2-mavzu. O‘rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi


O’rta asrlarda Yevropada tilshunoslik qanday rivoj topgan?



Download 38,92 Kb.
bet2/7
Sana11.01.2022
Hajmi38,92 Kb.
#351897
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu javoblar. Umaraliyeva G

2. O’rta asrlarda Yevropada tilshunoslik qanday rivoj topgan?

Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. 
3. O’rta asrlarda arab tilshunosligi haqida gapirib bering?

VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bo`lib, ular o`rtasida tilshunoslikning ko`pgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizg`in bahslar, munozaralar olib borilgan.

     Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining  poytaxti bo`lgan Bag`dod shahriga ko`chirilgandan so`ng to`xtagan.

     Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lug`atini yaratdi. U lug`atini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid  muhim fikrlarni bayon etdi. Shuningdek, olim «Kitobul  avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan.

     Xalil al - Farohidining shogirdi, mashhur arab tilshunosi, kelib chiqishiga ko`ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o`zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o`zigacha bo`lgan barcha tadqiqotchilarning ta`limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko`rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.

     Kelib chiqishiga ko`ra yunon Abu-Abayda (770-837) noyob so`z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug`atini tuzadi.

     Bag`dodlik hind Sag`ani (1181-1252) 20 tomlik lug`at yaratadi va uni «To`lqinlar toshqini» deb nomlaydi.

     Misrlik ibn  Mansur (1232-1311) katta hajmdagi salmoqli lug`at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi.

     Sherozlik fors Feruzobodi (1329-1414) 60 tomlik lug`at tuzgan va uni «Qomus» (Okean) deb nomlagan. Bundan keyin yaratilgan ko`plab lug`atlar ham «Qomus» nomi bilan ataladigan bo`lgan.

Download 38,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish