Pedagogik tashxislash
-
o‘quv jarayonini maqbullashtirish, o‘quvchilar
bilim darajasini farqlash, ta’lim dasturi va metodlarini takomillashtirishga
qaratilgan monitoring va baholash usullari majmuidir.
Pedagogik tashxislashda o‘qituvchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
nimani, nega o‘rgatish kerak;
qanday darajada o‘rgatish kerak;
qanaqa metodlar, vositalar, pedagogik va axborot texnologiyalari,
ularning integratsiyasidan foydalanib o‘rgatish kerak;
qanday sharoitda (o‘zini-o‘zi bilish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi
baholash) o‘rgatish kerak va h.k.
Pedagogik tashxislashninng asosiy
metodlari test, og‘zaki so‘rov, yozma
ishlardir [59].
Pedagogik tashxislash ta’lim jarayonining natijasini hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |