Amir Temurning hayoti-ijtimoiy siyosiy faoliyati
SOLNOMASI
1336 yil Temurbekning tavallud topishi (9 aprel Shahrisabzga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i)
1360 yil Temurbekning otasi Tarag‘ay bahodir vafot etdi.
1360-1361 yil. Temurbek movaraunnahrni bosib olgan Mo‘g‘iliston xoji Tug‘luq Temurxon (1348-1363) xizmatida.
1362 yil Temurbek Moxanda turkman Alibek Joniqurboniy qo‘lida tutqunlikda (62 kun)
1363 yil Temurbek amir Xusayn bilan birgalikda Seiston Hokimi Malik Qutbiddinning taklifi bilan yordamga bordi. Zuranj qal’asi uchun bo‘lgan urushda o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘idan yarador bo‘ldi. Temurbek amir Xusayinning say-harakati bilan mo‘g‘ullar Movaraunnahr tuprog‘idan surib chiqarildi. (1363 kuz fasli).
1364 yil Samarqandda qurultoy chaqirildi. Durji ibn Ilchigiday ibn Duvaxon Chig‘atoy usulida xonlik masxadiga o‘tkazildi (20 mart). Shu munosabat ila Temurbek bilan amir Xusayin oralariga nizo tushdi.
1365 yil Mo‘g‘iliston xoji Ilyosho‘jaxon (1363-1369) katta qo‘shin bilan Turkiston bilan Movaraunnahr ustiga bostirib kirdi. (aprel).
Chinoz atrofida mug‘illar hamda Temurbek bilan amir Xusayn qo‘shinlari o‘rtasida katta urush bo’ldi.
Ittifoqchilar (Temurbek bilan amir Xusayn) mag’lubiyatga uchradilar (22 may). Bu urush tarixda “Jangi loy” deb ataladi.
Mo`g‘ullar Samarqand ostonasida Shaharda xokimiyatni sarbadorlar o‘z qo‘llariga oldilar. Shahar xalqi sarbadorlar yetakchiligida mug‘ulllarni tor-mor keltirdilar.
1366 yil Sarbadolarning boshliqlari Abubakir Kalaviy va Hurdak Buxoriy amir Xusayning amri bilan o‘ldirildi (bahor, Konigil).
1366-70 yillar Temurbekning zavjayi muxtaramasi Turkan og‘a vafot etdi.
1370 yil Suyurg‘atmish o‘g‘lon xonlik masnadiga o‘tkazildi.
1370-80 yillar Movaraunnahr va Turkistonda feodal tarqoqlikga barham berildi. Mamlakat bir davlat bo‘lib birlashtirildi.
1371 yil Xorazmga Alufa Tavogiy boshliq elchilar yuborildi.
1373 yil Xorazm ustuga ikkinchi yurish (fevral-mart).
1375 yil Xorazmga uchunchi yurish.
1375 yil Mo‘g‘uliston ustiga katta yurush.
1377 yil Mo‘g‘ulustonga, Amir Qamariddinga navbatdagi yurush.
1378 yil Bog‘i behisht chorbog‘i va qasri quruldi.
1379 yil Amir Temur Xorazm ustiga to‘rtinchi marta yurush qildi.
1380 yil Shahrisabzda Oq saroy qasri qurulishi boshlandi.
1381yil A.Temurning Xuroson ustiga yurushi.
1381-1382 yillar Temurning qizi O’ga begim to‘sattan vafot etti.
1383 yil Seistonda Shox Qutbidin isyoni.
1384-1385 yillar A. Temurning Eron zamin ustuga qilgan ikki yillik yurishi, Mozandaron, Rustamdor va Sultoniya bo‘ysundirildi.
1386-1388 yillar Isfaxon, Xamadon viloyatlari hamda Ozarbayjon bo‘ysundirildi.
1388 yil Amir Temur Xorazim ustiga beshichi marta yurushi Xorazimning uzul-kesil bo‘ysundrilishi.
1389 yil Amir Temurning Mo‘g‘uliston ustiga Anqo to‘raga qarshi qo‘shin tortishi. Bolig‘ yulduzning olinishi
1390 yil Xizrxo‘ja o‘g‘lon, Anqoto‘ra va Mo‘g‘ulistonni biryog‘lik qilish xususida Oq yerda qurultoy chaqirilishi.
1391yil Dashti qishloqqa, To‘xtamishxonga qarshi katta harbiy yurushning boshlanishi.
1392-1396 yillar Fors va Iroqi arab ustiga qilingan besh yillik yurush. Samur, Terek daryosi bo‘yida va To‘xtamishxonning mag‘lubiyatga uchrashi.
1397 yil Bog‘i shamol va Bog‘i Dilkisho chorboqlari bunyod etildi.
1398 yil Hazrat Sohibqiron qishlash uchun Oxangaronga keldi.
1399-1404 yillar Iroqi arab va Shom ustuga uyushtirilgan yetti yillik harbiy yurush. Qumis, Xomi, Baalbek, Xulla va Vositning olinishi.
1404yil Amir Temur Samarqandga qaytdi. Hazrat Sohibqiron yana betob bo‘lib qoldi. Xitoyga yurishning boshlanishi. Amir temur lashkar bilan Samarqandan chiqdi.
1405-18.02. Soxibqiron Amir Temurning vafoti. (O‘tror shaxri).
Do'stlaringiz bilan baham: |