy qismi pektosellyulozadan iborat. Pektosellyulozali qobiq suv va unda erigan moddalarni yaxshi o'tkazadi. Plazmolemma va tonoplast yarim o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, suvni juda yaxshi o'tkazadi, ammo unda erigan moddalarni sekin o'tkazadi. Agar hujayra toza suvga tushirilsa, hujayra shirasining osmotik bosimining yuqori ekanligi tufayli, hujayra suvni tortib ola boshlaydi. Buning natijasida vakuolaning hajmi ortadi va hujayra sitoplazmasini siqa boshlaydi va uni hujayra qobig'iga yaqinlashtiradi. Bu esa hujayra qobig'i ichki bosim ta'sirida cho'zilishiga va hujayra qobig'ining taranglashishiga olib keladi.
Bu holat hujayraning turgor holati deyiladi. Hujayra po'stining taranglashishiga olib keluvchi ichki kuchni turgor bosimi (T) deb ataladi. Aynan hujayralarning tarangligi butun o'simlik organizmini tik turish qobiliyatini ta'minlaydi. Agar hujayra yuqori kontsentrasiyali eritmaga, masalan osh tuzi eritmasiga solinsa, hujayra shirasidagi suv tashqi eritmaga chiqa boshlaydi va hujayraning hajmi kichrayadi. Shuning bilan birgalikda sitoplazma ham qisqaradi va u hujayra po'stidan ajrala boshlaydi. Hujayraning bunday holatini plazmoliz deb ataladi.
Plazmoliz holatidagi hujayra toza suvga tushirilsa, u suvni shimib yana o'zining avvalgi holatiga qaytadi. Bunga deplazmoliz deyiladi. Asosan plazmolizning uch xil holati kuzatiladi, ya'ni plazmolizning boshlang'ich fazasi, botiq va qavarik plazmoliz.
O'simlik hujayralarining turgor holati fiziologik jarayonlarning muqobilligini belgilaydi. Buning uchun hujayra shirasini osmotik bosimi tuproq eritmasining osmotik bosimidan katta bo'lishi lozim.
Sxemadan ko'rinib turibdiki, ushbu tashiluv hujayralari bir-biri bilan hujayra devorlari va plazmodesmalar bilan tutashgan bo'lib o'simliklar moddalar almashinuvining markazida ularning tashiluvi turibdi va u o'simliklar tanasida uzluksiz bir necha bosqichlardan iboratdir. Apoplast bo'yicha ya'ni hujayra oraliqlari va hujayra devorlari hosil bo'lishi davrida va simplast bo'yicha hamda ehtimol endoplast bo'yicha, ya'ni ER uzluksiz sisternalari bo'yicha. Ammo moddalarning uzoqqa tashiluvining asosiy yo'li bo'lib ksilema va flozma to'qimalaridan tashkil topgan o’tkazuvchi tizimlar hisoblanadi.
Binobarin, yuksak o'simliklar murakkab biologik tizim bo'lib uning funksional faolligi 10-15 dona organning va 30-40 dona maxsus to'qimalarning hamda bir necha o'n guruh hujayralarning faoliyati tufayli ta'minlanadi. Yopiq urug'lilarda hujayralarning 80 donaga yaqin hujayra tiplari qatnashadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, sodda hayvonlarning eng birinchi vakillaridan bo'lgan gidraning tanasi ikkita to'qimadan, ya'ni ektoderma va endodermadan iborat bo'lib ularning tarkibiga 10 dona atrofidagi har xil hujayralar kiradi. Chuvalchanglarda esa 10-12 dona atrofidagi maxsus to'qimalar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |